-
Jinoyat va jazo: roman
Dostoyevskiy F.,Roman 1866-yilda yozilgan. Inson kechinmalarining eski va yangisi bo'lmaganidek, tuyg'ular birlamchi bo'lgan asar ahamiyati ham yo'qolmaydi. Mazkur roman ayni shu fikrning isbotidir. Asarni nashr etishdan maqsadimiz, bugungi kitobxonlarimizni o'z davrida shuhrat qozongan asar - talaba hayotidan ayanchli drama bilan tanishtirish. <<Kambag'allik ayb emas, biroq yo'qchilik - illat. Birinchisida inson tug'ma fazilatlarni saqlab qoladi, ammo yoʻqchilikda ularni hech qachon va hech kim saqlab qola olmaydi», asardagi personajlaridan biri bosh qahramonga bu gapni hayotiy misollar asosida izohlab beradi. Universitetning sobiq talabasi bo'lgan Raskolnikov esa bu gapdan tegishli xulosa chiqara olmaydi. Natijada, yoʻqchilikdan qutulish, tezda boyib ketish va yuqori mavqeyiga ega bo'lish maqsadida aql bovar qilmaydigan jinoyat sodir qiladi. Fojiali jihati qahramon o'z jinoyatini oqlaydi. Ammo hayot qonunlari adolatli - jinoyatni jazosiz qolishiga imkon bermaydi. Ruhiy jazo jinoyatchini o'z aybiga iqror bo'lishga majbur etadi. Romanda mudhish qotillikning uzluksiz uqubatlari bilan birga go'zal muhabbat tasviri ham borki, u kitobxon qalbini beixtiyor junbishga keltiradi.
-
Quyosh ostidagi yovuzlik
Kristi А.,<<Quyosh ostidagi yovuzlik» romani Agata Kristining eng qiziqarli asarlari ro'yxatida turadi. O'z vaqtida ekranlashtirilgan bu asar kitobxonlarni ham, tomoshabinlarni ham zeriktirib qo'ymasligi aniq. Xususiy izquvar Erkyul Puaro Lezerkomb koʻrfazida dam olishni istaydi, ammo kurortda ham odatdagi ishi bilan shug'ullanishiga qotillikni fosh qilishiga to'g'ri keladi. Bir qarashda qotilning kimligi ravshan hammasiga muhabbat uchburchagi aybdor. Lekin uchburchak to'rtburchak, beshburchak, hatto juda murakkab geometrik figura bo'lib chiqishi, odamlarning koʻziga muhabbat va ehtirosdek ko'ringan tuyg'ular esa, aslida, boylikka o'chlik boʻlishi ham mumkin. Bunday chalkash jinoyatni Puarodan boshqa kim ham fosh qila olardi?
-
Anomaliya
Tellye E.L.,Fransuz yozuvchisi Erve Le Tellye qalamiga mansub "Anomaliya" romanida zamonaviy dunyoda yashayotgan insonlarning hayotidagi noaniqliklar, kutilmagan vaziyatlar, inson shaxsiyati va o'z-o'zini anglash jarayoni chuqur o'rganiladi. Unda murakkab ijtimoiy va shaxsiy munosabatlar, insonning ichki kurashlari hamda jamiyatdagi anomaliyalar yorqin tasvirlanadi. Shuningdek, zamonaviy jamiyatda yuzaga kelayotgan turli ijtimoiy muammolar, masalan, iqtisodiy beqarorlik, muhojirlik, shaxsiy aloqalar muhokama qilinadi.
-
-
Yoz yomg'iri
Umarbekov O'.,Qotillik! Rahim Saidovning bir maromda kechayotgan hayotida tub burilish yuz berdi. Mudhish jinoyat uning suyukli rafiqasini hayotdan erta olib ketdi. Hali ayoli tuprog'i sovushga ulgurmay, baxtsiz erkakni taqdirning navbatdagi zarbalari esankiratib qo'ydi. Jinoyat tekshiruvi ayolining shu damgacha undan yashirib kelgan sirlarini yuzaga chiqardi. Aza ochib qayg'usiga botib o'tirishi kerak bo'lgan Rahim Saidov yechimsiz jumboqlar ortidan iz olishiga to'g'ri keldi. Kim biladi, agar fojia yuz bermaganida, u ayolini o'zi o'ylagancha to'kis bila olarmidi? Mazkur jumboqlar uni qanday kutilmagan voqealarga yetaklar ekan? Asarning ilk sahifasiyoq kitobxonni o'ziga ipsiz bog'lab oladi. Kitobxonni Rahim Saidovning sarguzashtlariga oshno bo'lishga taklif etamiz.
-
Атом одатлар
Клир Ж.,Етакчи экспертлардан бири Жеймс Клир "Атом одатлар" китоби орқали яхши одатларни касб қилиш, ёмонларидан халос бўлиш ва катта натижаларга олиб борувчи майда одатларни қандай эгаллашни ўргатади. Агар ўрганган феъл-атворингизни ўзгартириш қийин кечса, муаммо ўзингизда эмас. Ёмон одатлар уларни ўзгартиришни истамаганингиздан эмас, балки нотўғри ўзгаришларга амал қилаётганингиз учун ҳам йўқолмайди. Муаллиф ёмон одатлардан буткул халос бўлиб, фақат яхши одатлар билан қолишга ёрдам берадиган ушбу қўлланмани ёзишда биология, психология ва неврологиянинг энг охирги кашфиётларига таянган.
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Days gone by
Qadiri A,Love, loyalty, jealousy,betrayal - Days Gone By is a tale of epic proportions, the story of two young lovers ensnared by the social constraints of their day. Set in Central Asia in the mid - 1800s. the novel takes us on a fascinating journey through the exotic sities, picturesque villages and vast steppe of the ancient Silk Road. Our companions are merchants and jesters, dashing heroes and dastardly villains, lovestruck maindens and bewitching beauties.
-