-
-
-
-
-
-
-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
Texnika va amaliy fanlar
-
Differensial psixologiya
Ushbu darslik oliy ta’lim muassasasining Psixologiya ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda “Differensial psixologiya”ning umumiy asoslari haqida ma’lumotlar yoritilgan.
-
Maxsus pedagogikaning klinik asoslari fanidan (oligofrenopedagogika). II-modul asosida II qısm
“Maxsus pedagogikaning klinik asoslari” fani defektologiya sohasi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarga klinik-pedagogik bilimlar, tibbiy-psixologik asoslar va sezgi, nutq, ruhiy faoliyatda kuzatiladigan buzilishlarning fiziologik va nevrologik mexanizmlarini o‘rgatadi. Fan orqali talabalar turli toifadagi imkoniyati cheklangan bolalarning (eshitishida, ko‘rishida, nutqida, aqliy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsonlar bo‘lgan) rivojlanish xususiyatlari, diagnostika metodlari, kasalliklarning simptomatikasi hamda reabilitatsiya va korreksiya uslublarini chuqur tahlil qilishga o‘rganadilar.
-
Magnetizm
O`quvchilar hukmiga havola etilayotgan ushbu darslik oliy ta’limning fizika, fizika-astronomiya va texnika universitetlarining fizika fani o`qitiladigan barcha yo`nalishlari bakalavrlari va ular ta’limini davom ettirishlari ruxsat etilgan magistratura mutaxassisliklari uchun mo`ljallangan. Bu adabiyotdan yuqorida qayd qilingan yo`nalishlarning kechki va sirtqi ta’lim bakalavrlari uchun mustaqil ta’limda foydalanishni tavsiya qilish mumkin.
-
Sport biomexanikasi
O‘quv qo‘llanmada odamning jismoniy harakatlar tizimining ishlashini tushunish uchun zarur bo‘lgan biomexanika sohasidagi sport turlari bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. Odam tanasi va uning alohida qismlari tizimlar harakatlarini biomexanik tahlil qilish uchun modellar tasnifi keltirilgan. Kinematik va dinamik darajadagi dasturiy boshqaruv bilan odam harakatlarini tahlil qilish uchun matematik modelning formulali ifodalari, jadvallar, rasmlar va chizmalar berilgan.
-
Harbiy xizmatchilarning psixologik tayyorgarligi asoslari
Mazkur o‘quv-qo‘llanma 70112001- chaqiriqqacha harbiy ta’lim magistratura yo‘nalishi tinglоvchilari uchun mo‘ljallangan va o‘quv dasturlari doirasida tayyorlangan. U o‘z ichiga harbiy xizmatchi shaxsining va harbiy faoliyat psixologiyasining tahliliga bag‘ishlangan mavzularni oladi. Mavzular mazmunini o‘z ichiga olgan to‘plam hamda harbiy xizmatchilar va bo‘linmalar psixologik xususiyatlarini o‘rganishga imkon beruvchi usullar ilova qilingan.
-
Jismoniy harakatlar biomexanikasi
Darslikda odamning jismoniy harakatlar tizimining ishlashini tushunish uchun zarur bo‘lgan biomexanika sohasidagi sport turlari bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. Odam tanasi va uning alohida qismlari tizimlar harakatlarini biomexanik tahlil qilish uchun modellar tasnifi keltirilgan. Kinematik va dinamik darajadagi dasturiy boshqaruv bilan odam harakatlarini tahlil qilish uchun matematik modelning formulali ifodalari, jadvallar, rasmlar va chizmalar berilgan. “Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)” yo‘nalishi bo‘yicha pedagog kadrlarni kasbiy qayta tayyorlash maxsus kurslari tinglovchilari uchun mo‘ljallangan.
-
Sportda xorijiy til
Ushbu o‘quv qo‘llanmada ingliz tili o‘quvchilarning ingliz tilida og‘zaki va yozma ko‘nikmalarini egallashlari va takomillashtirishlari uchun zarur bo‘lgan grammatik ma’lumotlar, mashqlar va topshiriqlar o‘rin olgan. Jismoniy tarbiya va sport sohasi bo‘yicha ta’lim olayotgan va pedagogika oliy o‘quv yurtlarining jismoniy tarbiya fakulteti talabalari uchun mo‘ljallangan ushbu o‘quv qo‘llanma hozirgi zamon talablariga muvofiq chet tillarni o‘qitishning innovatsion metodlaridan foydalangan holda tayyorlangan.
-
Oliy ta’limda musiqa o‘qitish metodikasi
Mazkur darslik 70110601-“Musiqa ta’imi va san’at” yo‘nalishi magistrantlari uchun yozilgan bo’lib, unda barcha oliy ta’limdagi 60110300-“Musiqa ta’limi” yo‘nalishlarida tashkil etiladigan mutaxassislik va tanlov fanlarini tashkil etish metodikasining nazariy va amaliy jihatlari yoritligan.
-
ЭКОЛОГИЯ ВА ТАБИАТНИ МУҲОФАЗА ҚИЛИШ: ЭКОЛОГИК ЎЛКАШУНОСЛИК
Мазкур ўқув қўлланмада экология ва табиатни муҳофаза қилишнинг ўлкашунослик масалалари Қуйи Амударё минтақаси (Қорақалпоғистон Республикаси ва Хоразм вилояти) мисолида ёритилган акс эттирилган.
