-
-
-
хуқуқ,
-
-
-
-
Huquqshunoslik,
-
-
-
Ta'lim,
-
Ta'lim,
-
Ta'lim,
-
Ta'lim,
-
-
Qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holat sifatida oxirgi zaruratning nazariy va amaliy jihatlari
Jumanazarova M.B.,юриспруденция,
-
-
-
-
-
-
-
AQSH raqamli diplomatiyasi
Izzatullayev B.,Mazkur monografiyada AQSH raqamli diplomatiyasining nazariy-konseptual jihatlari, tashqi siyosatidagi ahamiyati hamda bugungi kunda AQSHning Markaziy Osiyodagi tashqi siyosatida istiqbollari atroflicha tadqiq etilgan. Monografiya Toshkent davlat yuridik universiteti umumta'lim fanlar va madaniyat kafedrasining 2025-yil 4-martdagi 15-sonli bayonnomasiga asosan nashrga tavsiya etilgan.
-
Big dataning fuqarolik-huquqiy rejimi
Mamanazarov S.Sh.,Monografiyada ilk bor Big Data (katta ma'lumotlar)ning fuqarolik- huquqiy rejimi bilan bog'liq ilmiy va amaliy muammolari yangicha yondashuv asosida kompleks tarzda tadqiq etilgan. Muallif ilmiy-nazariy va amaliy asoslar orqali Big Data sohasiga oid huquqiy normalarni takomillashtirish zaruratini asoslab, amaldagi fuqarolik qonunchiligiga tegishli o'zgartirish va qo'shimchalar kiritishni taklif etadi. Monografiyada ilgari surilgan takliflar, umumlashtirilgan xulosa va qoidalar Big Data doirasida ma'lumotlarni himoya qilish hamda maxfiylikni ta'minlashga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirishda qo'llanishi mumkin. Shuningdek, tadqiqot natijalaridan O'zbekiston Respublikasining intellektual mulk sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish, "Xalqaro xususiy huquq", "Fuqarolik huquqi", "Kiber huquq", "Xalqaro tijorat huquqi", "Intellektual mulk huquqi" fanlarini o'qitish va ushbu fanlar boʻyicha darsliklar, o'quv qo'llanmalar, ma'ruza matnlari, o'quv kurslari dasturlari yaratish hamda ilmiy-tadqiqot ishlarida va fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirishda samarali foydalanish mumkin.
-
Norma ijodkorligini takomillashtirishning ustuvor yo'nalishlari
Xujanazarov A.A.,Mazkur monografiyada muallif A. Xujanazarovning "Raqamli texnologiyalar rivojlanishi sharoitida norma ijodkorligining tashkiliy- huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish" mavzusidagi (DSc) dissertatsiya ishi doirasida norma ijodkorligini takomillashtirishning ustuvor yo'nalishlari yoritilgan. Jumladan, norma ijodkorligi tushunchasi, qonunchilik hujjatlari loyihalarining huquqiy ekspertizasi, norma ijodkorligi faoliyatining raqamli transformatsiyasi, unda sun'iy intellektni qo'llashning tashkiliy-huquqiy jihatlari, ushbu faoliyatda korrupsiyaga qarshi, gender- huquqiy, iqtisodiy-moliyaviy, lingvistik ekspertizalarining ahamiyati kabi masalalar o'rin olgan. Shuningdek, norma ijodkorligini monitoring qilishning tashkiliy-huquqiy jihatlari, ushbu faoliyatda fuqarolar ishtiroki, to'g'ridan to'g'ri amal qiluvchi qonunlar yo'nalishlari ko'rib chiqilgan. Monografiya huquqshunoslik yo'nalishida ta'lim oluvchi talabalarga, ilmiy tadqiqotchilarga, yuridik amaliyot mutaxassislariga va norma ijodkorligi sohasiga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
O'zboshimchalik bilan qurilgan imoratning fuqarolik-huquqiy rejimi
Kurbanova X.Y.,Ushbu monografiyada amaldagi qonunchilikdagi o'zboshimchalik bilan qurilgan imorat tushunchasining ta'rifi, turlari, bu xususda amaliyotda mavjud muammolar tadqiq etilgan. Ilmiy asoslangan va muhim amaliy ahamiyat kasb etuvchi takliflar ishlab chiqilgan. Shuningdek, o'zboshimchalik bilan qurilgan imoratga mulk huquqini e'tirof etish asoslari va tartibi, bunday munosabat ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari, fuqarolik-huquqiy javobgarligi masalalari, bu boradagi olimlarning turli xil yondashuvlari tahlil qilingan. Xorijiy davlatlar qonunchiligini tahlil qilish bilan birga tegishli ilmiy xulosalar, takliflar va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Monografiyadan sudyalar, advokatlar, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari, yuristlar va ilmiy tadqiqotchilar foydalanishlari mumkin.
-
Anglo-sakson huquq tizimida intellektual mulk huquqini tartibga solish masalalari
Sharipova X.R.,Mazkur monografiyada anglo-sakson huquq tizimida intellektual mulk huquqini tartibga solish masalalarining nazariy va amaliy jihatlari o'rganilgan. Shuningdek, monografiyada milliy va xalqaro manbalar, shu jumladan, WIPO shartnomalari ko'rib chiqilgan; tovar belgilarini ro'yxatga olish, ajratish va foydalanish tartibi tahlil qilingan; mualliflik huquqining rivojlanishi, tamoyillari va obyektlari, patentlash jarayoni va patent huquqlarini himoya qilish mexanizmlari muhokama qilingan; ayrim xalqaro huquq normalarini milliy qonunchiligimizga implementatsiya qilishga oid takliflar ilgari surilgan.
