-
-
Islom huquqi fanidan masalalar-kazuslar va testlar to'plami
Raxmanov A., Yusupova F., -
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Islom huquqi fanidan masalalar-kazuslar va testlar to'plami
Raxmanov A., Yusupova F.,Mazkur kitobda islom huquqi o'quv kursining tegishli mavzulari yuzasidan olingan nazariy bilimlarni mustahkamlashga ko'maklashish maqsadida turli masalalar bo'lib, haqiqiy holatlarni o'z ichiga oluvchi masalalardan tashkil topgan. kazuslar va testlar to'plami jamlangan Shuningdek, o'quv qo'llanmaning ilova qismida Qur'oni karimdagi huquqiy normaga taalluqli bo'lgan oyatlar hamda Turkiston o'lkasi musulmon aholisining huquqiy munosabatlariga oid Shariat moddalari keltirilgan. Bu ma'lumotlar islom huquqini o'rganuvchilar uchun ayniqsa foydalidir. O'quv qo'llanma yuridik sohaga oid mutaxassisliklar va yo'nalishlar bo'yicha ta'lim olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan. Mazkur o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2024-yil 29-avgustdagi 153-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami-153-61). O'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Din ishlari bo'yicha qo'mitasining 2025-yil 4-noyabrdagi 03-07/7232-sonli xulosasi asosida tayyorlandi.
-
Korrupsion jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish masalalari
Niyozova S.,Mazkur o'quv qo'llanmada korrupsion jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish tushunchasi, turlari va bosqichlari; korrupsion jinoyatlar uchun javobgarlik va ularning turlari; korrupsion jinoyatlarning obyektiv va subyektiv belgilari; korrupsion jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishda Oliy Sud Plenumi qarorlaridan foydalanish masalalari; o'zgalar mulkini talon-toroj qiluvchi korrupsion jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish masalalari; korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlikni og'irlashtiruvchi belgilar; poraxo'rlik jinoyatlarini kvalifikatsiya qilish va o'xshash tarkibli jinoyatlardan farqlash masalalari; ayrim xorijiy davlatlar jinoyat qonunchiligida korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik masalalari bayon etilgan. Mazkur o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2025-yil 26-dekabrdagi 280-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami -280-2).
-
Xalqaro investitsiya huquqi va arbitrajiga oid nizolar tahlili: 1-qism
Narziyev O.,Ushbu o'uv qo'llanmada dunyodagi eng nufuzli arbitraj instituti ICSIDning xalqaro investitsiya nizolarini hal qilishdagi o'rni yoritilgan. Qo'llanmada davlat va investorlar o'rtasida ko'rilgan xalqaro investitsiya huquqiga oid nizolarga oid ishlar bayon etilgan. Maqsad ushbu mavzudagi xalqaro tajriba ishning mohiyati, da'vogarning asosiy talablari va ushbu talablarning huquqiy asoslari, javobgarning pozitsiyasini tahlil qilish, sudning qarori va uning asoslanganini o'rganishdir. Mazkur qo'llanma xalqaro investitsiya huquqining bugungi holati va kelgusi rivojlanish tendensiyalarini tushunishda muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi.
-
Jinoiy jazo va uni tayinlash
Xaydarov Sh.,Mazkur o'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasi jinoiy jazolarni liberallashtirish siyosati tushunchasi, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq va bog'liq bo'lmagan jazolar, harbiylarga nisbatan hamda qo'shimcha tarzda tayinlanadigan jazolar mavzulariga bag'ishlangan. Shuningdek, jazo tayinlashning umumiy asoslari, yengillashtiruvchi hamda og'irlashtiruvchi holatlar, yengilroq va tamom bo'lmagan va ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar uchun, bir necha jinoyat yoki bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlash, jazo muddatlarini qo'shish hamda hisoblash, jinoiy jazodan ozod qilish, jinoiy jazo tayinlashga hamda jazodan ozod qilishga sudlanganlikning ta'siri kabi masalalar bayon etilgan. O'quv qo'llanma oliy o'quv yurtlarining bakalavr va magistratura bosqichi talabalariga tavsiya etiladi. Mazkur o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2025-yil 26-dekabrdagi 280-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami - 280-4).
-
Система и виды наказаний в уголовном праве Республики Узбекистан
В пособии глубоко и всесторонне освещены теоретико - практические вопросы назначения наказания по уголовному законодательству Республики Узбекистан. Особое внимание уделено определению понятия уголовного наказания, установлению специфических признаков уголовной ответственности и наказания, определению структуры и содержанию каждого вида наказания, выявлению особенностей общих начал назначения наказания, анализу действующего уголовного законодательства.
