-
Omonat saqlash shartnomasi
G'aybullayev A.I.,Omonat saqlash munosabatlari fuqarolik huquqida an'anaviy tusga ega bo'lgan va qadim zamonlardan buyon shakllanib kelayotgan institutlardan biri bo'lib, bunda mulkdorning ashyoga nisbatan egalik qilish huquqi ma'lum muddatga boshqa shaxsga o'tadi va bu shaxs (saqlovchi) ashyoni saqlab turish barobarida ashyoga nisbatan egalik qilish huquqini qo'lga kiritadi. Mazkur qo'llanmada omonat saqlash shartnomasining tushunchasi va yuridik tabiati, omonat saqlash shartnomasining xizmat ko'rsatish shartnomalari tizimidagi o'mi, omonat saqlash shartnomasining predmetini belgilash va shakliga oid muammolar tahlili, omonat saqlash shartnomasining mazmuni, omonat saqlash shartnomasining alohida turlari hamda uning yangi turlari ahamiyati kabi masalalari tahlil qilingan. Qo'llanma oliy o'quv yurtlarining huquqshunoslik mutaxassisligi bo'yicha talabalari, tadqiqotchilar, o'qituvchilar, amaliyot xodimlari va omonat saqlash shartnomasi hamda uning yangi turlari ahamiyatiga va ushbu shartnomaviy munosabatlarning huquqiy asoslariga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
Harbiy xizmatni o'tash tartibiga qarshi jinoyatlar
Salayev N.S.,Ushbu o'quv qo'llanmada jinoyat huquqining o'ziga xos bo'limi - harbiy jinoyat qonunchiligi, xususan, harbiy jinoyat qonunchiligining shakllanish tarixi va ularning umumiy tavsifi, bo'ysunish va harbiy sha'nga rioya etish, harbiy xizmatni o'tash, harbiy mulkni saqlash yoki undan foydalanish tartibiga qarshi jinoyatlar, harbiy mansabdorlik jinoyatlari, shuningdek harbiy xizmatni o'tash tartibiga qarshi jinoyatlarning jinoyat-huquqiy takomillashtirish borasidagi masalalarning jinoyat-huquqiy nuqtai nazardan tahlili o'z ifodasini topgan. asoslarini O'quv qo'llanma yurisprudensiya sohasidagi oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari talabalari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari uchun mo'ljallangan.
-
Dalillarni soxtalashtirish (qalbakilashtirish)ning jinoyat-huquqiy jihatlari
Hojiyev N.K.,Ushbu o'quv qo'llanmada dalillami soxtalashtirish (qalbakilashtirish) jinoyati tushunchasi va umumiy tavsifi hamda mazkur jinoyat nazarda tutilgan qonuni normalarining rivojlanish tarixi, tezkor-qidiruv faoliyatida dalillarning ahamiyati; dalillarni soxtalashtirish (qalbakilashtirish) jinoyatining ob'ektiv va sub'ektiv belgilari; dalillarni soxtalashtirish (qalbakilashtirish) jinoyati og'irlashtiruvchi holatlarda kvalifikatsiya qilish va o'xshash jinoyatlardan farqi, ayrim xorijiy mamlakatlarda dalillarni soxtalashtirish (qalbakilashtirish) jinoyati uchun jinoiy javobgarlik kabi masalalar bayon etilgan. Ushbu o'quv qo'llanma oliy o'quv yurtlari talabalari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari uchun mo'ljallangan. O'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2025-yil 18-martdagi 61-um-son buyrug'iga asosan o'quv qo'llanma sifatida nashrga tavsiya etilgan.
-
Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining kriminologik tavsifi va uni oldini olish choralari
Abdurasulova Q.R.,Ushbu o'quv qo'llanmada voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining tushunchasi, kriminologik tavsifi, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning tahlili, sabablari va ularga imkon bergan shart-sharoitlar hamda oldini olishni chora-tadbirlarini tashkil etishning asosiy yo'nalishlari yoritilgan. Qo'llanma tadqiqotchilar va amaliyot xodimlari, yuridik ta'lim muassasalarining professor-o'qituvchilari, mustaqil izlanuvchilar, tinglovchi, kursant va talabalarga mo'ljallangan. Mazkur o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2025- yil 31-iyuldagi 163-um-son buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami-163-20).
-
Prokurorlik faoliyatining huquqiy asoslari
Qodiraliyev S.B.,Mazkur o'quv qo'llanmada prokurorlik faoliyatining huquqiy asoslari, prokuratura organlarining vazifalari, faoliyatining asosiy yo'nalishlari va prinsiplari, tizimi, sohada faoliyat yurituvchi xodimlarning huquqiy maqomi, prokuror nazorat hujjatlari, prokuror nazoratining turli yo'nalishlari, prokuratura organlarining tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov faoliyati, huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatidagi muhim masalaga aylanib ulgurgan sohani raqamlashtirish va boshqa prokurorlik faoliyatining huquqiy asoslari bo'yicha ma'lumot beriladi. Mazkur o'quv qo'llanma yuridik oliy ta'lim muassasalari bakalavriat talabalari hamda yuridik texnikum, shuningdek akademik litsey o'quvchilari uchun tayyorlangan.
-
Korrupsiyaga qarshi kurashishda oid davlat siyosati
Ushbu o'quv qo'llanmada korrupsiya jamiyat uchun xavfli ijtimoiy - siyosiy hodisa; davlat boshqaruv organlarida korrupsiyaga olib keluvchi omillar va unga qarshi kurashish va davlat siyosatining yo'nalishlari; davlat boshqaruv organlarida korrupsiyaga qarshi kurash borasida xorij tajribasi kabi masalalari bayon etilgan. Ushbu o'quv qo'llanma oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari talabalari, doktorantla mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimla uchun mo'ljallangan.
-
Yangi O'zbekiston sud tizimi
Suyunova D.J.,Mazkur o'quv qo'llanmada Yangi O'zbekiston Respublikasi sud tizimining tuzilishi, O'zbekistonda sud hokimiyatini amalga oshiruvchi sudlar organlari tushunchasi va rivojlanishi, tarixi, ularning tashkil qilinishi va vazifalari haqida so'z yuritilgan. Jinoyat ishlari bo'yicha sudlarda ish yuritish, birinchi instansiya, apellatsiya, kassatsiya, taftish instansiyasi sudlarining faoliyati, vakolatlari haqida alohida tushunchalar berilgan. Bundan tashqari 2024-yildan boshlab joriy qilingan tergov sudyasi haqida yangi Qonun tahlil qilingan. O'quv qo'llanma Odil sudlov asoslari fanini o'rganayotgan bakalavr bosqichi talabalar, litsey o'quvchilari va odil sudlovni amalga oshirishdagi sudlarning vakolatlari bilan qiziqadigan keng kitobxona jamoasiga mo'ljallangan. Toshkent davlat yuridik universiteti Ilmiy kengashining 2025-yil 2 iyul 7-sonli qarori bilan nashrga tavsiya etilgan.
-
Iqtisodiy protsessda taftish
Xudoynazarov D.,Mazkur o'quv qo'llanmada iqtisodiy sud ishlarini taftish tartibida ko'rish institutini o'zlashtirishga qaratilgan bo'lib, unda taftish tartibida ish yuritish tuchunchasi, maqsadi, vazifalari, taftish instansiyasida ish qo'zg'atish tartibi va asoslari, ushbu instansiyasiga murojaat qilish tartibi, ishni ko'rishning protsessual tartibi, taftish instansiya sudining ish ko'rish doirasi va vakolatlari, taftish instansiyasi sudida ish yuritishning boshqa sud instansiyalarida ish yuritishdan farqi, mavzuga doir glossarylar, sud amaliyotidan misollar hamda taftish instansiyasida yuritiladigan protsessual hujjatlardan namunalar aksini topgan. O'quv qo'llanmadan professor-o'qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, mustaqil izlanuvchilar, amaliyot xodimlari, talabalar hamda keng kitobxonlar ommasi foydalanishlari mumkin. Mazkur o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2025-yil 18-martdagi 61-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami-000-00). Toshkent davlat yuridik universiteti Akademik halollik kengashining 2025-yil 12-fevraldagi 1-son bayonnomasi bilan nashrga tavsiya qilingan.
-
Fuqarolik sudlarida birinchi instansiyasida ish yuritish
Sulaymonova N.M.,Mazkur o'quv qo'llanma Fuqarolik protsessual huquqi moduliga tegishli bo'lgan ayrim mavzularni qamrab olgan bo'lib, unda fuqarolik ishlari bo'yicha birinchi instansiya sud ishlarini yuritish tartibi, fuqarolik ishini qo'zg'atish, ishni sudda ko'rishga tayyorlash, sudda ishni ko'rish, birinchi instansiya sudining qarorlari, shuningdek har bir mavzuga oid asosiy tushunchalar, nazorat uchun savollar, kazuslar, protsessual hujjatlardan namunalar o'rin olgan. O'quv qo'llanma nafaqat bakalavriat ta'lim yo'nalishi talabalari uchun, balki magistratura talabalari, ilmiy tadqiqotchilar, professor-o'qituvchilar, sudyalar, prokuratura xodimlari, advokatlar, shuningdek, keng kitobxonlar ommasi uchun ham mo'ljallangan. Toshkent davlat yuridik universiteti Akademik halollik kengashining 2025-yil 12-fevraldagi 1-son bayonnomasi bilan nashrga tavsiya qilingan. Mazkur o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2025- yil 18-martdagi 61-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan.
