-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Islom huquqi fanidan masalalar-kazuslar va testlar to'plami
Raxmanov A., Yusupova F., -
-
-
-
Jinoyat va jazo: roman
Dostoyevskiy F.,Roman 1866-yilda yozilgan. Inson kechinmalarining eski va yangisi bo'lmaganidek, tuyg'ular birlamchi bo'lgan asar ahamiyati ham yo'qolmaydi. Mazkur roman ayni shu fikrning isbotidir. Asarni nashr etishdan maqsadimiz, bugungi kitobxonlarimizni o'z davrida shuhrat qozongan asar - talaba hayotidan ayanchli drama bilan tanishtirish. <<Kambag'allik ayb emas, biroq yo'qchilik - illat. Birinchisida inson tug'ma fazilatlarni saqlab qoladi, ammo yoʻqchilikda ularni hech qachon va hech kim saqlab qola olmaydi», asardagi personajlaridan biri bosh qahramonga bu gapni hayotiy misollar asosida izohlab beradi. Universitetning sobiq talabasi bo'lgan Raskolnikov esa bu gapdan tegishli xulosa chiqara olmaydi. Natijada, yoʻqchilikdan qutulish, tezda boyib ketish va yuqori mavqeyiga ega bo'lish maqsadida aql bovar qilmaydigan jinoyat sodir qiladi. Fojiali jihati qahramon o'z jinoyatini oqlaydi. Ammo hayot qonunlari adolatli - jinoyatni jazosiz qolishiga imkon bermaydi. Ruhiy jazo jinoyatchini o'z aybiga iqror bo'lishga majbur etadi. Romanda mudhish qotillikning uzluksiz uqubatlari bilan birga go'zal muhabbat tasviri ham borki, u kitobxon qalbini beixtiyor junbishga keltiradi.
-
Quyosh ostidagi yovuzlik
Kristi А.,<<Quyosh ostidagi yovuzlik» romani Agata Kristining eng qiziqarli asarlari ro'yxatida turadi. O'z vaqtida ekranlashtirilgan bu asar kitobxonlarni ham, tomoshabinlarni ham zeriktirib qo'ymasligi aniq. Xususiy izquvar Erkyul Puaro Lezerkomb koʻrfazida dam olishni istaydi, ammo kurortda ham odatdagi ishi bilan shug'ullanishiga qotillikni fosh qilishiga to'g'ri keladi. Bir qarashda qotilning kimligi ravshan hammasiga muhabbat uchburchagi aybdor. Lekin uchburchak to'rtburchak, beshburchak, hatto juda murakkab geometrik figura bo'lib chiqishi, odamlarning koʻziga muhabbat va ehtirosdek ko'ringan tuyg'ular esa, aslida, boylikka o'chlik boʻlishi ham mumkin. Bunday chalkash jinoyatni Puarodan boshqa kim ham fosh qila olardi?
-
Anomaliya
Tellye E.L.,Fransuz yozuvchisi Erve Le Tellye qalamiga mansub "Anomaliya" romanida zamonaviy dunyoda yashayotgan insonlarning hayotidagi noaniqliklar, kutilmagan vaziyatlar, inson shaxsiyati va o'z-o'zini anglash jarayoni chuqur o'rganiladi. Unda murakkab ijtimoiy va shaxsiy munosabatlar, insonning ichki kurashlari hamda jamiyatdagi anomaliyalar yorqin tasvirlanadi. Shuningdek, zamonaviy jamiyatda yuzaga kelayotgan turli ijtimoiy muammolar, masalan, iqtisodiy beqarorlik, muhojirlik, shaxsiy aloqalar muhokama qilinadi.
