-
Daftar hoshiyasidagi bitiklar
Hoshimov O',Har bir inson hayotdan ma'no izlaydi. Umri davomida ko'rgan-kechirganlaridan saboq oladi. Hayotiy xulosalar chiqaradi. Ardoqli adib O'tkir Hoshimovning kuzatishlari, hayotiy xulosalari qo'lingizdagi ushbu kitobda o'z ifodasini topgan. Yozuvchining qatralab yig'ilgan hayot falsafasi ko'ngil mulkingizni boyitishiga ishonamiz.
-
Yulduzli tunlar
Qodirov P.,«Yulduzli tunlar» dunyoga mashhur o'zbek hukmdori, atoqli shoir, o'z davrining qomusiy bilimlari bilimdoni Zahiriddin Muhammad Bobur hayotiga bag'ishlangan asar. Asarda shoir va shoh Bobur hayotini tasvirlash muhim o'rin tutadi. <<<Yulduzli tunlar» keng hamrovli asardir. Unda Boburning shaxsiy xislatlari, oilaviy hayoti onasi Qutlug' Nigor xonimga chin farzandlik tuyg'usi, opasi Xonzodabegimga inilik, farzandlaridan Humoyun va Gulbadanga otalik mehri, birinchi umr yo'ldoshi Oyshabegim bilan o'tkazgan ko'ngilsiz damlar dramasi, Mohim bilan g'aroyib tanishuv daqiqalari, Mohimning Boburga cheksiz sadoqati, Panipat jangida halok bo'lgan Ibrohim Lodining onasi Malika Bayda (u Boburni zaharlashga erishgandan so'ng, ikki raqib ro'para keladi. Shunda Malika Bayda shohdan o'lim kutadi, bu bilan shoh ustidan manaviy tantanaga erishmoq, onani o'limga hukm etgan shohni el oldida sharmanda qilmoq istaydi, lekin buni sezgan Bobur uni jazolamay, o'zining tanti shoh ekanligini ko'rsatadi) bilan Bobur orasidagi munosabat hayajonli, go'zal ifodalangan. Adib butun asar davomida Boburning shoh, fotih sifatida qilgan shafqatsizliklari uning eng katta gunohi ekanligini doimo ta'kidlab boradi. Bobur tarixchi olim Xondamir bilan suhbatda deydi: «...avlodlar haqiqatni bilsinlar, bizni farishta deb o'ylamasinlar. Qilgan gunohlarimiz o'zimizga nechog'liq og'ir tushganidan ogoh bo'lsinlar... Toj-u taxt bevafoligini ko'pdan beri sezib yuribman. Menga vafo qilsa, faqat yozgan asarlarim vafo qilmog'i mumkin. Vatanimga o'zim qaytolmasam ham asarlarim qaytmog'i mumkin. Endigi orzuim - men tug'ilgan yurtimga qilolmagan farzandlik xizmatimni asarlarim qilsa...»
-
Avlodlar dovoni
Qodirov P.,<<<Yulduzli tunlar»ning davomi bo'lgan «Avlodlar dovoni>>> asarida shavkatli Humoyunning otadan qolgan meros Hindistondagi saltanatni boshqarishi, ichki va tashqi dushmanlar, muxoliflar bilan ayovsiz kurashi, ayrim qattiqqo'lligi, hayot va sharoit taqozosi bilan tutgan yo'riqlari, taxtning vafo-yu jafolarini boshdan kechirgan holatlari go'zal tasvirlanadi. Akbarni izlanuvchi, qiynaluvchi, ba'zan adashuvchi, lekin ota-bobolarga munosib ravishda oqil va donishmand qiyofada ko'ramiz. Butkul umrini Hindistondagi xalqlar boshini biriktirish yo'liga, tinchlikni barqaror qilishga sarflaydi. Buning uchun u jamiyatni boshqarish yo'rig'iga, urug'-aymoqlararo munosabatlarga qator islohotlar kiritadi. Turli diniy e'tiqodlarga mansub kishilarning ixtilofini bartaraf etishga jon kuydiradi. Hatto turli e'tiqodlarning mushtarakligini ta'minlovchi umumiy din bo'lishini orzu qiladi. Hind go'zali Rani Jodha Bayga uylanishi ana shu ulug' niyatlariga tutashib ketadi.
