-
-
-
Fuqarolik xuquqi
O.Oqulov, N.Imomov, M.Baratov, B.Topildietv, Q.Mexmonov, G.Mamaraimova, A.Tojibayev, U.Shonazarov.,юриспруденция, -
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Ish yuritish
Mualliflar jamoasi,Yuridik texnikumlar uchun tayyorlangan mazkur darslikda ish yuritish bilan bog'liq jarayonlarning huquqiy asoslari, tartib-taomillari,xususan,ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish, boshqaruv faoliyatini hujjatlashtirish,hujjatlarni tuzish va rasmiylashtirish, hujjatlar ustida ishlash, hujjatlarni ro'yxatdan o'tkazish va indekslash, hujjatlarni ijro etish, hujjatlar yig'ma jildlari nomenklaturasini tuzish va hujjatlar yig'ma jildlarini shakllantirish kabi masalalar yoritilgan. Darslik o'quvchilar, o'qituvchilar, huquqshunoslar va ish yuritish jarayoni amaliyoti bilan qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.
-
Davlat va huquq nazariyasi
Odilqoriyev.X.T,Darslik davlat va huquq sohasidagi zamonaviy ilmiy konsepsiyalarni inobatga olgan holda tayyorlangan bo'lib,uning mavzulari an'anaviy yondashuvlar bilan bir qatorda yangi muammolar hamda nuqtayi nazarlar talqini asosida yoritilgan.Unda mamlakatda shakllanayotgan fuqarolik jamiyati,demokratik davlatchilik va huquqiy tizim xususiyatlariga oid nazariy xulosalar o'z ifodasini topishi barobarida, davlat va huquqning vujudga kelishi,mohiyati,mexanizmi,funksiyalari,shakllari,ularning jamiyatni modernizatsiyalashdagi roli jonli tarzda bayon etilgan. Darslik yuridik oliy o'quv yurtlarining talabalari,o'qituvchilari,mutaxassislar,ilmiy izlanuvchilar,magistrlar hamda davlat va huquq masalalariga qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo'ljallangan.
-
Fuqarolik xuquqi
O.Oqulov, N.Imomov, M.Baratov, B.Topildietv, Q.Mexmonov, G.Mamaraimova, A.Tojibayev, U.Shonazarov.,Fuqarolik huquqi yuridik texnikumlar uchun darslik
-
Fuqarolik protsessual xuquqi
M.Mamasiddiqov, Z.N.Egamova, D.Y.Xabibullayev,Mazkur darslik O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2019-yil 20 iyuldagi 654-sonli buyrug`iga asosan,nashr etishga tavsiya etilgan.
-
Jinoyat xuquqi
Mualliflar jamoasi,O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan darslik sifatida nashrfa tavsiya etilgan.
-
-
Yer huquqi
A.Bobojonov,O'quv qo'llanmada yer huquqining vazafalari. ahamiyati, yer to'g'risidagi qonun hujattlarinigprinsiplari va turli darajadagi davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlarini tartibga solishdagi vakolatlari keltirilgan
-
Yuridik amaliuotda AKT ni qo'llash
M.Yunusova, E.Mannapova,Ushbu darslik informatikaning tarkibiy qismi bo‘lgan kompyuterning texnik va dasturiy ta’minotini amaliy mashg‘ulotlariga bag‘ishlangan. Unda axborot tushunchalari, axborot o‘lchovlari, operatsion tizimlar va ularning imkoniyatlari, Ofis dasturlarida ishlash, ularning imkoniyatlari, Lokal va global kompyuter tarmoqlari, xuquqshunoslarni ish faoliyatida qo‘llaniladigan huquqiy axborot qidiruv tizimlari, xususan elektron pochta va internetdagi muloqat darslikda o‘z aksini topgan. Darslik yuridik kollejlar uchun mo‘ljallangan.RISHРИШ
-
Davlat va huquq nazariyasi
Mualliflar jamoasi,Мазкур дарслик давлат ва ҳуқуқ ривожланишининг ҳозирги замон хусусиятларини инобатга олган ҳолда тайёрланган. У давлат ва ҳукуқни тапқин этишдаги анъанавий ёндашувлар билан бир қаторда янги муаммоларни ҳам қамраб олган. Шунингдек, унда демократик давлатчилик ва хукуқий тизим хусусиятларига оид назарий хулосалар ўз ифодасини топган. Давлат ва хуқуқнинг" моҳияти, механизми, функциялари ва ислоҳотлар давридаги роли тегишли манбаларни тахдили асосида баён этилган,
-
Xodimlar bo'yicha ish yuritish
G.Sarimsokova, B.Raximberganova,Darslikda xodimlar bo‘yicha ish yuritish tartibi, usullari va vositalari, kadrlar bo‘limining faoliyati, kadrlar bo‘limi xodimlarining vazifa va funksiyalari, shuningdek, korxona, muassasa, tashkilotlarda xodimlar bo‘yicha ish yuritishni tartibga solishga qaratilgan turli masalalar yoritilgan. Mazkur darslik xodimlar bo‘yicha ish yuritish amaliyotida rioya qilinilishi kerak bo‘lgan qoidalarni va turli lokal hujjatlardan namunalarni o‘z ichiga olgan. Darslik o‘quvchilarga mehnat qonunchiligi normalarini amaliyotda
-
Ish yuritish
Mualliflar jamoasi,Yuridik texnikumlar uchun tayyorlangan mazkur darslikda ish yuritish bilan bog‘liq jarayonlarning huquqiy asoslari, tartib-taomillari, xususan, ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish, boshqaruv faoliyatini hujjatlashtirish, hujjatlarni tuzish va rasmiylashtirish, hujjatlar ustida ishlash, hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va indekslash, hujjatlarni ijro etish, hujjatlar yig‘ma jildlari nomenklaturasini tuzish va hujjatlar yig‘ma jildlarini shakllantirish kabi masalalar yoritilgan.