-
Iqtisodiy sudlarda soddalashtirilgan va buyruq tartibida ish yuritishning protsessual xususiyatlari
Pirmatov O.Sh.,Ushbu monografiyada iqtisodiy sudlarda soddalashtirilgan tartibda va buyruq tartibida ish yuritishning o'ziga xos xususiyatlari, soddalashtirilgan tartibda ko'riladigan ishlar, iqtisodiy sudlarda soddalashtirilgan tartibda ko'rish mumkin bo'lmagan ishlar, sud buyrug'i chiqarish bo'yicha talablar, sud buyrug'i chiqarishning protsessual tartibi, sud buyrug'i berish to'g'risidagi arizani rad qilish va qaytarish asoslari, buyruq tartibidagi ishlarni iqtisodiy sudlarda ko'rib chiqishni takomillashtirish yoritilgan. Shuningdek, rivojlangan davlatlar qonunchiligi tahlil qilingan bo'lib, tegishli ilmiy xulosalar, takliflar va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Monografiyadan professor-o'qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, qonun ijodkorligi jarayonida bevosita qatnashuvchi shaxslar foydalanishlari mumkin.
-
Internat tizimida bola huquqlari himoyasining xalqaro-huquqiy tartibga solinishi
Mo'minov A.H.,Ushbu monografiya internet tizimida bola huquqlarini himoya qilishga bag'ishlangan. Monografiyada raqamli makonda bolalarga nisbatan sodir etilayotgan zamonaviy xavf va tahdidlar, ularni himoya qiluvchi mexanizm va standartlarning qabul qilinishi va ularning mazmunan rivojlanishi o'rganilgan. Raqamli makonda bola huquqlarini himoya qilishga oid xalqaro huquqiy konsepsiyalar tahlil qilingan. Shuningdek, internet tizimida bolalarning huquqlarini himoya qilishga nisbatan xalqaro standartlarni hisobga olgan holda milliy tizimni takomillashtirishning amaliy jihatlari tahlil qilingan. Monografiya oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarida huquqshunoslik yo'nalishi bo'yicha tahsil olayotgan tadqiqotchilar, magistrantlar va talabalarga, shuningdek, mazkur masala bilan qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
Ekologiya sohasida maxsus vakolatli Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini huquqiy tartibga solish
Axrorov A.A.,Monografiya ekologiya sohasida maxsus vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishga bag'ishlangan bo'lib, unda mazkur sohadagi maxsus vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining nazariy-huquqiy asoslari, ular faoliyatining ma'muriy- huquqiy mexanizmlari hamda xorijiy mamlakatlar tajribasi tahlil qilingan. Bundan tashqari, olib borilgan tadqiqotlar natijasida milliy qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ushbu monografiya bakalavr va magistratura bosqich talabalari, tadqiqotchilar, professor-o'qituvchilar va amaliyotchilar uchun mo'ljallangan.
-
Davlat fuqarolik xizmatida rag'batlantirish choralarini qo'llashning tashkiliy-huquqiy asoslari
Jurayev A.N.,Mazkur monografiyada davlat fuqarolik xizmatida rag'batlantirish choralarini qo'llashga oid milliy, xalqaro va xorij mamlakatlaridagi huquq normalarining rivojlanish yo'nalishlari, ularni qo'llash amaliyoti hamda nomoddiy rag'batlantirishga oid ilmiy-nazariy qarash va yondashuvlar o'rganilib, O'zbekiston Respublikasida davlat fuqarolik xizmatida rag'batlantirish asoslarini takomillashtirish bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ushbu monografiya amaliyotchi mutaxassislar, yuridik oliy o'quv yurtlari o'qituvchilari, bakalavr hamda magistratura yo'nalishida tahsil olayotgan talabalarga mo'ljallangan.
-
Milliy mentalitet va mobil ko'nikmalar
Kuchkarov R.U.,Monografiya oliy o'quv yurtlarida "Professional ko'nikmalar va rivojlanish", "Shaxsiy rivojlanish" modullaridan saboq olayotgan talabalar, ularning ustozlari hamda o'zining shaxsiy mobil ko'nikmalarini rivojlantirish istagida bo'lgan keng kitobxonlar auditoriyasiga mo'ljallangan. Unda "soft skills" - "yumshoq" yoki "mobil" ko'nikmalarning eng muhim turlari, ularning milliy xarakter va ruhiyatdagi ko'rinishlarini batafsilroq yoritishga harakat qilingan. Ushbu maqsadda muallif o'zbek xalqi maqollari, hikmat va rivoyatlari, millatimizning ko'p asrlik hayotiy tajribalariga tayanadi, ularning insoniyat muomala madaniyatiga qo'shgan hissasiga e'tibor qaratadi.
-
Qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holat sifatida oxirgi zaruratning nazariy va amaliy jihatlari
Jumanazarova M.B.,Ushbu monografiyada jinoyat huquqining instituti sifatida qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlardan biri bo'lgan oxirgi zaruratning nazariy hamda amaliy jihatlari o'rganilgan. Shu bilan birga, oxirgi zaruratning qonuniy mavjudligini aniqlashda xavfga hamda uni bartaraf etishga oid shartlar, oxirgi zarurat holatida yetkazilishiga ruxsat berilgan zarar chegarasi va qilmishni jinoyat-huquqiy baholash masalalari tahlil qilingan. Oxirgi zaruratga oid ilg'or davlatlar tajribasi o'rganilib, milliy va xorijiy normativ-huquqiy hujjatlar, qonunni qo'llash amaliyoti tahlili asosida ushbu normalarni qo'llashga oid milliy qonunchilikni yanada takomillashtirish bo'yicha taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqilgan.