-
-
Mehnat huquqi
Darslik O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida o'z aksini topgan yangi institutlar va huquqiy mexanizmlarni inobatga olgan holda yurisprudensiya ta'lim yo'nalishi o'quv dasturiga kiritilgan o'zgartirishlarga mos ravishda tayyorlangan. Mazkur darslikda birinchi marta xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o'ziga xos xususiyatlari, xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish kabi yangi mavzular o'rin olgan. Darslikdan talabalar, o'qituvchilar, ilmiy xodimlar, shuningdek, mehnat qonunchiligi masalalari bilan qiziquvchi kitobxonlar foydalanishlari mumkin. Mazkur darslik Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2024-yil 30-apreldagi 70-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami-70-18).
-
Ingliz huquqi asoslari
Ingliz huquqi bir necha davlatlar huquqiy tizimining eng yaxshi taraflarini jamlab, biznes vakillari uchun o'ta qulay formatga kelgan. Egiluvchanlik, shaffoflik, bashorat qila olish, eng muhimi, tezlik bu tizimning afzal jihatlaridir. Qonunlar biznes manfaatlari uchun xizmat qilishi lozim, ingliz huquqi esa ayni shu imkoniyatni beradi. Mazkur darslik ingliz huquqi sohalarining o'ziga xos xususiyatlari, asosiy tushunchalari va umumiy tamoyillari bilan tanishtiradi. Darslik yordamida talabalar ingliz huquqiga asoslanib hal etilgan tipik ishlarni tahlil qila olish, tadqiqot olib borish va tegishli pretsedentlarga tayangan holda huquqiy dalillar tayyorlash qobiliyatlarini shakllantirishadi, shuningdek, ingliz huquqi asoslarining tabiati, manbalari va asosiy tushunchalari yuzasidan bilimlarga va amaliy-huquqiy ko'nikmalarga ega bo'ladilar. Mazkur darslik Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2025-yil 18-martdagi 61-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami-61-35).
-
Ma'muriy huquq: umumiy qism (II)
Nematov J.N.,Ushbu darslikda ma'muriy huquqning umumiy tavsifi, ma'muriy faoliyat shakllari, ma'muriy akt, ma'muriy protseduralar, ommaviy (davlat) xizmatlarini ko'rsatishni o'rganishga qaratilgan mavzular yoritilgan. Darslik talabalarning mazkur mavzularga oid ilmiy-nazariy qarashlarini, qonunchilik hujjatlari hamda amaliyot to'g'risidagi tasavvurlarini yanada boyitish, xorijiy davlatlar, xususan, Yaponiya, Germaniya olimlarining ma'muriy huquq fani bo'yicha asosiy ilmiy qarashlari bilan tanishtirishni maqsad qilgan. Nashr ma'muriy huquq fani bo'yicha oliy yuridik ta'lim jarayonida asosiy manba sifatida foydalanish uchun mo'ljallangan.
-
-
-
Migratsiya olimining xavfsizlik masalalariga ta'siri
Madaminova D.,Mazkur monografiya bugungi kunda jahon siyosatiga ta'sir ko'rsatuvchi dolzarb muammolardan biri bo'lgan migratsiya muammosi hamda uning Yaqin Sharq arab davlatlari xavfsizligi va barqarorligiga ta'siri masalasiga bag'ishlangan. Monografiyada migratsiya jarayoniga ta'sir ko'rsatuvchi omillar va ularning o'ziga xos xususiyatlari, Yaqin Sharqdagi nizoli markazlardagi migratsiya muammosi va uning mintaqaviy xavfsizlikka ta'siri, migratsion oqimlarning asosiy harakatlanish yo'nalishlari hamda mintaqaviy geosiyosiy muvozanat masalasi, shuningdek, mavjud muammoning Markaziy Osiyo mintaqaviy xavfsizligi bilan o'zaro aloqadorlik xususiyatlari o'z aksini topgan. Monografiya jahon siyosati, geosiyosat va mintaqaviy xavfsizlik masalalari bilan shug'ullanuvchi mutaxassislar, tadqiqotchilar, ilmiy xodimlar, mazkur yo'nalishda tahsil olayotgan talabalar, magistrantlar hamda migratsiya muammosiga qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.
-
O'zbekistonda yerlarni muhofaza qilishni huquqiy ta'minlash
Kenjaev R.X.,Mazkur monografiyada yerlarni muhofaza qilishning ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik ahamiyati, yerlarni muhofaza qilishning huquqiy holati tushunchasi, tizimi, tamoyillari va xususiyatlari, soha qonunchiligining rivojlanishi tarixi, bu boradagi davlat boshqaruv organlari tizimi, yerlarni muhofaza qilishda ekologik nazoratning o'rni, ushbu munosabatlarda iqtisodiy mexanizmni huquqiy tartibga solish masalalarini huquqiy ta'minlash masalalari yoritib berilgan. Ushbu monografiya 2024 yil 21 iyunda Toshkent davlat yuridik universiteti Tadqiqot etikasi kengashida (№ 10 sonli bayonnoma) muhokama qilingan va nashrga tavsiya etilgan.
-
Qiyosiy huquqshunoslik
Hayitboyev F.P.,Mazkur darslik "Qiyosiy huquqshunoslik" o'quv moduli sillabusi asosida tayyorlangan bo'lib, unda qiyosiy huquqshunoslik predmeti va metodi, huquqiy tizimlarni huquq oilalariga ajratish konsepsiyalari, jahondagi asosiy huquq oilalari, xususan, roman-german, ingliz-sakslar, diniy-an'anaviy, sotsialistik, skandinaviya huquq oilalari, shuningdek, aralash huquqiy tizimlar kabi qator mavzular yoritilgan. Ushbu darslik "yurisprudensiya" yo'nalishida ta'lim oladigan talabalar va qiyosiy huquqshunoslikning dolzarb muammolariga qiziqadigan keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan. Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2023-yil 4-iyuldagi "107-um"-sonli buyrug'iga ko'ra nashrga ruxsat etilgan. (107-17).
-
Davlat-xusisiy sheriklik tizimini rivojlantirish muammolari va istiqbollari
Tuxtasinov N.,Monografiyada DXSh tizimi faoliyatini samarali amal qilishining nazariy- uslubiy asoslari tadqiq etilgan, DXSh tizimi barqarorligini ifadolovchi ko'rsatkichlar tahlil qilingan. DXShni barcha shaklini amalga oshirish uchun huquqiy meyorlarning etishmasligi va xususiy sektordan kelib tushadigan takliflarni o'rganish va ko'rib chiqish rejasi murakkabligi va uning muddatining uzoqligi aniqlangan. Shuningdek, DXShning alohida turlari bo'yicha normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish lozimligi taklif etilgan. Qolaversa, o'rganishlar natijasida shu ma'lum bo'lmoqdaki, qonunchiligimizda bir qator o'zgartirish va tuzatish kiritilishi lozim bo'lgan normativ-huquqiy hujjatlar mavjud. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi "Yer kodeksi"ga kerakli tuzatish kiritish zarurligi tavsiya etilgan. Ishlab chiqilgan tavsiyalardan davlat-xususiy sheriklik tizimini takomillashtirishga qaratilgan strategiya, konsepsiyalar, iqtisodiy dasturlar ishlab chiqish, ustuvor yo'nalishlarni belgilashda foydalanish mumkin.
-
Raqamli moliyaviy xizmatlar ko'rsatishni huquqiy tartibga solish muammolari
Xazratqulov O.T.,Mazkur monografiya orqali fuqarolik-huquqiy muomilada vujudga kelgan o'ziga xos raqamli munosabatlarni huquqiy tartibga solishda mavjud ijtimoiy ehtiyojlar hamda bu borada yechimini kutayotgan masalalarni e'tiborga olgan holda ilmiy qarashlar va nazariy masalalarga tahlil ob'ekti sifatida o'rganiladi. Bu bora rivojlangan xorijiy mamlakatlarning huquq sohasida raqamli munosabat ob'ektlarining huquqiy holati, tartibga solish usullari hamda huquqiy asoslari monografiyada ilmiiy tahlil etilgan bo'lib, uning natijasida milliy qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan g'oyalar, raqamli munosasabatlarni huququqiy tartibga soluvchi qonun loyihasini ishlab chiqish zarurati to'g'risidagi doktorinal qarashlar ilgari surilgan. Mazkur monografiya o'quvchida raqamli moliyaviy texnologiyalar, rakamli munosabatlar, FinTechning o'ziga xosligi hamda huquqiy jihatlariga doir qarashlarini boyitishga yordam beradi. Monografiyadan amaliyotda faoliyat olib borayotgan huquqshunoslar, davlat idoralari xodimlari, huquqshunoslar, huquqshunoslikka asoslangan ta'lim muassalarida taxsil olayotgan bakalavr va magistrlar ham keng foydalanishlari mumkin. Toshkent davlat yuridik universiteti O'quv-uslubiy kengashining qarori (2025 yil 20-fevraldagi 5-sonli bayonnoma) bilan nashrga tavsiya etilgan.