-
-
-
-
Davlat boshqaruvida axborot texnologiyalar
Yunusova M.S.,Ushbu o'quv qo'llanma informatikaning tarkibiy qismi bo'lgan davlat boshqaruvida axborot texnologiyalari modulinig amaliy Unda davlat boshqaruvida mashg'ulotlariga bag'ishlangan. munosabatlarni raqamlashtirilish, davlat va ikki tomonlama muloqat tizimlar va ularning imkoniyatlari, huquqshunoslarni ish faoliyatida qo'llaniladigan huquqiy axborot tizimlari, xususan barcha boshqaruv tizimlarini qo'llash o'quv qo'llanmada o'z aksini topgan. O'quv qo'llanma Davlat boshqaruvi yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan.
-
Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi jinoyatlar
Allanova A.A.,Mazkur o'quv qo'llanmada fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi jinoyatlar va belgilari; fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlik masalalari bayon etilgan. O'quv qo'llanma yuridik ta'lim muassasalari talabalariga hamda mavzuga qiziqish bildiradigan keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan. Mazkur o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2025-yil 7-maydagi 87-um-sonli buyrug'i bilan nashr etishga tavsiya etilgan.
-
Финансовое право Республики Узбекистан
Ли, А.,В учебнике рассматривается содержание финансового права независимого Узбекистана в условиях рыночных отношений. В нем раскрываются особенности финансового права и регулируемых им отношений, последовательно излагаются основные финансово-правовые институты: финансовый контроль, бюджетное право, правовой режим государственных доходов и расходов, банковская деятельность, денежное обращение, расчетные отношения, валютное регулирование, рынок ценных бумаг. Для студентов, аспирантов, научных работников и преподавателей юридических вузов, а также для широкого круга читателей, интересующихся вопросами финансового права.
-
-
Advokatning odil sudlov faoliyatdagi ishtiroki
Nurumov D.D.,Mazkur o'quv qo'llanmadan advokatning jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy, ma'muriy va ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi sud ishlarini yuritishdagi ishtiroki va uning o'ziga xos xususiyatlari hamda bu boradagi mavzuga oid atamalar lug'ati, asosiy tushunchalar hamda nazorat uchun savollar o'rin olgan. O'quv qo'llanma oliy yuridik ta'lim muassasalarida tahsil oluvchi talabalar, ilmiy tadqiqotchilar, professor-o'qituvchilar, advokatlar, shuningdek, advokatura institutiga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
-
Ayrim turdagi tergov harakatlarning kriminalistik taktikasi. 2-jild.
Abdullayev R.K.,O'quv qo'llanma ilgari nashr qilingan "Ayrim turdagi tergov harakatlarning taktikasi va texnologiyasi" nomdagi o'quv qo'llamaning davomi bo'lib, unda tergov eksperimenti taktikasi, ko'rsatuvlarni hodisa sodir bo'lgan joyda tekshirish taktikasi, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so'zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish taktikasi, taqqoslash tadqiqotlari uchun namuna olish taktikasi, jinoyatlarni ochish va tergov qilishda maxsus bilimlardan foydalanish hamda sud ekspertizasini tayinlash taktikasi kabilar yoritilgan. O'quv qo'llanma yurisprudensiya ta'lim yo'nalishi bakalavriat mutaxassisligi (Yurisprudensiya) talabalari va keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
Protsessual majburlov choralari
Uralov S.S.,O'quv qo'llanmada protsessual majburlov choralari, ularning tushunchasi, protsessual tartiblari yoritilgan. Shuningdek protsessual majburlov choralarini qo'llashga doir normalar tahlil qilingan. Xususan, ehtiyot choralarini qo'llashning asoslari, bunday choralarni qo'llashga vakolatli shaxslarning protsessual hujjatlarni rasmiylashtirishda e'tibor berishlari shart bo'lgan masalalar keng yoritilgan. Protsessual majburlov choralarini kimlarga qo'llash mumkinligi, ehtiyot choralari qo'llanilishi mumkin bo'lgan protsess ishtirokchilari aniq ajratib berilgan. Sudgacha bo'lgan bosqichda sud nazorati aynan protsessual majburlov choralarini qo'llash mobaynida amalga oshirilishi ham yoritib o'tilgan. Ushbu o'quv qo'llanma yurisprudensiya sohasidagi bakalavr bosqichi talabalari, magistrlar, shuningdek, ilmiy izlanuvchilar uchun mo'ljallangan bo'lib, ilmiytadqiqot ishlaridakeng foydalanishlari mumkin.