-
Advokatlik faoliyatida xususiy-huquqiy nizolar
Mehmonov Q.M. , Yuldashev J.I., Egamberdiyev E.X., -
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Advokatlik faoliyatida xususiy-huquqiy nizolar
Mehmonov Q.M. , Yuldashev J.I., Egamberdiyev E.X.,Ushbu darslikda xususiy-huquqiy nizolar tushunchasi va ahamiyati, ularda advokatlik faoliyatining o'ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Xususan, ko'chmas mulkka bo'lgan mulk huquqi to'g'risidagi, fuqarolik huquqidagi shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarda, merosga oid nizolarni hal etishda advokatning roli ko'rib chiqilgan. Shuningdek, korporativ nizolar va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish, oilaviy- huquqiy, uy-joy nizolarida, iste'molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida advokatura amaliyoti masalalari haqida ham tushuncha berilgan. Darslik oliy o'quv yurtlarining yuridik fakultetlari magistrantlari, huquq asoslari o'qitiladigan oliy maktab talabalari, shuningdek, amaliyotdagi soha vakillariga tavsiya etiladi. Mazkur darslik Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2025-yil 18-martdagi 61-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami -61-43).
-
Орынлаў исин журитиў
Ўразалиев М.К.,Бул сабаклықта орынлаў ис жүритиў пәниниң түсиниги, предмети хэм системасы, Өзбекстанда суд хүжжетлери ҳәм баска да уйымлар хүжжетлерин орынлаўдың шөлкемлестириўшилик мәселелери, оларды мәмлекетлик орынлаўшылар тәрепинен мәжбүрий орынлаўдың хукыкый тийкарлары хам тәртиби, орынлаў хүжжетлерине қойылатуғын талаплар, орынлаў исинде қатнасыўшы шахслар, орынлаў хүжжетлерин орынлаўға каратыў тәртиби. өндириўдиң карыздар мүлкине, мийнет ҳакы ҳәм оған тенлестирилген төлемлерге каратылыўы, мүлклик кәсийетлерге ийе болмаған келиспеўшиликлер бойынша орынлаў хүжжетлерин орынлаў, орынлаў исин жүритиўдин баска өзгешеликлери, мәмлекетлик орынлаўшының статусы сыяқлы мәселелер сәўлелендирилген. Сабаклык хукыктаныў қәнигелиги бойынша билим алып атырған оқыўшылар, студентлер, сондай-ақ, орынлаў исин жүритиў менен кызыккан кең китапкумарлар топарына мөлшерленген.
-
Mamleket xizmeti
Yusupov S., Isayeva F.B.,Bul sabaqlıqta Ózbekstan Respublikası mámleketlik xizmet tarawina bağıshlangan. Sabaqlıqta avtorlar mámleketlik xizmet institutının tutqan ornına házirgi zaman talaplarınan kelip shıqqan halda jaña jandasıw, mámleket xızmetiniń huqıqıy tiykarları, principleri, wazıypa hám funkciyaların, mámleket xizmetshilerinin huqıqıy mártebesin, mámleket xızmetshileriniň attestaciyası, xızmet boyınsha háreketleniwi, olardıń rotaciyası, xoshametlew hám juwapkerligi hámde hámleket xizmetin juwmaqlaw tiykarların jarıtıp beriwge hareket qılıngan. Sabaqlıq studentlerde mámleket xizmetin huqıqıy normaların analiz qılıw. mámleketlik xizmet tarawınıń teoriyalıq tiykarları hámde olardı sholıw; huqıqıy analizdi ámelge asırıw, teoriyalıq bilimlerin ameliyatta qollay alıw kónlikpelerin qåliplestiriwge hám rawajlandırıwģa jårdem beredi. Bul oqiw qollanba Tashkent mámleketlik yuridika universiteti rektorının 2024 jil 24-dekabrdağı 22-sanı buyrığına tiykarlanıp baspağa usınıs etilgen.
-
Legal tech
Inoyatov N.X.,Ushbu darslik davomida Siz Legal Tech fani tushunchasini, mohiyatini hamda ushbu soha doirasida startap loyihalar hamda ushbu loyihalarni qanday qilib, amaliyotga joriy qilish hamda Toshkent davlat yuridik universiteti Legal tech loboratoriyasi faoliyati haqida tanishish imkoniyatiga ega bo'lasiz.
