-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Jinoyat ishi yurituvini to'xtatish va qayta tiklash instituti
Tulaganova G.Z, Boboxonov A.A., Ro'ziyev B.M., -
-
-
-
Халкаро хуқуқ
Саидов, А.Х.,Ушбу китоб халкаро (оммавий) хукук фани буйича узбек тилидаги илк дарсликлардандир. Унда хозирги замон халкаро хукукининг келиб чикиши ва ривожланиши, унинг асосии тушунчалари ва принциплари, институтлари ва сохаларининг тараккиёт конуниятлари уз аксини топган. Мавзулар Узбекистон Республикасининг халкаро-хукукий амалиётидан келиб чиккан холда очиб берилган.
-
Birinchi instansiya sudida ish yuritish
Abdurashidov A.A.,Mazkur o'quv qo'llanmada birinchi instansiya sudida ish yuritish tushunchasi, jinoyat ishlarining sudlovga tegishliligi, jinoyat ishini sudda ko'rish uchun tayinlash, sud muhokamasining umumiy shartlari, sud muhokamasi bosqichlari kabi mavzular bo'yicha fikrlar bildirilgan. O'quv qo'llanma talabalarga, ilm hamda soha xodimlariga, shuningdek, dalillar va isbotlash muammolariga qiziqadigan keng kitobxonlar jamoasiga moʻljallangan. Mazkur darslik Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2025-yil 18-martdagi 61-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan.
-
O'zbek tili / akademik yozuv
Ziyamuxamedova Sh.T.,Mazkur qo'llanma yuridik oliy o'quv yurtlari rus guruh talabalari hamda Grodno davlat universiteti va Toshkent davlat yuridik universitetining qo'shma dasturi asosida tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, davlat tili, yuridik til va uning o'ziga xos jihatlariga tegishli materiallarni o'z ichiga oladi. Bu esa talabalarning ma'ruza va amaliy mashg'ulot darslariga mustaqil tayyorgarlik ko'rishini hamda o'zining bilim sifatini nazorat qilishni ham ta'minlaydi. "O'zbek tili / akademik yozuv" fanidan talabalarning davlat tilini puxta o'rganishi, savodli yozishi, ijodiy fikrlashi, fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda yozma shakllarda aniq, qisqa, ravon hamda mantiqan izchil ifodalash ko'nikmalarini shakllantirish uchun xizmat qiladigan, ularni yuksak fazilatlar ruhida tarbiyalash va rivojlantirishni ta'minlaydigan bilimlarni qamrab oladi. Muallif qo'llanmani tayyorlashda masalaning mana shu jihatlarlariga alohida e'tibor berdi.
-
Qadimgi Turonda huquqning vujudga kelishi va rivojlanishi
Utemuradov M.A.,Mazkur o'quv qo'llanmada Qadim Turonda huquq manbalarining paydo bo'lishi va ularning rivojlanishi xususiyatlari, shuningdek alohida huquqining asosiy belgilari yoritilgan. Unda zardushtiylikning kuchli ta'siri ta'limot darajasida qadimgi Turonning huquqiy tizimi sifatida, tarixda ulardan axloqiy va qonunchilikning huquqiy tushunchalari hal qiluvchi bo'lgani bilan ham ahamiyatlidir. Demak, huquqning eng progressiv rivojlanish omillari, uning mafkuraviy asoslar, tamoyillar va institutlar, shuningdek, huquqni muhofaza qilish mexanizmlari sifatida ezgulikning an'anaviy huquqiy tushunchasi ekanligi o'rganishning o'ziga xos xususiyatlarini yoritishni maqsad qilib qo'ygan. O'quv qo'llanma huquqshunoslik mutaxassisligiga oid barcha oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari talabalari, o'qituvchilari va doktorant-tadqiqotchilari uchun mo'ljallangan. Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2024-yil 29-iyuldagi 153-um- sonli buyrug'iga asosan nashr etishga ruxsat berilgan. Ro'yxatga olish raqami 153-57.
