-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Odam bo'lish qiyin
Umarbekov O',O‘tgan asrning ikkinchi yarmidagi o‘zbek nasri rivojida yozuvchi O‘lmas Umarbekovning o‘ziga xos o‘rni bor. Uning yoshlar hayoti, ma‘naviy –axloqiy muammolar, insonlarning murakkab munosabatlari haqida yaratilgan roman, qissa va hikoyalari bugungi kunda ham sevib o‘qiladigan asarlardir.Adib bolalarning bepoyon orzular olami, yoshlarning goh lazzatli, goh iztirobli muhabbati, sidq-u vafo, xiyonat, otalar va bolalar, umuman, turfa toifadagi insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni g‘oyat chuqur va samimiy tasvirlaydi. Shuning uchun ham adibning asarlari hamon kitobxonlar qalbini rom etib kelmoqda.
-
Qiz bolaga tosh otmang
To'xtaboyev X.,O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentyabr- dagi «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ib qilish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to'g'risida»gi qarorida yosh avlodning ma'naviy-intellektual salohiyati, ong-u tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg'usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo'lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e'tibor qaratilgan. Ulug' adib Mirkarim Osimning «Zulmat ichra nur» qissasini mutolaa qilgan yosh kitobxonlar ma'naviy olami shunga yarasha bo'ladi.
-
Zulmat ichra nur
Osim M.,O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentyabr- dagi «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ib qilish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to'g'risida»gi qarorida yosh avlodning ma'naviy-intellektual salohiyati, ong-u tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg'usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo'lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e'tibor qaratilgan. Ulug' adib Mirkarim Osimning «Zulmat ichra nur» qissasini mutolaa qilgan yosh kitobxonlar ma'naviy olami shunga yarasha bo'ladi.
-
Don Kixotning sarguzashtlari
Servantes M.,Qo'lingizdagi ushbu kitob ispan adibi Migel de Servantes (1547-1616) qalamiga mansub "El ingenioso hidalgo Don Quijote de la Mancha romanining rus tili orqali (ispan tilidan rus tiliga Nikolay Mixaylovich Lyubimov «Хитроумный идальго Дон Кихот Ламанчский» nomi ostida tarjima qilgan) Sotiboldi Yo'ldoshev tomonidan "Don Kixotning sarguzashtlari" nomi ostida tarjima qilingan ko'rinishidir. Shuni bilingki, badiiy asarni tarjima qilish (ayniqsa, turkiy tillarga mansub bo'lmagan tildan tarjima qilish) shu asarni qaytadan yozish bilan teng qiyinchilikka ega. Shu tildagi iboralarni so'zlarni, jumlalarni yoki maqol-matallarni maromiga yetkazib tarjima qilish juda mushkul ish hisoblanadi. Chunki bunda tarjimondan bevosita eng kamida ikkita xorijiy tilni mukammal bilish, shuningdek, o'sha til egalari xalqning turmush- tarzi, etnografiyasini, madaniyatini va tarixini mukammal bilish talab etiladi. Shuning uchun Sotiboldi Yo'ldoshev ham doimo xalqimizning, ayniqsa, o'quvchi yoshlarimizning tahsin-u tashakkuriga sazovor bo'lgan. Biz ham shular qatorida tarjimon Sotiboldi Yo'ldoshevdan ushbu xizmatlari uchun behad xursandmiz!
-
Ona lochin vidosi
Qodiriy A.,Qahramonning ona lochin deb atalishi bejiz emas. Kitobni o'qish jarayonida uning temuriylar saltanatida yorqin iz qoldirgan, ma'naviy dunyosi boy, aql-zakovatda zamonning eng peshqadam ayollaridan biri bo'lganiga ishonch hosil qilamiz. Zarur chog'larda qattiqqo'l, lekin vujudi ipakdek mayin va mehribon Gavharshodbegimning temuriyzo- dalarni tarbiyalash, navqiron iste'dodlarni kashf etish, ularni mehr-mu- ruvvat bilan onalarcha parvarishlash singari fazilatlari, ayniqsa, Mirzo Ulug'bek, Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy bilan bo'lgan munosabat- larida yorqin gavdalantiriladi. <<<Ona lochin vidosi» Gavharshodbegim obrazi badiiy adabiyotda bu qadar keng va atroflicha gavdalantirilgan dastlabki asardir.
-
Odam bo'lish qiyin
Umarbekov O',O‘tgan asrning ikkinchi yarmidagi o‘zbek nasri rivojida yozuvchi O‘lmas Umarbekovning o‘ziga xos o‘rni bor. Uning yoshlar hayoti, ma‘naviy –axloqiy muammolar, insonlarning murakkab munosabatlari haqida yaratilgan roman, qissa va hikoyalari bugungi kunda ham sevib o‘qiladigan asarlardir.Adib bolalarning bepoyon orzular olami, yoshlarning goh lazzatli, goh iztirobli muhabbati, sidq-u vafo, xiyonat, otalar va bolalar, umuman, turfa toifadagi insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni g‘oyat chuqur va samimiy tasvirlaydi. Shuning uchun ham adibning asarlari hamon kitobxonlar qalbini rom etib kelmoqda.
-
-
Yolg'izlikning yuz yili
Makkes G.G,Qo'lingizdagi ushbu kitob Janubiy Amerikada yashab ijod etgan adib(tug'ilgan joyi-Kolumbiya,vafot etganjoyi Meksika) Gabriel Garsiya Markesning ispan tilida yozilgan "Cien anos de soledad" romanining rus tili orqali Nurali Qobul,Anvar Jo'raboyev va Tohir Qahhorlar tomonidan "Yozlg'izlikning yuz yili" nomi ostida tarjima qilish orqali ona tilimizning lug'at boyligining boyishiga va kitobxonlarning badiiy adabiyotga bo'lgan qiziqishlarining yuksalishiga ulkan hissa qo'shgandir...