-
Raqamli davrda intellektual mulk
Yakubova M.A.,"Raqamli davrda intellektual mulk" nomli ushbu darslik raqamli texnologiyalar sharoitida intellektual mulk huquqining dolzarb masalalarini tizimli va tushunarli tarzda yoritadi. Unda mualliflik huquqi, patent huquqi, tovar belgilari hamda raqamli muhitda huquqlarni himoya qilish masalalari amaliy misollar asosida bayon etilgan. Darslik talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash va amaliy ko'nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi hamda yuridik ta'lim jarayoni uchun tavsiya etiladi. Mazkur darslik Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2025-yil 30-yanvardagi 21-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan.
-
Fuqarolik huqiqiga kirish
Ibrohimov A.,Huquq tizimida sivilistika deb ataluvchi mazkur huquq sohasi tartibga soluvchi munosabatlar iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga kirib borgan. Shu sababli, zamonaviy yurist fuqarolik huquqi fanini puxta o'zlashtirgan taqdirda yetuk mutaxassis sifatida shakllanishi mumkin. Yangi avlod huquqshunos kadrlarni tayyorlashda, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy islohotlarni hisobga olgan holda darslik va qo'llanmalar tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi. Darslikni yozishda sivilistika ilmi erishgan so'nggi yutuqlardan ijodiy foydalanildi hamda amaldagi qonun hujjatlari va ularga kiritilgan o'zgartish va qo'shimchalar e'tiborga olindi. Ushbu darslikda fuqarolik huquqining umumiy masalalari hisoblangan fuqarolik huquqi tushunchasi, ahamiyati, predmeti, tizimi, tamoyillari, fuqarolik- huquqiy munosabatlarning harakatda bo'lishi asoslari, fuqarolik huquqlarini himoya qilish, fuqarolik huquqi manbalari, fuqarolik huquqi subyektlari va obyektlari, bitimlar, vakillik hamda muddatlar kabi masalalar yoritilgan. Mazkur darslik huquqshunoslik yo'nalishida ta'lim olayotgan talabalarga, ilmiy izlanuvchilarga, shuningdek, fuqarolik huquqi bilan bog'liq masalalar bilan shug'ullanuvchi mutaxassislarga mo'ljallangan. Ushbu darslik Toshkent davlat yuridik universiteti Akademik halollik kengashining 2026-yildagi 21-um-sonli qarori bilan tasdiqlangan va nashrga tavsiya etilgan.
-
Advokatura va advokatlik faoliyati
Salomov B., Davlyatov V.X., Salamova M. B.,Mazkur darslikda O'zbekiston Respublikasida advokatura instituti, uning vazifalari, advokatlik faoliyatining tashkiliy-huquqiy shakllari, advokatlarning o'zini o'zi boshqarish organining huquqiy maqomi, advokat maqomiga ega bo'lish tartibi va malaka komissiyalari, advokatlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi. advokat kasb etika qoidalarining mazmun-mohiyati, advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi, advokatlik faoliyatining turlari. yuridik yordam ko'rsatish to'g'risidagi shartnoma, gonorar va soliqqa tortish. advokatura institutining davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari bilan o'zaro munosabatiga oid masalalar tahlil qilingan. Darslik oliy ta'lim muassasalari bakalavriatining "Yurisprudensiya" ta'lim yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklari talabalari uchun mo'ljallangan.
-
Majburiyat huquqi
Okyulov O. va boshq.,Mazkur darslikda, majburiyatning umumiy tavsifi, uning tarkibi va mazmuni bayon etiladi. Doktrinal yondashuvlar, qonunchilik hamda so'nggi yillardagi huquqni qo'llash amaliyoti tahlili asosida majburiyatni bajarish shartlari, uni tugatish asoslari tahlil qilinadi. Majburiyatni bajarilishini ta'minlash usullariga tavsif beriladi. Darslik oliy o'quv yurtlarining huquqshunoslik mutaxassisligi boʻyicha talabalari, tadqiqotchilar, o'qituvchilar, amaliyot xodimlari va majburiyat huquqiy munosabatlarining huquqiy asoslariga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan. Mazkur darslik Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2026-yil 30-yanvardagi 21-son buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan.