-
Элементарные задачи по физике
Основная цель предмета задачи элементарной физики - обеспечить глубокое и совершенное усвоение студентами основ физики. Благодаря этому предмету студенты изучают законы, принципы и практику физики, и в то же время расширяется их научный кругозор. Помочь учащимся освоить основы элементарной физики, ее законы и принципы. Повысить уровень знаний учащихся путем объяснения теоретических аспектов физики.
-
Akademik yozuv
Mazkur o‘quv qo‘llanma Farg‘ona davlat universiteti rektori tomonidan tasdiqlangan fizika-matematika fakulteti 60610100– axborot tizimlari va texnologiylari yo‘nalishi o‘quv rejasidagi “Akademik yozuv” fanining o‘quv dasturi asosida tayyorlanib, talabalarning ilmiy-ijodiy ish bilan shug‘ullanish ko‘nikmasini shakllantirish maqsadida yozildi. O‘quv qo‘llanmada berilgan barcha mavzular talabalarning bakalavrat ta’limida referat, kurs ishi, bitiruv malakaviy ishi, maqola, esse, annotatsiya kabi ilmiy matnlarni tayyorlash, ma’ruzalarga tayyorgarlik ko‘rish, mustaqil holda ilmiy va metodik maqolalar bilan tanishib, ularni tahlil qilish va annotatsiyalar yozish, dissertatsiyalar haqida tasavvurga ega bo‘lish, taqdimotlar tayyorlash kabi ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan.
-
Texnik tayyorgarligi fanidan ztr-82 zirhli transportyori bo‘yicha.
Mazkur o‘quv qo‘llanmada talabalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridaga mavjud bo‘lgan harbiy texnikalarni puxta bilishlari va ulardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha uquvga ega bo‘lishlari shuningdek guruh shaxsiy tarkibi bilan texnik tayyorgarlik fani bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkil qilish va metodik jihatdan to‘g‘ri olib borish bo‘yicha ma’lumotlar ifoda etilgan.
-
Sun'iy intellekt hisoblash agentlarining asoslari II jild
Darslik bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, zamonaviy sun'iy intellekt va uning ijtimoiy ta'sirini tushuntiradi hamda nazariya va amaliyotni birlashtiradi.
-
Boshlang‘ich ta’limda tarbiya fani
Mazkur o‘quv qo‘llanma “60110500 – Boshlang‘ich ta’lim” ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar hamda faoliyat yuritayotgan professor o‘qituvchilarga mo‘ljallangan bo‘lib, “Boshlang‘ich ta’limda tarbiya” fanidan nazariy va amaliy jihatdan foydalanishlari mumkin. Ushbu o‘quv qo‘llanma Oliy ta’lim muassasasi tomonidan tasdiqlangan amaldagi dasturlar asosida tuzilgan. Unda talaba mavzular bo‘yicha ma’ruza va amaliy mashg‘ulot rejalar, darslarga tayyorgarlik davomida foydalaniladigan ma’ruzalar matni, qo‘shimcha ma’lumotlar, zarur adabiyotlar ro‘yxati, nazorat savollari, tayanch tushunchalar, glossariy berilgan.
-
Bоshlаng‘iсh sinflаrdа ingliz tili о‘qitish metodikasi
Mаzkur о‘quv qо‘llаnmаdа rеsрublikаmizdа bоshlаng‘iсh sinflаrdа ingliz tili о‘rgаnish vа о‘rgаtish bilаn bоg‘liq jаrауоnlаr, о‘quvсhilаrning уоshgа оid рsixоfiziоlоgik xususiуаtlаrini hisоbgа оlib ingliz tilining о‘rgаnilishini muvаffаqiуаtli vа sаmаrаli tаshkil еtish уо‘llаri осhib bеrilgаn. О‘quv qо‘llаnmаdа bоshlаng‘iсh sinflаrdа ingliz tili о‘qitish mеtоdikаsining nаzаriу аsоslаri vа innоvаtsiоn реdаgоgik tеxnоlоgiуаlаri уоritilgаn bо‘lib, u “Mаktаbgасhа vа bоshlаng‘iсh tа’limdа xоrijiу til (tillаr bо‘уiсhа)”, “Xоrijiу til vа аdаbiуоti (tillаr bо‘уiсhа)”, “Filоlоgiуа vа tillаrni о‘qitish (tillаr bо‘уiсhа)” bаkаlаvriаt tа’lim уо‘nаlishining “Bоshlаng‘iсh sinflаrdа ingliz tili о‘qitish” fаnidаn аdаbiуоt sifаtidа tаvsiуа еtilаdi.
-
Metall va metallmas buyumlarga ishlov berish texnologiyasi
Mazkur darslik oliy taʼlim muassasalarining 60112300-Texnologik taʼlim yoʻnalishlaridagi bakalavr talabalariga buyumlarga ishlov berishning ijtimoiy - pedagogik muammolari, metall va metallmas buyumlarga ishlov berish faoliyatining tashkiliy asoslari; yogʻoch turlari, yelimlar, mixlar, arra turlari, dastgohlar, duradgorlik va ularning ishlash texnologiyasi, metall turlari, o‘lchov asboblari, tiskilar, egov turlari, buyumlarga ishlov berish masalalarini yechish metodlari, chilangarlik detallarga termik ishlov berish texnologiyasi, oʻquvchilar sinfdan va maktabdan tashqari muassasalarda buyumlarga ishlov berish faoliyatini tashkil qilish, oʻquvchilar texnik ijodkorligini rivojlantirish kabi masalalarni oʻrgatish vazifasini bajaradilar va ularni amaliyotda tatbiq etish boʻyicha malaka hosil qilishni koʻzda tutadi.