-
Jinoyat huquqi umumiy qismi institutlari sifatida jinoyat va jazo
Xudaykulov F.X.,Ushbu o'quv qo'llanmada jinoyat va jinoyat tarkibi tushunchalari hamda ular (subyektiv va obyektiv) belgilarining o'zaro munosabati, jinoyat va "actus reus" konsepsiyasining qiyosiy-huquqiy tahlili, jinoiy qilmish va uning turlari: umumiy hamda maxsus belgilar munosabati, jinoiy oqibatning mohiyati, tuzilishi va turlari, jinoyat huquqida sababiy bog'lanish, uning mezonlari va o'ziga xos xususiyatlari. jinoyat va uning tarkibi belgilari bo'yicha qilmishni kvalifikatsiya qilishning asosiy qoidalari, jinoiy jazo tushunchasi, uning turlari va o'ziga xos xususiyatlari, jinoiy jazo tayinlashning umumiy va maxsus asoslari, bir necha jinoyat va bir nechta hukm yuzasidan jazo tayinlash qoidalari oid masalalari bayon qilingan. Mazkur o'quv qo'llanma oliy o'quv yurtlari talabalari, yuridik ta'lim muassasalarining professor-o'qituvchilari, doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari, ilmiy xodimlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari uchun mo'ljallangan.
-
Sud-avtotexnikaviy ekspertiza
Xamidov B.X.,Ushbu o'quv qo'llanma sud-avtotexnikaviy ekspertizasini tayinlash va o'tkazishning ayrim masalalari tahliliga bag'ishlangan. Unda sud avtotexnik ekspertizasi tushunchasi, predmeti, obyektlari, turlari, maqsad va vazifalari, imkoniyatlari, ushbu turdagi ekspertizalar uchun na'munalar olish qoidalari, sud avtotexnik ekspertizasi boʻyicha ekspertlar oldiga qo'yiladigan savollar, ekspertiza tadqiqotini o'tkazish va uning natijalarini baholash masalalari, shuningdek ushbu turdagi ekspertizalarni takomillashtirishning tashkiliy-metodik asoslari yoritilgan. O'quv qo'llanma ilmiy ish bilan shug'ullanuvchi tadqiqotchilar, oliy o'quv yurtlari talabalari, shuningdek Oliy o'quv kurslari tinglovchilari hamda amaliyot hodimlari uchun mo'ljallangan.
-
Qotillik jinoyatini tergov qilish uslubiyoti
Baratov A.Sh.,Ushbu o'quv qo'llanmada Qotillik jinoyatini tergov qilish uslubiyoti bayon qilingan, ushbu mavzu hozirgi kunda muhim bo'lgan masalalardan ekanligini inobatga olib, jumladan, Qotillik bilan bog'liq jinoyatlarining kriminalistik tavsifi, aniqlanishi lozim bo'lgan holatlar, ushbu jinoyatlar yuzasidan jinoiy ish qo'zg'a- tishning o'ziga xos xususiyatlari, jinoyatlarining dastlabki tergov bosqichi versiyalari va tipik tergov vaziyatlari, alohida tergov harakatlari o'tkazishning o'ziga xos xususiyatlari, ushbu jinoyatlarini boshlang'ich tergov vaqtida o'tkazila- digan tezkor-qidiruv tadbirlari, jinoyatlarini boshlang'ich tergov vaqtida tayinlanadigan ekspertizalar kabi masalalar bayon qilingan. Ushbu o'quv qo'llanma huquqshunoslik oliy o'quv yurtlarining talabalari, o'qituvchilari foydalanishlari uchun mo'ljallangan.
-
Jahon siyosati
Madaminova D.I.,Xalqaro munosabatarning muhim sub'yekti sanalgan davlatlarning rivojlanish va taraqqiyot yo'li turlicha bo'lib, jahon siyosati va xalqaro munosabatlarning rivojlanish jarayonini mantiqan anglab yetish uchun uning tarkibiy shakllanishida yetarlicha jiddiy o'rin tutuvchi ba'zi bir unsurlarini chuqur tushunib olish kerak bo'ladi. Xalqaro munosabatlar tizimi bugungi kunda "xalqaro siyosat" atamasi bilan ifodalanadigan barcha tushunchalarni o'z ichiga qamrab oladi. U ijtimoiy, etnik-diniy, iqtisodiy, harbiy-strategik, madaniy, geosiyosiy, ilmiy-texnologik va boshqa jihatlar bilan tavsiflanadi. Shu boisdan, siyosiy maydonda sodir bo'layotgan voqea-hodisa va siyosiy jarayonlarning mazmun-mohiyatini anglash va muammoning yechimini topishda jahon siyosatining turli jabhalarini o'rganish va tahlil etish talab etiladi. Ma'ruzalar matni namunaviy dastur va ta'lim yo'nalishining o'quv rejasi asosida tuzilgan.
