-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
The theory of economics
Ushbu o‘quv qo‘llanma 1-kurs iqtisod yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, iqtisodiyotning asosiy tushunchalari va ularning amaliy qo‘llanilishiga keng qamrovli kirish beradi. O‘quv qo‘llanma 36 bo‘limdan iborat bo‘lib, iqtisodiy nazariyaning asoslaridan tortib, global bozorning murakkab ishlash mexanizmlari hamda xalqaro valuta va kredit munosabatlaridagi roliga qadar keng mavzularni qamrab oladi. Har bir bo‘lim avvalgi bilimlarga asoslanib tuzilgan bo‘lib, bosqichma-bosqich va uzviy ta’lim jarayonini ta’minlaydi.
-
Badiiy ijod asoslari
Jahon adabiyotshunosligida ijod va ijod psixologiyasi masalasi turli fan tarmoqlarida tadqiqot obyekti sifatida keng о‘rganib kelinmoqda. О‘quv qо‘llanma о‘zbek adabiyotshunosligida chuqurroq tadqiqot olib borilishi taqazo etilayotgan ayni muammoning tadqiqiga bag‘ishlangan. Unda ijod turlari, ijod bosqichlari, ijod kechimi, tarixiy haqiqat va badiiy tо‘qima masalalari tadqiq etilgan va ijodkor inson konsepsiyasi badiiy asarlardagi ijod psixologiyasining badiiy talqinlari asosida о‘rganilgan. О‘quv qо‘llanma filologlar, adabiyotshunoslik yo‘nalishi (o‘zbek adabiyoti) magistrantlariga, umuman, badiiy ijodga qiziquvchi kitobxonlarga mо‘ljallangan.
-
Madaniyat va san’at falsafasi
Mazkur darslik san’atshunoslik bakalavriyat talabalari hamda magistrlari uchun yozilgan bo‘lib, unda madaniyat va san’at falsafasining tarixiy ildizlari, globallashuv sharoitida yangicha tafakkur shakllanishi zarurati, O‘zbekistonning jahon sivilizatsiyasiga kirib borishining asosiy yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Darslikda madaniyat va san’at falsafasi mavzulari bugungi kun nuqtai nazaridan yoritilib, atroflicha tahlil etiladi.
-
Halqaro gumanitar huquq
Mazkur darslik 60111000 – Chaqiriqqacha harbiy ta`lim bakalavriyat yo‘nalishi talabalari uchun chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanining «Xalqaro gumanitar huquq» bo‘limi bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkillashtirish va o‘tkazish, shuningdek, talabalar tomonidan mustaqil ravishda o‘qib o‘rganish uchun mo‘ljallangan.
-
Tarjima nazariyasi va amaliyoti
Ushbu darslik “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” fan dasturi asosida yozildi. Unda tarjima nazariyasi va amaliyoti haqida umumiy tushunchalar, tarjima turlari,ishlatilishi, yozma, o‘zaki tarjima, tarjimonning suxbat jarayonidagi roli, tarjima qilinayotgan til madaniyati va tarjimaning nazariy ahamiyati, tarjima jarayonida muammolar, ijodiy va uning mehnati, ketma- ket. tarjima, tarjima jarayonidagi ma’lumotlarni to‘liq qayta tiklash, matnning kengayish joylari,tarjima jarayonida xotirani rivojlantirish, geografik joy nomlari, madaniyatga oid nomlarni tarjima qilish va ularni qayta tiklash amaliyotga tadbiq qilish haqida ma’lumotlar berilgan.
-
Harbiy san’at tarixi va milliy meros
Mazkur o‘quv qo‘llanma 60112000-chaqiriqqacha harbiy ta’lim bakalavriyat yo‘nalishi talabalari uchun chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanining «Harbiy san’at tarixi va milliy meros» bo‘limini qadimgi davr harbiy sanati mavzusi bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkillashtirish va o‘tkazish shuningdek, talabalar tomonidan mustaqil ravishda o‘qib o‘rganish uchun mo‘ljallangan.
-
Elektrotexnika va elektronika asoslari
Mazkur o‘quv qo‘llanmada dvigatellarini tashxislash va ta'mirlash faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq jarayonlar, ularning mazmuni, xususiyatlari hamda ta’sir etuvchi omillarni o’rganish asosida faoliyatni samarali tashkil etish hamda uni baholashning asosiy yo’nalishlari va tendensiyalari ochib berilgan.
-
Harbiy qonunchilik asoslari
Mazkur o‘quv qo‘llanma 60111000 – Chaqiriqqacha harbiy ta`lim bakalavriyat yo‘nalishi talabalari uchun chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanining «Harbiy qonunchilik asoslari» bo‘limi bo‘yicha birinchidan beshinchi mavzular bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkillashtirish va o‘tkazish shuningdek, talabalar tomonidan mustaqil ravishda o‘qib o‘rganish uchun mo‘ljallangan.