-
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi va Legal Tech
Rustambekov I., Bahramova M.,Ushbu darslik zamonaviy huquqshunoslikda an'anaviy dogmatik yondashuv bilan raqamli texnologiyalar (Sun'iy intellekt, Big Data, Blokcheyn, Legal Tech) metodologiyasini integratsiya qilishga bag'ishlangan. Kitobda ilmiy tadqiqot metodologiyasining nazariy asoslari, umumilmiy va maxsus huquqiy metodlar Lega Tech vositalari yordamida tahlil qilingan. Darslik bo'lajak yuristlar va tadqiqotchilarni huquqiy voqelikni raqamli vositalar yordamida tadqiq qilishga, o'lchashga va prognos qilishga o'rgatishni maqsad qilgan. Darslikni tayyorlash jarayonida, Legal Tech yondashuvining bir qismi sifatida, ilmiy tahlil va sintezni chuqurlashtirish maqsadida Katta Til Modellarining (LLM) ayrim imkoniyatlaridan ham foydalanilgan. Darstä yurisprudensiya yo'nalishida tahsil olayotgan bakalavr, magistrlar va amaliyotchi yuristlar uchun mo'ljallangan. Mazkur darslik Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2023- 22-dekabrdagi 224-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga ola ragami-224-13).
-
Ma'muriy javobgarlik: maxsus qism
Zufarov R., Niyazova S., Hakimov K.,Ushbu darslik yurisprudensiya yo'nalishida ta'lim olayotgan yuridik texnikum o'quvchilariga ljallangan "Ma'muriy javobgarlik" (Maxsus qismi) darsligida fuqarolarning huquq va erkinliklariga tajovuz qiladigan huquqbuzarliklar uchun, saylov va referendumni tashkil etish hamda o'tkazish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun, aholi sog'lig'ini saqlash sohasidagi huquqbuzarliklar uchun, mulkka tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar uchun, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun, sanoatdagi, qurilishdagi va issiqlik hamda elektr energiyasidan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun, qishloq xo'jaligidagi huquqbuzarlik, veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini buzganlik uchun, transportdagi, yo'l xo'jaligi va aloqa sohalaridagi huquqbuzarliklar uchun, fuqarolarning turar joy huquqlariga taalluqli, kommunal xizmat va obodonlashtirish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun, savdo, tadbirkorlik va moliya sohalaridagi huquqbuzarliklar uchun, odil sudlovga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar uchun, jamoat tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar uchun, boshqaruvning belgilangan tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar uchun, tadbirkorlik faoliyatiga to'sqinlik qilganlik, qonunga xilof ravishda aralashganlik hamda xo'jalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qiladigan boshqa huquqbuzarliklar uchun ma'muriy javobgarlik masalalar bayon etilgan. Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2024-yil 28-fevraldagi 37-um-sonli bo'yrug'i bilan nashr etishga ruxsat berilgan.
-
Jinoyat protsessida dalillar va isbotlash
Kadirova M.X., Bozorov M.M.,Mazkur darslikda dalil tushunchasi, turlari, isbot qilish tushunchasi va sub'ektlari, isbotlashda tezkor-qidiruv faoliyati natijalaridan foydalanish, dalillarni to'plash, tekshirish va baholash usullari, sudgacha va sud bosqichida isbot qilish, alohida toifadagi jinoyat ishlarini yuritishda isbot qilish, jinoyat ishini tugatishda isbotlashning o'ziga xos xususiyatlari kabi mavzular yoritilgan. Darslik talabalarga, ilm hamda soha xodimlariga, shuningdek, dalillar va isbotlash muammolariga qiziqadigan keng kitobxonlar jamoasiga mo'ljallangan. Toshkent davlat yuridik universiteti o'quv adabiyotlarni Akademik halollik qo'mitasining 2026-yil 29-yanvardagi 14-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlanga va nashrga tavsiya etilgan.