-
-
Yoz yomg'iri
Umarbekov O'.,Qotillik! Rahim Saidovning bir maromda kechayotgan hayotida tub burilish yuz berdi. Mudhish jinoyat uning suyukli rafiqasini hayotdan erta olib ketdi. Hali ayoli tuprog'i sovushga ulgurmay, baxtsiz erkakni taqdirning navbatdagi zarbalari esankiratib qo'ydi. Jinoyat tekshiruvi ayolining shu damgacha undan yashirib kelgan sirlarini yuzaga chiqardi. Aza ochib qayg'usiga botib o'tirishi kerak bo'lgan Rahim Saidov yechimsiz jumboqlar ortidan iz olishiga to'g'ri keldi. Kim biladi, agar fojia yuz bermaganida, u ayolini o'zi o'ylagancha to'kis bila olarmidi? Mazkur jumboqlar uni qanday kutilmagan voqealarga yetaklar ekan? Asarning ilk sahifasiyoq kitobxonni o'ziga ipsiz bog'lab oladi. Kitobxonni Rahim Saidovning sarguzashtlariga oshno bo'lishga taklif etamiz.
-
Фаластин: Агар ўлишим лозим бўлса
Кеворкова Н.,Ушбу китобда Фаластиннинг сўнгги 75 йиллик мураккаб ва зиддиятли даври у ерда яшовчи оддий инсонларнинг тилидан ҳикоя қилинади. Фластинлик оддий инсон Ғазода, Қуддусда, Ғарбий соҳилда, Исроилда ёки қочқинликда умр кечирадими: исталган жойида яшаш, саёҳатга чиқиш, ибодат қилиш, таълим олиш, даволаниш, ҳатто оиласидан тортиб олинган уйини кў- риш ҳуқуқидан ҳам маҳрум этилган. Унинг куни дронлар сасини эшитишдан бошланади ва ушбу кунни у: ҳибс, қийноқ, ҳақорат, уйининг вайрон қилиниши, ўзи ва оиласининг ўлдирилиши ёки сургун қилиниши билан тугаши мумкин.
-
Муққадима 1-жуз.
Халдун А.,Ибн Халдуннинг "Муқаддима" асари ўрта аср Ислом дунёси нинг машҳур тарихчи ва мутафаккири томонидан ёзилган энг муҳим илмий дурдоналардан бири ҳисобланади. Ушбу асар жамиятшунослик, тарих, иқтисодиёт ва сиёсат назариялари бўйича чуқур таҳлил ларни ўз ичига олиб, замонавий илм-фан ривожида алоҳида аҳамият касб этади. Муаллиф жамиятларнинг ривожланиши ва инқирозига олиб келувчи омиллар ҳақида кенг кўламли фикрлар юритиб, "асабийя" (ижтимоий бирдамлик) концепцияси орқали цивилизацияларнинг юксалиши ва таназзулини тушунтиради. Унинг таҳлилларида кўч манчи ва ўтроқ халқлар ўртасидаги муносабатлар, иқтисодий жараёнлар ҳамда сиёсий тузилмаларнинг жамият тараққиётига таъсири батафсил ёритилган. "Муқаддима" илмий ва назарий жиҳатдан муҳим аҳамиятга эга бўлиб, Ибн Халдун унда жамият ва давлатларни таҳлил қилиш учун янги методологик ёндашувларни таклиф этади. Бу асар нафақат тарихий воқеаларни шарҳлаш, балки жамиятларни чуқурроқ англашда ҳам муҳим ўрин тутади. Ибн Халдуннинг илмий мероси бугунги кунга қадар ўз қимматини саклаб қолган бўлиб, олимлар ва тадқиқот чилар учун ноёб манба ҳисобланади.