-
Yashirin reklamani huquqiy tartibga solishda iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish
Ko'bayeva I.F.,Ushbu monografiya zamonaviy marketing kommunikatsiyalarining eng dolzarb va bahsli yo'nalishlaridan biri yashirin reklamaning kompleks tahliliga bag'ishlangan. Muallif mavzuni nazariy, huquqiy va amaliy jihatdan har tomonlama tadqiq etib, yashirin reklamani iste'molchilar huquqlarini himoya qilish prizmasidan o'rganadi. Monografiyada reklama fenomenining etimologik va konseptual asoslari chuqur tahlil qilinib, yashirin reklamani subliminal va supraliminal kategoriyalarga ajratish taklif etilgan. Shuningdek, xalqaro va milliy qonunchilik normalarining komparativ tahlili olib borilib, AQSh va Xitoy tajribasi misolida yashirin reklamani tartibga solishdagi huquqiy farqlar yoritilgan. Tadqiqotda transmilliy korporatsiyalar (Marlboro, KFC) va raqamli marketingning rivojlanishi sharoitida yashirin reklamaning iqtisodiy hamda ijtimoiy-psixologik ta'siri o'rganilgan. Ayniqsa, Tik Tok (Douyin) kabi platformalardagi yashirin reklama mexanizmlari va influenser marketingning iqtisodiy parametrlari bo'yicha empirik tahlillar tadqiqotning ilmiy ahamiyatini yanada oshirgan. Mazkur monografiya yashirin reklama sohasidagi dolzarb ilmiy- amaliy muammolarni yoritib, iste'molchilar huquqlarini himoya qilish bo'yicha innovatsion yondashuvlar taklif etadi. Akademik tilda, ammo tushunarli tarzda yoritilgan ushbu tadqiqot marketing huquqi va iste'molchilar huquqlari himoyasi bo'yicha kelgusi ilmiy izlanishlar uchun muhim nazariy va amaliy asos yaratadi.
-
Davlat boshqaruvida korrupsiyaga qarshi kurashishning ma'muriy-huquqiy jihatlari
Primov F.A.,Monografiyada korrupsiyaviy omillar tushunchasi ochib berilgan, shuningdek fanlararo tasniflangan hamda davlat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarning ma'muriy- huquqiy jihatlari tahlil qilingan. Shuningdek, davlat boshqaruvida korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy, tashkiliy-institutsional asoslari hamda bugungi kundagi holati tahlil qilingan. Shuningdek, monografiyada davlat boshqaruvida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishning ustuvor yo'nalishlari hamda davlat boshqaruvida korrupsiyaga qarshi kurashish talablarini buzganlik uchun ma'muriy javobgarlik asoslarini takomillashtirish, shuningdek davlat boshqaruvida korrupsiyaga qarshi kurashish strategiyasini ishlab chiqish yuzasidan taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.
-
Shaxsiylashtirish vositalarning shartnomaviy-huquqiy tartibga solish konsepsiyasi
Inoyatov N.X.,Ushbu monografiya intellektual mulkni tartibga soluvchi shartnomaviy va huquqiy asoslarning murakkab tarmog'ini o'rganadi, xususan, firma nomlari, tovar belgilari, xizmat ko'rsatish belgilari, tovar kelib chiqqan joy nomlari va domen nomlariga e'tibor beradi. Ushbu elementlarning zamonaviy biznes landshaftidagi ahamiyatini past baholab bo'lmaydi, chunki ular hal qiluvchi identifikatorlar, brend yaxlitligi himoyachilari va elektron tijoratni osonlashtiruvchilar bo'lib xizmat qiladi. Quyidagi ishda ushbu intellektual mulk obyektlarining ko'p qirrali o'lchovlarini o'rganadi, ularni himoya qilish va qo'llash uchun mustahkam asos yaratish uchun shartnomaviy bitimlar va huquqiy qoidalar qanday kesishishini o'rganadi. Monografiya Toshkent davlat yuridik universiteti Tadqiqot etikasi Kengashining 2024-yil 23-dekabrdagi 3-son majlis bayonnomasiga ko'ra nashr etishga tavsiya etilgan.