-
Ota izidan
Yoqubov O.,Mazkur ikki holat turli jabhalarda oralari qil sig'masdek yonma-yon bo'lishadi. O'ylanmay bosilgan bir qadam, kutilmagan muammolarga yetaklashi kamdek, ortga boʻlgan yo'lni butkul yopadi. Shunda kishi orzusidagi ozodlikka qanchalar intilmasin, erksizlikning mudhish asirligidan qutula olmaydi. Atirgulni suyib, tikoni tufayli uni tutib bo'lmaganidek, qalb og'riqdan mudom aziyat chekadi. Asar katta hayot bo'sag'asida turgan yoshlarni noto'g'ri bosiladigan qadam tashvishlaridan ogoh eta oladi, deya umid qilamiz.
-
Shum bola
Biz bugun sevib o'qiyotgan kitoblarni yigirma-o'ttiz yil o'tib, balki varaqlagimiz ham kelmas, xohish topa olmasmiz. Lekin, "Shum bola" qissasini esa har gal, har qanday yoshda bolalik sho'xliklarini qoʻmsab, sog'inib, mutolaa qilishga ehtiyoj sezamiz. Adibimiz G'. G'ulom- ning bu qissasi tasviriy vositalarga boyligi bilan boshqa asarlaridan ajralib turadi. "Dandon sopli pichoq"dan boshlanib, chuvalashib ketgan gapni boyning qizi Adolning "o'g'il tug'ib bergani"ga borib ulab "innankeyin"chi, o'lgudek injiq, ziqna, ezma Sariboyni mot qilgan Shum bolaning bir-biridan qiziq sarguzashtlaridan xabardor bo'lishni xohlasangiz kitob mutolaasiga shoshiling. Asar keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan.
-
O'n sakkizga kirmagan kim bor
Xolmirzayev Sh.,Jamshid uyg'onib ketib, yonini paypasladi onasi yo'q, hali ham majlisdan qaytmapti. Yig'lagisi keldi-yu, qorong'i uyning sukunati bosib qo'rqdi. Sekin derazaga qaradi. Laxtak-laxtak qora, ho'l bulutlar bog' etagi tomon osilib borar, ular orqasidan sarg'ayib oy ko'rinardi. „Tip-tip" tomchi tovushi keldi. So'ng shamol tomorqadagi daraxtlarni silkitdimi, tom ustiga shovdirab yomg'ir suvi to'kildi. Yomg'ir tinipti-da", deb o'yladi Jamshid va yana tashqariga quloq tutdi.
-
Erk
Qodirov P.,Erk va erksizlik. Mazkur ikki holat turli jabhalarda oralari qil sig'masdek yonma-yon bo'lishadi. O'ylanmay bosilgan bir qadam, kutilmagan muammolarga yetaklashi kamdek, ortga boʻlgan yo'lni butkul yopadi. Shunda kishi orzusidagi ozodlikka qanchalar intilmasin, erksizlikning mudhish asirligidan qutula olmaydi. Atirgulni suyib, tikoni tufayli uni tutib bo'lmaganidek, qalb og'riqdan mudom aziyat chekadi. Asar katta hayot bo'sag'asida turgan yoshlarni noto'g'ri bosiladigan qadam tashvishlaridan ogoh eta oladi, deya umid qilamiz.
-
Bolalik xotiralarim
Oybek,Atoqli o'zbek yozuvchisi Muso Toshmuhammad o'g'li Oybek turfa voqealarga boy, mashaqqatli va ayni paytda ajo- yib xayot yo'lini bosib o'tgan. Qo'lingizdagi «Bolalik xotirala- rim kitobida u ana shu yo'lning 1917 1918 yillarga qadar bo'lgan qismi bilan siz hurmatli kitobxonlarni tanishtiradi. Oybek singari ulug' allomalarniig bolalik va yoshlik kezla- ri ularning ko'cha changitib yurgan oddiy boladan xalqning mutafakkir siymolaridan biriga aylanishi, ayniqsa, yosh av- lodlar uchun hamisha maroqli va ibratlidir.