-
Aura
O‘zkan H.,Jamiyatdagi munosabatlarning cheksiz "ummon"ida qanchalik harakat qilmaylik, "cho'kish" xavfi hamisha mavjud bo'ladi: toki eng katta to'siq o'zimizni yengib o'tmaguncha. O'tmishimizga boqib, pushaymonlikni his etarkanmiz, kelajakka xavotir ila qararkanmiz, bugun baxtli bo'lolmaymiz. Qo'lingizdagi ushbu kitobda har qanday kishini o'ylantirgan muammolar: o'zlikka va o'zgalarga bo'lgan ishonch, hurmat, muhabbat, nafrat tuyg'ulari, ularning sabablari yetarlicha tadqiq etilgan. Uni o'qib bo'lgach, tomirlaringizda jo'sh urgan jasorat bilan avvalo o'zingiz bilan yuzlashasiz, so'ngra qo'rqqaningiz muammolarni tahlil etasiz, hal qilasiz. Kitobning ilk sahifalarini varaqlagan damdan boshlab, aslida o'z hayotingizdagi yangi imkoniyatlarni ochganingizni anglab yetasiz.
-
Urush san'ati
Sun Zi.,"Urush san'ati" - Hayot uchun qo'llanma Sun Zining "Urush san'ati" faqatgina jang maydoni haqida emas. Bu asar har bir inson uchun, hayotning murakkab kurashlarida yutish, to'g'ri qaror qabul qilish va raqiblarni anglash san'ati haqida. Ishda, biznesda, hayotning har bir jabhasida muvaffaqiyat qozonish uchun donishmandlik, såbr va strategiyani o'rgatuvchi qo'llanmadir. Bu kitobni har kim o'qishi kerak - nafaqat harbiylar, balki o'z hayotini nazorat qilishni xohlovchilar ham.
-
Davlat va huquq asoslari (Huquq faniga kirish) akad. lits. 1-bosqich talabalari uchun
Ushbu darslik akademik litsey o'quvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda davlat va huquqning kelib chiqishi, mohiyati, asosiy tushunchalari hamda jamiyat hayotidagi o'rni tizimli va izchil yoritilgan. Darslikda mehnat, oila, ekologiya, jinoyat, moliya va protsessual huquq sohalari boʻyicha asosiy masalalar qayd etilgan. Mavzular o'quvchilarning yosh va bilim darajasiga mos, sodda va tushunarli tilda bayon qilingan bo'lib, misollar, savol-topshiriqlar orqali mustahkamlangan. Darslik o'quvchilarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirishga, mustaqil fikrlash va fuqarolik pozitsiyasini rivojlantirishga xizmat qiladi. Mazkur darslik Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2025-yil 26-noyabrdagi 256-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami -256-9).
-
Davlat va huquq asoslari (Huquq faniga kirish) akad. litsey 2-bosqich talabalari uchun
Ushbu darslik akademik litsey o'quvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda davlat va huquqning kelib chiqishi, mohiyati, asosiy tushunchalari hamda jamiyat hayotidagi o'rni tizimli va izchil yoritilgan. Darslikda mehnat, oila, ekologiya, jinoyat, moliya va protsessual huquq sohalari boʻyicha asosiy masalalar qayd etilgan. Mavzular o'quvchilarning yosh va bilim darajasiga mos, sodda va tushunarli tilda bayon qilingan bo'lib, misollar, savol-topshiriqlar orqali mustahkamlangan. Darslik o'quvchilarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirishga, mustaqil fikrlash va fuqarolik pozitsiyasini rivojlantirishga xizmat qiladi. Mazkur darslik Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2025-yil 26-noyabrdagi 256-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami -256-9).
-
Xalqaro tashkilotlar huquqi
Mazkur darslik Xalqaro tashkilotlar huquqi fanini o'rganishga bag'ishlangan bo'lib, unda xalqaro tashkilot, xalqaro tashkilotlar huquqi tushunchalari; xalqaro tashkilotlarning tashkil etilishi va ularning rivojlanish tarixi, xalqaro tashkilotlar tasnifi, huquq subyektliligi va xalqaro huquqiy layoqati, diplomatik huquqi, imtiyoz va immunitetlari; xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xalqaro nohukumat tashkilotlari faoliyatining huquqiy asoslari; universal va mintaqaviy xarakterdagi xalqaro tashkilotlar, mintaqaviy integratsiyaviy birlashmalar faoliyati bilan bog'liq masalalar qamrab olingan. Darslik xalqaro huquq, xalqaro munosabatlar va xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasida faoliyat yurituvchi amaliyotchi mutaxassislar va o'qituvchilar, yuridik oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar va ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar uchun mo'ljallangan. Mazkur darslik Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2025-yil 31-iyuldagi 163-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami-163-14).