-
-
Korrupsiyaga qarshi kurashishda komplayens nazorat tizimi
Niyozova, S.S.,Ushbu o'quv qo'llanmada korrupsiya tushunchasi va uning turlari hamda shakllari; korrupsiyaga qarshi komplayens nazorat tushunchasi, vazifasi va maqsadi; komplayens nazorat tizimining rivojlanish tarixi: O'zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida komplayens nazorat tizimini joriy etish masalalari; korrupsiyaga qarshi kurashishda komplayens nazoratning asosiy yo'nalishlari, turlari va shakllari, milliy qonunchilik asoslari; xalqaro hujjatlarda komplayens nazorat tizimini joriy etishga oid standart va tavsiyalar; korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashda komplayens nazorat uslubiyoti kabi masalalar bayon etilgan. O'quv qo'llanma oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari talabalari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari uchun mo'ljallangan. Mazkur o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2023-yil 29-dekabrdagi 227-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami - 227-13).
-
Ingliz shartnoma huquqiga kirish
Mamanazarov S.Sh.,Mazkur o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti "Ingliz shartnoma huquqi" moduli dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan bo'lib, nazariy bilimlar va amaliy misollarni uyg'unlashtirgan holda, o'quvchilarga shartnomalarni tuzish, tahlil qilish va nizolarni hal qilish ko'nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Ushbu o'quv qo'llanma olimlar, sud-huquq sohasidagi mutaxassislar va huquqshunoslik talabalari, shuningdek umuman xalqaro tijorat huquqi, qiyosiy huquqshunoslik, ingliz huquqi, xususan ingliz shartnoma huquqi bilan qiziquvchi barcha kitobxonlar uchun mo'ljallangan. Mazkur o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2025-yil 7-maydagi 87-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami 87-2)
-
Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish
Abzalova X.M.,Ushbu o'quv qo'llanmada voyaga yetmaganlar uchun jinoiy javobgarlikning umumiy asoslari hamda voyaga yetmaganlarga nisbatan majburlov choralarini qo'llashda ayrim xorijiy davlatlar tajribasi, voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining sabab va shart-sharoitlari, voyaga yetmagan jinoyatchi shaxsi, voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish, voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining profilaktikasi hamda ayrim xorijiy davlatlarda voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish masalalari bayon etilgan. Mazkur o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2022-yil 28-dekabrdagi 412-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami-412-6).
-
Xalqaro ekologiya huquqi fanidan amaliy kazuslar to'plami
Nishonov A.U.,Mazkur o'quv qo'llanmada O'zbekiston Respublikasi tomonidan ekologiya va atrof-muhit sohasini tartibga soluvchi 18 ta xalqaro konvensiya, atrof-muhit muhofazasiga doir ikki va ko'p tomonlama shartnomalar, boshqa xalqaro hujjatlar bilan tartibga solishga qaratilgan 200 ta muammoli holatni o'zida aks ettirgan amaliy kazuslar jamlangan. Ularning aksariyati dunyo amaliyotida sodir bo'lgan ekologik nizolar asosida tayyorlangan. Ushbu o'quv qo'llanma ilmiy xodimlar, amaliyotchilar, xalqaro ekologiya huquqi sohasi bilan bog'liq masalalar ustida ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar, magistrlar hamda mavzuga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan. Mazkur o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2024-yil 27-dekabrdagi 228-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami-228-13).
-
Fuqarolik huquqida pul majburiyatlari
Imomov N., Shoraxmetova U., Babajanova D.,Mazkur o'quv qo'llanmada fuqarolik huquqida pul majburiyatlari tushunchasi, uning mohiyati va o'ziga xos xususiyatlari, ahamiyati, pul majburiyatlarining turlari hamda ularning klassifikatsiya qilinishi, pul majburiyatlarini fuqarolik-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish masalalari, pul bo'yicha majburiyatlarni bajarishning o'ziga xos xususiyatlari, pul majburiyatlarini buzganlik uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlik muammolari yoritilgan. O'quv qo'llanma yurisprudensiya yo'nalishi bo'yicha bakalavr va magistratura bosqichida o'qiyotgan talabalar, qolaversa, sohaga qiziqqan keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan. Mazkur o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2022-yil 28-dekabrdagi 412-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami -412-58).