-
Temur tuzuklari
Ko'ragon Amir Temur,"Temur tuzuklari" ("Tuzuki Temuriy") "Malfuzoti Temuriy", "Voqeoti Temuriy" nomlari bilan ham atab kelingan. Ushbu asar fransuz, ingliz, urdu, rus va eski o'zbek tillarida chop qilingan. U pod- shohlarning saltanatni boshqarish tuzuklari (qonun-qoidalari), harbiy amaliyotlari tartibi, turish-turmushlari va odob-axloq normalarini bel- gilab beruvchi asardir. Asarda jahongir Amir Temurning buyuk davlat arbobi va sarkardaligiga oid eng muhim voqealar, sarkardalik mahorati, taxt vorislariga pand-nasihatlari ixcham bayon etilgan. O'quvchi Amir Temur davri va o'sha davr ijtimoiy-siyosiy hayoti haqida to'laqonli tushunchaga ega bo'libgina qolmay, qimmatli ma'lumotlardan ham xabardor bo'ladi.
-
Kecha va Kunduz
Cho'lpon,„Kecha va Kunduz" XX asr o'zbek realistik adabiyotining yetuk namunasi. Asarda o'zbek xalqining o'tmishdagi eng og'ir damlari qalamga olingan. Zero, inson qismatiga befarqlik bi- lan qarashday zulm dunyoda yo'q. Cho'lpon mana shu zulmga qarshi kurashdi. Zebi obrazi orqali insonning yetuk yaratiq ekanligini, u eng go'zal qismatga munosib ekanligini ko'rsatib berdi.
-
Mashaqqatlar osha yulduzlar sari
Yo'ldoshev A.,Ushbu to'plamdan yozuvchi Abduqayum Yo'ldoshevning turli yillarda yozgan rang-barang mavzulardagi hikoyalari o'rin olgan. E'tiborli tomoni shundaki, barcha hikoyalarni o'zaro bog'lab tur- gan bir jihat bor. Bu ham bo'lsa asarlardagi aksariyat yosh qahra- monlarning o'z hayotlarida arzirli yangilanishlar, o'zgarishlar, isti- lohlar qilishga urinishlari, o'zliklarini yaratish istagida jon-jahdlari bilan kurashishlaridir. To'g'ri, jarayon oson kechmaydi, aksar holat- larda yutuqdan ko'ra muvaffaqiyatsizlik, g'alabadan ko'ra mag'lubi- yat kutib turadi qahramonlarni. Ammo na iloj, buni hayot deydilar. Muhimi, insonning oldinga intilib yashashi, o'zini anglash harakati, mag'lubiyatlardan to'g'ri saboq chiqara bilish salohiyatidir.
-
Qo'shchinor chiroqlari
Qahhor A.,Atoqli adibimiz Abdulla Qahhorning bizga qoldirgan badiiy merosi bugungi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan. Uning cho'ng va zargarlik bilan yaratilgan har bir asarida boqiy haqiqat muhri va shukuhi bor. Bunday zalvorli asarlar, shak-shubhasiz, yosh avlod ong-u tafakkurini boyitishda ma'naviy kuch-qudratga ega bebaho merosdir. Yozuvchining o'zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga qo'shgan ulkan hissasi e'zoz bilan tilga olinmoqda. Uning hikoya va romanlari bugungi kunda ham o'z ahamiyatini aslo yo'qotmagan. Abdulla Qahhor va uning ijodi haqida Abdulla Oripov: "Adabiyotimiz tarixida betakror siymolardan biri Abdulla Qahhordir. Bu zot adabiyotga kirib kelgan damlaridanoq so'z sehrgari sifatida e'tirof etilgandi. Abdulla Qahhor jahon adabiyotida ham eng taniqli yozuvchilar safida turadi", degan bo'lsa, Ozod Sharafiddinov: "Abdulla Qahhor - ulug' inson va ulug' ijodkor edi. Shuning uchun hozirga qadar men o'zimni uning shogirdiman deb atashga istihola qilaman. Negaki, uning shogirdi boʻlish shu qadar sharafliki, bu sharafga biz loyiqmizmi-yo'qmi, Xudo biladi. Biz, ya'ni shogirdlari unga har qancha yaqin bo'lmaylik, orasida hamisha muayyan masofa bo'lardi", - deya ulug'lagan. Qo'lingizdagi ushbu kitobdan o'rin olgan "Qo'shchinor hiroqlari" romani Abdulla Qahhorning yana bir san'at asari sifatida ruksak baholangan. Asarda, xalqimizning qishloq xo'jaligini jamoalashtirish davridagi hayoti yoritiladi. Shuningdek, har qanday buyuk asarlarda bo'lganidek, bu romanda sevgi-muhabbat, do'stlik, Vatanga sadoqat, iymon-e'tiqod, mehnatkashlik, onaga mehr-muhabbat ulug'langan.
