-
-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
Umumiy pedagogika
Oliy tа’lim muаssаsаlаri uchun moʻljаllаngаn mаzkur dаrslikdа pеdаgоgikа fаnining аsоslаri, mаqsаd, vаzifаlаri, tаdqiqоt mеtоdlаri, didаktikа vа tаrbiya nаzаriyasining umumiy mаzmuni (chunоnchi, tаmоyil, shаkl, mеtоd vа vоsitаlаri, ijtimоiy tаrbiya turlаri, ulаrning oʻzigа хоs jihаtlаri, sаmаrаli tаshkil etish оmillаri, oʻquvchilarning maʼnaviy -axloqiy tarbiyalash, shuningdеk, oila tarbiyasi asoslari хususidа soʻz yuritilаdi.
-
Гимнастика и методика преподавания
В учебное пособие рассматриваются основные вопросы теории и методики преподавания гимнастики как спортивно-педагогической дисциплины предметной подготовки студентов высших учебных заведений, обучающихся по специальности 60111200 «Физическая культура», освещены вопросы организации и проведения обучения гимнастическим упражнениям и предупреждения травматизма на уроках физической культуры в школе, раскрыты основные средства гимнастики, внеклассные формы проведения занятий и др.
-
Tarbiyachining kasbiy mahorati va kompetensiyasi
Ushbu oʻquv qoʻllanmada tarbiyachining ta’lim-tarbiya jarayonidagi faoliyati va o‘quv-tarbiyaviy jarayonga tayyorgarligi, shuningdek, tarbiyachining pedagogik kompetensiyasi, pedagogik mahorat, ta’lim texnologiyalari mohiyati, turlari va ta’lim shakllari hamda metodlaridan samarali foydalanish bo‘yicha bilim, ko‘nikma, malaka hamda shaxsiy fazilatlarini takomillashtirishning muhim nazariy va amaliy mаsаlаlаri yоritilgаn.
-
Elektr va gaz payvandlash
O‘quv qo‘llanma 60112300-Texnologik talim yo’nalishida tahsil olayotga talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib, unda payvandlash texnologiyasiga oid tushunchalar, payvandlash turlari, jihozlari, payvandlash usullari keltirilgan. O‘quv qo‘llanmada “Elektr va gaz payvandlash” fanini o’qiyotgan boshqa ta’lim yo’nalishidagi talabalar ham, shu bilan birga, mashinasozlikda ishlatiladigan detallarni payvandlash usullari va GOST bo’yicha payvandlash simlari va elektrodlariga oid asosiy ma’lumotlar berilganligi uchun, undan mashinasozlik korxonalaridagi muhandislar ham foydalanishi mumkin.
-
Arifmetik usulda masalalar yechish
Mazkur o‘quv qo‘llanma arifmetik usulda masalalar yechishga oid nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich va o‘rta bosqich o‘quvchilari hamda ushbu yo‘nalishda dars beruvchi pedagoglar uchun metodik yordam sifatida tavsiya etiladi. Unda masalalarni arifmetik yondashuv orqali yechish usullari, sonlar ustida amallarni bajarish ketma-ketligi, oddiydan murakkabgacha bo‘lgan masalalar tahlili, turli ko‘rinishdagi arifmetik model va sxemalar asosida ishlash uslublari bayon etilgan.
-
Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi
Mazkur darslik boshlang‘ich ta’lim tizimida zamonaviy pedagogik yondashuvlar, innovatsion texnologiyalar va fanlar integratsiyasi masalalarini qamrab olgan holda, pedagogik amaliyotga yaqinlashtirilgan nazariy va metodik bilimlarni o‘z ichiga oladi. Unda o‘quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish, dars jarayonida ijodkorlik va mustaqil fikrlashni shakllantirish, turli fanlar o‘rtasida uzviy bog‘liqlik yaratish kabi dolzarb pedagogik yo‘nalishlar yoritilgan. Darslikda innovatsion o‘qitish texnologiyalari, interfaol metodlar, kompetensiyaviy yondashuvlar va integratsiyalashgan ta’lim mazmuni asosida shakllantirilgan o‘quv modelining nazariy asoslari bilan bir qatorda, ularning amaliyotda qo‘llanish usullari ham keng yoritilgan.
-
Ixtisoslikka kirish ( voleybol)
Mazkur darslik universitet talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, jismoniy tarbiya dasturiga muvofiq tayyorlangan. Ushbu darslikda voleybol o‘yinining texnika va taktikasi keng qamrovli tarzda yoritilgan. Shuningdek, turli vositalar, vazifalar va uslubiy ko‘rsatmalar berilgan bo‘lib, ular jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini o‘qitishda foydalanish uchun maxsus va o‘quv mashqlari, texnik yechimlar va ularni qo‘llash usullarini o‘z ichiga oladi. Darslikdan ayniqsa jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va Jismoniy madaniyat hamda sport faoliyati turlari yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, nazariy bilimlarni amaliyot bilan mustahkamlash imkonini beradi.
-
Kомпетентностный подход в обучении русскому языку
В учебном пособии предоставлены теоретические и практические учебные материалы по различным подходам в сфере педагогической деятельности в тематике которого имеются интересные сведения по вопросам использования компeнeнтностного подхода в обучении русскому языку, знакомит с основами в области изучения языка, даёт характеристику особенностей педагогической деятельности в наши дни, определяет основные понятия и базовые категории в данной области.