-
Islom huquqi fanidan masalalar-kazuslar va testlar to'plami
Raxmanov A., Yusupova F.,Mazkur kitobda islom huquqi o'quv kursining tegishli mavzulari yuzasidan olingan nazariy bilimlarni mustahkamlashga ko'maklashish maqsadida turli masalalar bo'lib, haqiqiy holatlarni o'z ichiga oluvchi masalalardan tashkil topgan. kazuslar va testlar to'plami jamlangan Shuningdek, o'quv qo'llanmaning ilova qismida Qur'oni karimdagi huquqiy normaga taalluqli bo'lgan oyatlar hamda Turkiston o'lkasi musulmon aholisining huquqiy munosabatlariga oid Shariat moddalari keltirilgan. Bu ma'lumotlar islom huquqini o'rganuvchilar uchun ayniqsa foydalidir. O'quv qo'llanma yuridik sohaga oid mutaxassisliklar va yo'nalishlar bo'yicha ta'lim olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan. Mazkur o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2024-yil 29-avgustdagi 153-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami-153-61). O'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Din ishlari bo'yicha qo'mitasining 2025-yil 4-noyabrdagi 03-07/7232-sonli xulosasi asosida tayyorlandi.
-
Yoshlarning internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyati: ijtimoiy-falsafiy tahlil
Oblomuradova X.N.,Monografiyada raqamli makon tushunchasi, virtual va real identitetning o'zaro munosabati, postmodernizm sharoitida yoshlarning identitet inqirozi, shuningdek, Internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishning ijobiy va salbiy jihatlari ijtimoiy-falsafiy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Shu bilan birga, unda yoshlarning raqamli madaniyatini shakllantirish, media savodxonligini rivojlantirish va onlayn faoliyatni ijtimoiy-ma'naviy jihatdan samarali tashkil etish bo'yicha tavsiyalar ilgari surilgan. Mazkur tadqiqot axborotlashgan jamiyat sharoitida yoshlarning shaxsiy, madaniy va ijtimoiy rivojlanishi hamda raqamli muhitdagi ijtimoiy-falsafiy jarayonlarni o'rganishda dolzarb manba bo'lib xizmat qiladi. Ushbu monografiya Internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyati muammolariga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan. Mazkur monografiya Toshkent davlat yuridik universiteti Tadqiqot qo'mitasining 2026-yil 20-apreldagi 2-sonli majlis bayonnomasi asosida nashrga tavsiya etilgan.
-
Korrupsion jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish masalalari
Niyozova S.,Mazkur o'quv qo'llanmada korrupsion jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish tushunchasi, turlari va bosqichlari; korrupsion jinoyatlar uchun javobgarlik va ularning turlari; korrupsion jinoyatlarning obyektiv va subyektiv belgilari; korrupsion jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishda Oliy Sud Plenumi qarorlaridan foydalanish masalalari; o'zgalar mulkini talon-toroj qiluvchi korrupsion jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish masalalari; korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlikni og'irlashtiruvchi belgilar; poraxo'rlik jinoyatlarini kvalifikatsiya qilish va o'xshash tarkibli jinoyatlardan farqlash masalalari; ayrim xorijiy davlatlar jinoyat qonunchiligida korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik masalalari bayon etilgan. Mazkur o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2025-yil 26-dekabrdagi 280-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami -280-2).