-
Harbiy qismlarda tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar uslubiyoti
Qurolli Kuchlarida ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlarning o‘tkazilishining ilmiy asoslari, ma’naviy-ma’rifiy tarbiyaning asosiy yo‘nalishlari, shakl va uslublari to‘g‘risida, Mudofaa Vazirligi harbiy qism va muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning vazifasi va amalga oshirish vositalari to‘g‘risida, ma’naviy-ma’rifiy va ahloqiy-ruhiy tayyorgarlik mashg‘ulotlarida shaxsiy tarkib bilan tarbiyaviy va mafkuraviy ishlarni tashkillashtirish uslubiyoti to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan.
-
Umumiy pedagogika
Mazkur o‘quv qo‘llanma Pedagogika ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari, konseptual asoslari va strategik yo‘nalishlari, pedagogika fanining asosiy kategoriyalari — shaxs rivojlanishi va shakllanishi, uning tarbiyasi, ijtimoiylashuvi hamda o‘qitish jarayonining nazariy va amaliy jihatlari keng ko‘lamda bayon etilgan. Didaktika, ta’lim mazmuni, metodlari, vositalari, tashkiliy shakllari, shuningdek, bilim, ko‘nikma va malakalarni tashxis etish uslublari, tarbiya jarayonining mazmuni, ijtimoiy tarbiya turlari, umumiy tarbiya metodlari, jamoa bilan ishlash va tarbiyada uning roli yoritilgan.
-
Boshqaruv va ijtimoiy sohalarda psixologik xizmat
Ushbu darslik psixologiya hamda pedagogika-psixologiya yo‘nalishlarida tahsil olayotgan oliy ta’lim muassasalari talabalari, shuningdek, ijtimoiy sohada psixologik xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanayotgan amaliy mutaxassislar uchun nazariy bilimlarni mustahkamlash va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishda foydali manba bo‘lib xizmat qiladi.
-
Theoritical aspects of learning language
Qo‘llanma 15 tа ma’ruza mashg‘ulotlari uchun mo‘ljallangan mavzulardan iborat. Ularning har biri muvzuga oid matn, 6-8 mashqlarni o‘z ichiga oladi, asosan, bu nutqni rivojlantirish mashqlari bo‘lib, leksikologiya sohasiga tegishli bo‘lgan terminlar va ularning tarjimalari bilan berilgan. Qo’llanmadan dars davomida va mustaqil tarzda foydalanish mumkin.
-
Ўзбек миллий кийимлари XIX-XX асрлар
Кийимларда инсоннинг ижтимоий мавқеи, у яшаган жой ва замен, ҳаётидаги қувончли ёхуд қайғули воқеалар ҳам намоён бўлади. Бу масала тарихини ўрганиш кўплаб йўқолиб кетган ва кетаётган бебаҳо ёдгорликларимизнинг хилма-хиллигини қайта тиклаш ва халқимизнинг нодир меросини дунёга танитишга хизмат қилади. Асосий махсад: Мустақил Ўзбекистон халқига миллий ўзлигини англатиш, унинг қадимдан то хозиргача бўлган анъанавий, бетакрор кийимларини кўрсатиш, худудларда (қишлоқ, шахар, туманлар) сақланиб келинаётган фарқларни акс эттириш ва уларнинг давомийлигини англатишдан иборатдир.
-
Oila psixologiyasi
Oʻquv qoʻllanma 12 bobdan iborat boʻlib, oila psixoloiyasining vujudga kelish shart-sharoitlari, predmeti, maqsad va vazifalari, ilmiy tadqiqot metodlari tasnifi, oila funksiyalari, oila tiplari, rollari, oilani oʻrganishda tizimli yondashuv va sharqona qarashlar keng oʻrin berilgan. Kattalarni bolalarga boʻlgan munosabati diagnostikasi soʻrovnomalar, oilaviy munosabatlarni oʻrganish diagnostikasi boʻyicha testlar va psixologik treninglar haqida ma’lumotlar berilgan. Oʻquv qoʻllanmada ma’ruza va seminar mashgʻulotlarini oʻqitishning ta’lim texnologiyalari aks ettirilgan.
-
Химиядан қўлланма тайёрлов бўлимлари учун
Ушбу қўлланма тайёрлов бўлимлари программасига мувофиқ ёзилган. Унда химиянинг асосий тушунча ва қонунлари, Д. И. Менделеев даврий системасиниг барча группаларидаги элементларнинг асосий хоссалари, органик бирикмалариниг асосий синфлари баён қилинган.
-
Gospital pedagogika
Mazkur o‘quv qo‘llanma 601102200-maktabgacha ta’lim yo‘nalishi(kunduzgi) talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, hаmdа fаоliyаt yuritаyоtgаn prоfеssоr-о’qituvchilаrgа mо’ljаllаngаn. Ushbu оʻquv qоʻllаnmа Оliy tа’lim muаssаsаsi tоmоnidаn tаsdiqlаngаn аmаldаgi dаsturlаr аsоsidа tuzilgаn tuzilgan. Unda talaba mavzular bo‘yicha ma’ruza va amaliy mashg‘ulot rejalari, darslarga tayyorlanish davomida foydalaniladigan ma’ruzalar matni, qo‘shimcha ma’lumotlar, zarur adabiyotlar ro‘yxati, nazorat savollari, tayanch tushunchalar, glossariy berilgan.