-
Shartnoma tuzish
Mualliflar jamoasi,Yuridik texnikumlar uchun tayyorlangan mazkur darslikda shartnoma tuzish bilan bog‘liq jarayonlarning huquqiy asoslari, tartibi va shartlarini, shartnoma tuzish usullari va ularning rasmiylashtirilishini ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, unda shartnoma tuzish bosqichlari, oferta va akseptni rasmiylashtirish va yuborish tartibi, dastlabki shartnomani tuzishga nisbatan talablar, kimoshdi savdoda shartnoma tuzish, internet orqali shartnoma tuzish, tanlov savdolarda shartnoma tuzish, davlat xaridlari bo‘yicha shartnomalar tuzish va rasmiylashtirishdan tashqari iqtisodiy shartnomalar tuzishning o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Darslik o‘qituvchilar, huquqshunoslar, talabalar va shartnoma tuzish nazariyasi va amaliyoti bilan qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.
-
Notarial harakatlar
G.Mamaraimova,Mazkur darslikda notariat institutining huquqiy asoslari, notarial harakatlarning turlari hamda ularni amalga oshirish tartiblari, shuningdek chet el elementi bilan murakkablashgan notarial harakatlarni amalga oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilgan hamda unda notariat institutiga oid keyslar va notarial harakatlardan namunalar keltirilgan.
-
Advokatura
D.Habibullayev,Ushbu darslikdan advokatura fani tushunchasi, predmeti va tizimi, advokatlik faoliyatining prinsiplari, Advokatlar palatasining huquqiy maqomi, advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi, advokatlik faoliyatining tashkiliy shakllari, advokat maqomini olish, to‘xtatib turish va tugatish, advokatning kasb etikasi va uning javobgarlik masalalari, fuqarolik, iqtisodiy, ma’muriy, jinoyat sudlari ishlarini yuritishdagi ishtiroki, shuningdek, har bir mavzuga oid kazuslar, asosiy tushunchalar hamda nazorat uchun savollar o‘rin olgan.
-
Mehnat huquqi
Mualliflar jamoasi,Darslikda mehnat huquqining umumiy va maxsus qismining institutlari amaldagi mehnat huquqiga oid normalar asosida ishlab chiqilgan va ular- ni amaliyotda qo‘llanilishi bilan bog‘liq masalalar yoritilgan bo‘lib, yuridik kollej talabalari uchun mo‘ljallangan
-
Yuridik amaliytda AKTni qo`llash
M.S.Yunusova, Е T.Mannapova,Mazkur darslik O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2019-yil 20 -iyuldagi 654-sonli buyrug`i bilan chop etishga ruxsat berilgan.
-
Sud protsessual hujjatlari
Mualliflar jamoasi,Mazkur darslikda fuqarolik, iqtisodiy, ma’muriy va jinoiy sud ishlarini yuritishga oid protsessual hujjatlar, ularning turlari va rasmiylashtirish tartibi, shuningdek har bir mavzuga oid nazorat uchun savollar, protsessual hujjatlardan namunalar o‘rin olgan.
-
Jinoyat huquqi
Mualliflar jamoasi,Ushbu darslik yurisprudensiya yo‘nalishida ta’lim olayotgan yuridik texnikum o'quvchilari jinoyat-huquqi fani bo‘yicha ma’ruza va amaliy mashgulotlar (seminarlar)ga tayyorgarlik ko‘rish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda jinoyat huquqi fanining o‘quv dasturidagi mavzular qamrab olingan va har bir mavzu bo‘yicha savollar, shuningdek tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati berilgan.
-
Mehnat shartnomasi
G.Sarimsaqova,Darslikda bozor munosabatlari sharoitida mehnat huquqining muhim institutlaridan bo‘lgan mehnat shartnomasi institutini, jumladan, mehnat shartnomasi tushunchasi va uning boshqa turdosh fuqarolik-huquqiy shartnomalardan farqli jihatlarini, mehnat shartnomasini tuzish, o‘zgartirish hamda bekor qilishni tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi normalarini amaliyotda qo‘llashning asosiy qoidalarini o‘rganish orqali mehnat munosabatlarida qonuniylik hamda ijtimoiy adolatning ta’minlanishi masalalari o‘z ifodasini topgan.
-
Ma'muriy hujjatlar
D.Artikov, B.Qosimov, B.Narimonov,“Ma’muriy hujjatlar” darsligi O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy huquq sohasi bilan bog‘liq yangi qonunchiligiga asoslangan holda ma’muriy hujjatlarning nazariy-huquqiy masalalarini yoritib berish, ma’muriy hujjatlar bilan bog‘liq huquqni qo‘llashda zarur bo‘lgan nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishni nazarda tutadi. Mazkur darslik 10 ta bobdan iborat bo‘lib, belgilangan dastur doirasida shakllantirilgan. Darslikda quyidagi masalalar qamrab olingan: ma’muriy hujjat tushunchasi, mohiyati va uning o‘ziga xos xususiyatlari; ma’muriy hujjatning shakli va mazmuni; ma’muriy hujjatning asosliligi; ma’muriy hujjatning kuchga kirishi; ma’muriy hujjatni tushuntirib berish va uni tuzatish; ma’muriy hujjatning amal qilishini tugatish, uni bekor qilish, o‘zgartirish yoki haqiqiy emas deb topish; litsenziyalash sohasidagi ma’muriy hujjatlar; ruxsat berish sohasidagi ma’muriy hujjatlar; ro‘yxatdan o‘tkazish sohasidagi ma’muriy hujjatlar; davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq boshqa sohalarda ma’muriy hujjatlar.