-
Mualliflik huquqi
Ibrohimov A.A.,Ushbu o'quv qo'llanmada mualliflik huquqiga oid normalar va konsepsiyalar tizimli asosda yoritildi. Mazkur o'quv qo'llanma ta'lim muassasalari talabalari, ushbu soha tadqiqotchilari, huquqshunoslar, umuman, sohaga qiziqish bildiruvchilar uchun mo'ljallangan. Mazkur o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2025-yil 31-iyuldagi 163-29-son buyrug'iga asosan nashrga tavsiya qilingan.
-
Jinoyat qonuni
Shamsidinov Z.,Mazkur o'quv qo'llanma jinoyat huquqi fanining eng muhim bo'limlariga bag'ishlangan bo'lib, unda jinoyat qonuni tushunchasi, ahamiyati va tuzilishi keng yoritilgan. Qo'llanmada jinoyat-huquqiy normalarning mohiyati va ularning tizimdagi o'mi batafsil ochib beriladi. Ikkinchi bobda jinoyat qonunining amal qilishi masalalari ko'rib chiqilib, uning vaqt va hudud bo'yicha qo'llanish tartibi tahlil qilinadi. Bu orqali jinoyat qonunining amaliyotdagi tatbiqi va qo'llanish chegaralari talabalarga aniq misollar asosida tushuntiriladi. Uchinchi bob jinoyat qonunini sharhlash va jinoyat huquqi prinsiplari masalalariga bag'ishlangan bo'lib, qonunlarni to'g'ri talqin qilishning ilmiy-nazariy asoslari hamda huquqiy prinsiplardan foydalanish zaruriyati izohlanadi. Qo'llanma talaba-yoshlarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, amaliy ko'nikmalarini shakllantirish hamda jinoyat huquqining asosiy tushunchalarini mukammal o'zlashtirishga xizmat qiladi. Shuningdek, U o'qituvchilar, tadqiqotchilar va huquqshunos mutaxassislar uchun ham foydali manba bo'lib xizmat qilishi mumkin. Toshkent davlat yuridik universiteti Akademik halollik kengashining 2025 yil 18 martdagi 61-um-sonli bayonnomasi bilan nashrga tavsiya etilgan.
-
-
Yuridik shaxslarning bekor bo'lishi
Imomov N.F.,Mazkur o'quv qo'llanmada fuqarolik huquqiga kirish o'quv kursi doirasidagi yuridik shaxslarning bekor bo'lishiga oid qoidalar yoritilgan. Unda yuridik shaxslar bekor bo'lishi mohiyatining fuqarolik-huquqiy talqini amalga oshirilgan. Qo'llanma oliy yuridik ta'lim muassasalari talabalari, magistrlar, tadqiqotchilar va o'qituvchilar uchun mo'ljallangan. Toshkent davlat yuridik universiteti Akademik xalollik kengashining 2025- yil 12-fevraldagi 1-sonli majlis bayonnomasi bilan nashrga tavsiya etilgan.
-
Advokat stajyori va advokat yordamchisining faoliyatini tashkil etish
Nurumov D.D.,Mazkur o'quv qo'llanmadan advokat stajyori va advokat yordamchisi tushunchasi, stajirovkani tashkil etish tartibi, yordamchi ishini tashkil etish, advokat stajyori va yordamchisining huquq hamda majburiyatlari, stajyor va yordamchiga nisbatan Advokatning kasb etikasi qoidalari va advokatlik sirini saqlashga doir talablarning qo'llanilishi, stajyor va yordamchining mehnatiga haq to'lash, stajyor va yordamchi bilan mehnat shartnomasi tuzish va uni bekor qilish tartibi hamda mavzuga oid savollar o'rin olgan. O'quv qo'llanma oliy yuridik ta'lim muassasalarida tahsil oluvchi talabalar, ilmiy tadqiqotchilar, professor-o'qituvchilar, advokatlar, advokat stajyori va yordamchilari, shuningdek, advokatura institutiga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
Turizm huquqi
Usmanova S.,Mazkur qo'llanmada turizm, menejment, muzeyshunoslik, ijodiy sanoat, arxeologiya, logistika, xalqaro munosabatlar sohasida qo'llanadigan turizmning xalqaro-huquqiy va milliy-huquqiy jihatlari hamda institutlari, shartnomalar va subyektlariga oid ayrim mavzular yoritib itib berilgan. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasining turizm sohasidagi huquqiy islohotlar muallifning tadqiqotlari asosida bayon etilgan. O'quv qo'llanma turizm sohasi, yuridik, xalqaro munosabatlar hamda xalqaro iqtisodiyot yo'nalishlaridagi talabalar, doktorantlar, tadqiqotchilar, o'qituvchilar hamda mazkur sohaga qiziquvchilar uchun mo'ljallangan. Unda fanning ma'ruzalar kursi, nazorat savollari, kazuslar, mavzular yuzasidan tavsiya etiladigan adabiyotlar ro'yxati va fanni o'zlashtirish uchun zarur bo'lgan boshqa materiallar mavjud. Bu materiallar va namunalardan akademik litsey, texnikum, kollej va kasb- hunar maktablarining o'quvchilari ham foydalanishi mumkin.