-
O'tkan kunlar
Qodiriy A,Xalqimizning ardoqli farzandi, ulug' so'z san'atkori Abdulla Qodiriy benazir romanlari, hayot haqiqatiga yog'irilgan hikoya va hajviyalari bilan milliy adabiyotimiz xazinasini boyitdi, uni yangi bosqichga olib chiqdi. Qodiriy - milliy romanchilik maktabining tamal toshini qo'ygan yozuvchi. Adib qalamiga mansub "O'tkan kunlar" romani zamonaviy o'zbek adabiyotining durdonalaridan biri sanaladi.
-
ОҚИБАТ
Рауф Субҳон,Ўзбек шеъриятининг ёрқин вакилларидан бири Шукур Қурбон шеърлари ўқувчиларга яхши маълум. Шоир қалбидаги сўнмас олов унинг барча шеърларига кўчиб ўтган десак, муболаға эмас. Шеърларида шоир- нинг Ватанга муҳаббатини, ўтли нигоҳини, самимий қувонч ва ҳасратларини ҳис қиласиз.
-
Мухаббатга кўм дилни
Худойқулова Фароғат,Шеър ёзилганда эмас шоир юрагидатуғилганда шеърдир. Шоирнинг ўзи ёзгани каби "Дарди пишиб пишиб кечроқ туғилган" шеърлари азиз китобхонлар кунглида ҳам дард ҳам шодлик бўлиб зоҳирланди.
-
Abdulla Qodiriy
Qodiriy A.,Vatanining mustabidlar zulmidan ozod bo'lishini, millati farzandlarini sharafga to'lganlar qatorida ko'rishni orzulagan xalqimizning qalbi uyg'oq farzandlari Jadid adabiyoti namoyandalari» bugun yana o'z o'quvchilari bilan yuzlashmoqda. Xalq ma'naviyatini boyitish yo'lida olib borilgan kurashlar, milliy matbuot, adabiyot va teatrning odamlar tafakkurini oshirishdagi ahamiyati haqida asarlarida kuyinib yozgan, bu borada fidoyilik ko'rsatgan, alaloqibat, qatag'onga uchraganlar haqida so'z borarkan, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho'lpon, Abdulla Avloniy, Mahmudxo'ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Usmon Nosir, Is'hoqxon Ibrat siymolari ko'z oldimizda gavdalanadi. Ular o'z asarlarida ko'targan muammolar hamon bizning qarshimizda bo'y ko'rsatib turibdi. Biz hamon «millatni uyg'otish uyg'onganlarning vazifasi» degan chorlovga munosib javob qaytarolganimiz yo'q.
-
Semiz va oriq
Anton Chexov,Dunyo adabiyotida A.P.Chexov o'z ovozi va so'ziga ega bo'lgan noyob ijodkorlardan biri sifatida tan olingan. U hikoyalari orqali ushbu janrni yana bir taraqqiyot pog'onasiga ko'tarib berganligi ham bor gap. O'zbek adabiyotida realistik hikoyalarning paydo bo'lishiga ham ayni yozuvchining asarlari sabab bo'lib, Abdulla Qahhor va undan keyingi bir qator yozuvchilarimiz hikoyalarining muvaffaqiyatida mazkur adibning maktabi alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu kitobda yozuvchining eng katta hikoyalari jamlangan.