-
Soliq majburiyatlarning huquqiy asosi
Ergashev I.A.,Mazkur o'quv qo'llanmada soliq majburiyatini bajarishning mazmun- mohiyati, bajarish tartibi va tugatilishi, ta'minlash usullari kabi masalalar bayon etilgan. O'quv qo'llanmada mavzuga oid taqdimotlar, muammoli savollar, testlar hamda tavsiya etiladigan adabiyotlar ro'yxati o'z ifodasini topgan. O'quv qo'llanma oliy yuridik ta'lim muassasalari talabalariga mo'ljallangan. Mazkur o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2023-yil 22-dekabrdagi 224-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami - 224-1).
-
Jinoyat ishi yurituvini to'xtatish va qayta tiklash instituti
Tulaganova G.Z, Boboxonov A.A., Ro'ziyev B.M.,Mazkur o'quv qo'llanma jinoyat protsessining muhim institutlaridan biri hisoblangan jinoyat ishi yurituvini to'xtatish, tiklash, uning protsessual tartibi va asoslari masalalariga bag'ishlangan. O'quv qo'llanma yuridik oliy o'quv yurtlarining magistratura va bakalavriat bosqichida ta'lim oluvchi talabalar, tinglovchilar hamda surishtiruv, tergov faoliyati bilan qiziquvchi keng kitobxonlarga mo'ljallangan. Mazkur o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2024-yil 27-dekabrdagi 228-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami - 228-21).
-
Sport sohasidagi nizolarining ko'rib chiqilishi
Turdialiyev M.P.,Mazkur o'quv qo'llanma sport sohasidagi nizolarni hal etish masalalariga bag'ishlangan bo'lib, unda FIFA Nizolarni hal qilish palatasi (DRC) va Sport arbitraj sudi (CAS) faoliyati, sport mediatsiyasi institutining xususiyatlari hamda sport nizolarini hal etishning zamonaviy tendensiyalari kompleks tahlil qilingan. O'quv qo'llanmada sport nizolarining o'ziga xos xususiyatlari, ularni hal etishning xalqaro mexanizmlari va milliy amaliyotni takomillashtirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, CAS qarorlarining pretsedent ahamiyati, arbitrlarning huquqiy maqomi va ularning o'zaro munosabatlari masalalari chuqur o'rganilgan. O'quv qo'llanmada sport nizolarini hal etish mexanizmlarini takomillashtirish bo'yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Mazkur o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2024-yil 27-dekabrdagi 228-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami -228-22).
-
Ona tili
Choriyev O.,Ushbu o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseyning 1-bosqich o'quvchilariga mo'ljallangan bo'lib, milliy til, adabiy til, fonetika, grafika, orfoepiya va orfografiya kabi tilshunoslik bo'limlarini qamrab olgan holda o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqlarini yanada takomillashtirish, ularning siyosiy-ijtimoiy soha hamda yurisprudensiya doirasidagi turli matnlarni savodli yoza olish ko'nikmalarini shakllantirishga ko'maklashadi. O'quv qo'llanma bo'lajak huquqshunos mutaxassislar, akademik litseyning 1-bosqich o'quvchilari hamda tilshunoslikka qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan. Mazkur o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2025-yil 7-maydagi 87-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami - 87-01).
-
Zamonaviy yurist uchun legal tech vositalari
Inoyatov N.X.,Mazkur o'quv qo'llanmada Legal Tech tushunchasi va uning zamonaviy yuridik amaliyotdagi o'rni, O'zbekistonda Legal Techning rivojlanish istiqbollari, kriptovalyutalar va raqamli aktivlar hamda blokcheyn texnologiyasining huquqiy tartibga solinishi, kiberxavfsizlik va ma'lumotlarni himoya qilish, saqlash va sinxronlashtirish, shuningdek, Yuridik ma'lumotlar xavfsizligi va mijoz ma'lumotlarini himoya qilish, sun'iy intellektni huquqiy tartibga solish, "machine learning" va bulutli texnologiyalar haqida batafsil ma'lumotlar berilgan. O'quv qo'llanma oliy yuridik o'quv yurtlarining talabalari, tadqiqotchilari, doktorantlari, o'qituvchilari va ushbu sohaga qiziqqan keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan. Mazkur o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2024-yil 27-dekabrdagi 228-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami - 228-9).