-
Xalqaro investitsiya huquqi va arbitrajiga oid nizolar tahlili: 1-qism
Narziyev O.,Ushbu o'uv qo'llanmada dunyodagi eng nufuzli arbitraj instituti ICSIDning xalqaro investitsiya nizolarini hal qilishdagi o'rni yoritilgan. Qo'llanmada davlat va investorlar o'rtasida ko'rilgan xalqaro investitsiya huquqiga oid nizolarga oid ishlar bayon etilgan. Maqsad ushbu mavzudagi xalqaro tajriba ishning mohiyati, da'vogarning asosiy talablari va ushbu talablarning huquqiy asoslari, javobgarning pozitsiyasini tahlil qilish, sudning qarori va uning asoslanganini o'rganishdir. Mazkur qo'llanma xalqaro investitsiya huquqining bugungi holati va kelgusi rivojlanish tendensiyalarini tushunishda muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi.
-
Jinoiy jazo va uni tayinlash
Xaydarov Sh.,Mazkur o'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasi jinoiy jazolarni liberallashtirish siyosati tushunchasi, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq va bog'liq bo'lmagan jazolar, harbiylarga nisbatan hamda qo'shimcha tarzda tayinlanadigan jazolar mavzulariga bag'ishlangan. Shuningdek, jazo tayinlashning umumiy asoslari, yengillashtiruvchi hamda og'irlashtiruvchi holatlar, yengilroq va tamom bo'lmagan va ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar uchun, bir necha jinoyat yoki bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlash, jazo muddatlarini qo'shish hamda hisoblash, jinoiy jazodan ozod qilish, jinoiy jazo tayinlashga hamda jazodan ozod qilishga sudlanganlikning ta'siri kabi masalalar bayon etilgan. O'quv qo'llanma oliy o'quv yurtlarining bakalavr va magistratura bosqichi talabalariga tavsiya etiladi. Mazkur o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2025-yil 26-dekabrdagi 280-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami - 280-4).
-
Jinoyat ishlarida advokatning ishtiroki
Tulaganova G.,Mazkur darslik "Jinoyat protsessida advokatning ishtiroki" moduli doirasida jinoyat ishlarida advokat tomonidan huquqiy yordam ko'rsatishning umumiy asoslari, sudga qadar bosqichda advokatning himoyachi sifatidagi ishtiroki, jinoyat ishlari bo'yicha isbotlash jarayonida himoyachining tutgan o'rni, birinchi instansiya sudlarida himoyachining ishtiroki, sud muhokamasida advokatning himoya nutqi va uning notiqlik mahorati, apellyatsiya instansiyasi sudlarida himoyachining ishtiroki, advokatning jinoyat protsessining boshqa bosqichlaridagi faoliyati, shuningdek advokatning jabrlanuvchi, fuqaroviy da'vogar va fuqaroviy javobgarning vakili sifatidagi ishtiroki, guvoh advokati, alohida toifadagi jinoyat ishlarida advokat ishtirokining xususiyatlari hamda xorijiy mamlakatlar jinoyat protsessida advokat ishtirokining o'ziga xos jihatlariga bag'ishlangan. Darslik yuridik oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat va magistratura bosqichlarida tahsil olayotgan talabalar, shuningdek jinoyat ishlarida advokat faoliyatiga qiziquvchi keng kitobxonlar uchun mo'ljallangan. Mazkur darslik Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2025-yil 26-dekabrdagi 280-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami -280-10).
-
Система и виды наказаний в уголовном праве Республики Узбекистан
В пособии глубоко и всесторонне освещены теоретико - практические вопросы назначения наказания по уголовному законодательству Республики Узбекистан. Особое внимание уделено определению понятия уголовного наказания, установлению специфических признаков уголовной ответственности и наказания, определению структуры и содержанию каждого вида наказания, выявлению особенностей общих начал назначения наказания, анализу действующего уголовного законодательства.