-
Mirzo Ulug'bek
Maqsud Shayxzoda,Maqsud Shayxzoda "Mirzo Ulug'bek" asarida Ulug'bekni "inson - olim - davlat arbobi" sifatida aks ettirishga intilgan. Ammo buning o'zi ham oson ijodiy ish emas edi. Shubhasiz, Ulug'bek fojeasini keltirib chiqargan bu hayotiy masalalarni o'zaro aloqada va uzviy bog'liqlikda tasvirlash Shayxzodadan katta talab mahoratni talab etdi. Mirzo Ulug'bekning ham inson, ham olim, ham davlat arbobi sifatidagi obrazini badiiy mujassamlashtirish uchun ko'plab personajlarni asar to'qimasiga olib kirdi va bu personajlar harakat etejak syujet chiziqlarini ishlab chiqdi. Bunday personajlar tarixiy voqelikning o'zida serob bo'lishiga qaramay, dramaturg ularni saralab ola bildi va shu bilan birga badiiy to'qimadan ongli ravishda foydalanib, ya'ni to'qima qahramonlar obrazini asarga dadil jalb eta oldi.
-
Ikki eshik orasi
Otkir Hoshimov,E'tiboringizga havola etilayotgan mazkur kitob O'tkir Hoshimov asarlari ichida qamrovi, o'quvchi qalbiga yangiligi bilan alohida ahamiyatga ega. Unda adib qariyb qirq yillik davrni o'z ichiga, bir qancha chigal va murakkab taqdirlar misolida o'z xalqining urush davrida boshdan kechirgan hayoti, qismati haqida mahorat bilan qalam tebratgan. Zamon va davr qanday sharoitda kechishidan qat'i nazar insoniy qadr-qimmat tushunchalarini saqlab qolgan, tqadirini el-yurti, xalqi, Vatani taqdiri bilan bog'lagan, farzandidan ayrilganida ham qalbiga quvonch baxsh etishi mumkin bo'lgan boshqa sababini o'zi uchun yarata olgan, hayotini sevgi-muhabbat tuyg'ulari bilan bezamoqchi bo'lgani holda urush hukmiga tobe bo'lib qolgan insonlar qismatini ifodalovchi ushbu asar mutolaasidan so'ng bugungi o'tayotgan tinch-omon hayotingiz, farzandlaringiz baxti uchun shukrona aytasiz. Asar aynan shu jihati bilan qlblatga yaqin.
-
Yur, tog'larga ketamiz
Shukur Xolmirzayev,"Yur tog'larga ketamiz" qissasi ana shunday epigraf hamda Saroytosh qishlog'ining go'zal ta'rifi bilan boshlanadi. Qissa qahramoni qorong'i bostirmadan topib olgan kuchukbolaga (aslida, u oddiy kuchukbola emas, bo'ri bilan itning orasida tug'ilgan) Qoraboy deb ism qo'yadi. Shu kundan e'tiboran uning hayoti qiziqarli voqealar bilan boyib boradi. Bag'ri keng tog'liklarning hammasi ham negadir Qoraboyga nisbatan yaxshi munosabatda bo'maydilar, uni odamlar orasidan yo'qotishga urinadilar. Ammo asar qahramoni sodiq do'stini harchand himoya qilmasin, ko'pchilikka bas kelolmaydi. Alaloqibat, odamlardan zulm ko'rgan Qoraboy ularga zulm bilan javob qaytaradi. Natijada esa "Hayvonot bog'i"ga badarg'a qilinadi. Ammo o'rtada allaqachon ildiz otgan sadoqat rishtasi, mehr-muhabbat tuyg'usi do'stlarni qayta diydor ko'rishtiradi. Tog'lar esa yana ularni qarshi olmoqqa shay turadi...