-
Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa o‘qitish metodikasi
Mazkur darslik Oliy o‘quv yurtlarning “Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa o‘qitish metodikasi” bakalavr yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan. Ushbu qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan, amaliyotga joriy etilgan “Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa o‘qitish metodikasi” fan dasturi asosida tayyorlandi.
-
Qishloq xo‘jalik mikrobiologiyasi
Ushbu o‘quv qo‘llanmada fanning qishloq xo‘jaligi o‘simliklari hosildorligini oshirishdagi ahamiyati, qishloq xo‘jalik ekinlarini kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlarini o‘simliklarda uchrashini o‘rgatish rivojlanishi, tarqalishini turli xil hamda ularni amaliyotda tatbiq etish, o‘simliklarda zamburug‘lar, bakteriyalar va viruslar qo‘zgatadigan kasalliklar va o‘simlik kasalliklarini rivojlanishi va ko‘payishi, qishloq xo‘jalik ekinlari kasalliklari rivojlanishini oldini olish usullari yoritilgan.
-
Umumiy pedаgоgikа
Ushbu о‘quv qо‘llаnmаdа pedаgоgikа tаrixi fаni g‘оyаlаrining kishilik jаmiyаti tаrаqqiyоti bilаn о‘zаrо аlоqаdоrligi, eng qаdimgi yоzmа mаnbаlаrdа tа’lim-tаrbiyа mаsаlаlаrining yоritilishi, VII аsrdаn XIV аsrning birinchi yаrmigаchа О‘rtа Оsiyоdа tаrbiyа, mаktаb vа pedаgоgik fikrlаr, Shаrq Uyg‘оnish dаvridа pedаgоgik fikrlаrning rivоjlаnishi, XIV аsrning ikkinchi yаrmi vа XVI аsrdа Mоvаrоunnаhrdа tаrbiyа vа mаktаb, Turkistоndа jаdidchilik hаrаkаti, mustаqillik yillаridа pedаgоgik fikrlаr rivоji, jаhоn pedаgоgikа fаnining rivоji, Hоzirgi dаvrdа jаhоn mаmlаkаtlаri tа’lim tizimi vа pedаgоgikа fаni rivоji hаqidа mа’lumotlаr berilgаn.
-
Dirijorlik
Dirijorlik fanida talabalarning badiiy ijrochilik tomonlarini puxta o‘zlashtirilishiga, dirijorlik san’ati orqali ovoz partiyalari ustida ishlashda xor asarlari bilan boyitib borishga alohida e’tibor berilgan. Darslik Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan, amaliyotga joriy etilgan “Fan o‘quv” dasturi asosida tayyorlandi.
-
Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish va uni o‘qitish uslubiyoti
Ushbu «Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish va uni o‘qitish uslubiyoti» nomli o‘quv qo‘llanmada umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litseular va kasb-hunar maktablarida Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish va uni o‘qitish uslubiyoti yoritib berilgan. O‘quv qo‘llanmada Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish asoslari va uning huquqiy-me’yoriy hujjatlarining mazmun-mohiyati korsatib o‘tilgan. O‘quv qo‘llanmada, shuningdek, o‘quv yurti ma’muriyatining ushbu fan bo‘yicha vazifa va majburiyatlari ham keltirib o‘tilgan.
-
Boshqaruv va ijtimoiy sohalarda psixologik xizmat
Mazkur darslikda muloqotning boshqaruv jarayonidagi ahamiyati, boshqaruv va ijtimoiy sohalarda psixologik xizmatni tashkil etish masalalari, sotsial-psixologik xizmat faoliyatini rejalashtirish hamda uni ijtimoiy tashkilotlarda samarali yo‘lga qo‘yish muammolari yoritilgan. Shuningdek, amaliyotchi psixologlar faoliyatida zarur bo‘lgan etik me’yorlar, kasbiy axloq tamoyillari va maxsus professional qobiliyatlar haqida ham to‘liq ma’lumotlar keltirilgan.
-
Методика преподавания национальных и подвижных игр
Данное учебное пособие предназначено для студентов высших учебных заведений и учителей общеобразовательных школ, обучающихся по направлениям 61010300 – Виды спортивной деятельности (по видам спорта) и 60112200 – Физическая культура. Целью является возрождение и развитие игр, в которые играли наши предки, содержание и сущность национальных и подвижных игр, а также обучение их организации и проведению на уроках физической культуры в образовательных учреждениях. Учебник охватывает необходимые знания, навыки и умения для организации народных подвижных игр, применяемых в школе, на уроках и во внеклассное время.
-
O‘zbekiston respublikasi qurolli kuchlari umumharbiy nizomlari
Qurolli Kuchlar, harbiy xizmatni o‘tash nazarda tutilgan vazirliklar, qo‘mitalar va idoralarning (keyingi o‘rinlarda - vazirliklar) oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibi lavozimlaridagi harbiy xizmatchilari, harbiy ta’lim muassasalari kursant (tinglovchi)lari (keyingi o‘rinlarda — harbiy xizmatchilar), shuningdek, harbiy yig‘inlarni o‘tash davrida va harbiy kiyimni kiyib yurish huquqi bilan harbiy xizmatdan bo‘shatilgan Qurolli Kuchlar rezervida (zaxirasida, iste’foda) turgan fuqarolarga nisbatan tatbiq etiladi.