-
Qiyosiy konstitutsiyaviy huquq: Yur.texn.u-n
Darslikning asosiy mazmuni bevosita konstitutsiyaviy huquq fanining predmeti bilan bog'liq asosiy tamoyillar, institutlar hamda konstitutsiyaviy huquqiy munosabatlar va ularni tartibga soluvchi normalarning huquqiy analiziga keng e'tibor qaratilgan. Mualliflar tomonidan tayyorlangan darslikda qiyosiy konstitutsiyaviy huquq fanining predmeti va metodiari, konstitutsiyaning zamonaviy modellari, shaxsning konstitutsiyaviy huquqiy maqomi, inson huquqlarining konstitutsiyaviy asosları, siyosiy partiyalar va partiyaviy 4 tizim, davlat siyosiy konstitutsiyaviy-huquqiy institut sifatida, davlat boshqaruv shakllarining konstitutsiyaviy modelları, davlat tuzilish shakllarining konstitutsiyaviy modelları, davlat siyosiy rejimining konstitutsiyaviy modellari, saylovlarni konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solish, xorijiy mamlakatlar konstitutsiyasida davlat boshlig'i, qonun chiqaruvchi hokimiyatning konstitutsiyaviy modellari, ijro etuvchi hokimiyatning konstitutsiyaviy modelları, sud hokimiyati va odil sudlovni ta'minlashning konstitutsiyaviy modellari, mahalliy boshqaruv va o'zim o'z boshqarish huquqini ta'minlaslınıng konstitutsiyaviy modellari aks etgan. Mazkur darslik yuridik texnikumlarda huquqshunoslik yo'nalishi bo'yicha tahsil elayotgan talabalar uchun mo'ljallangan. Mazkur darslik Toshkent davlat vuridik universiteti Tadqiqot etikası kengashming 2024- yil 29-martdagi 9-sonli majlis bayonnoması bilan nashega tavsiya etilgan
-
Kriminalistika: II jild
Ushbu darslik O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi Davlat ta'lim standartlariga mos ravishda tayyorlangan. Darslik oddiy, ravon va o'zlashtirish uchun tushunarli tilda yozilgan. Darslikda kriminalistikaning vazifalari, tizimi, metodlari, kriminalistik texnikaning umumiy qoidalari, kriminalistik taktikaning umumiy qoidalari, jinoyatlarni tergov qilish kriminalistik uslubiyati va boshqa boshqarishga oid masalalar yoritilgan. Darslik namunaviy o'quv dasturi asosida tayyorlangan bo'lib, oliy o'quv yurtlari talabalari, aspirantlari, o'qituvchilari, ilmiy xodimlar va mutaxassislar uchun mo'ljallangan.
-
Telekommunikatsiya huquqi
Gulyamov S., Abdixakimov I.,Telekommunikatsiya huquqi" nomli ushbu darslik hozirgi axborot asrida telekommunikatsiya tarmoqlarini yaratish, ulardan foydalanish va xizmat ko'rsatish jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish masalalariga bag'ishlangan muhim manbadir. Kitobda sohadagi davlat siyosatining huquqiy asoslari, bozor ishtirokchilarining (operatorlar, provayderlar va abonentlar) huquqiy maqomi, cheklangan tabiiy resurslar (radiochastota spektri va raqamlash sig'imidan foydalanish tartibi, litsenziyalash, monopoliyaga qarshi kurashish mexanizmlari, shartnomaviy munosabatlar, tarmoqlarning o'zaro (interconnection), Internetni tartibga solish va kiberxavfsizlik masalalari tizimli bog'lanishi o'rganilgan. Darslik Oʻzbekiston Respublikasining tegishli qonunlari hamda Xalqaro Elektraloqa Ittifoqining (ITU) xalqaro-huquqiy hujjatlari qiyosiy-huquqiy tahliliga asoslangan boʻlib, yuridik oliy o'quv yurtlari talabalari, magistrantlar, tadqiqotchilar, shuningdek, telekommunikatsiya sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar va soha xodimlari uchun mo'ljallangan.
-
Davlat va huquq asoslari (Huquq faniga kirish) akad. lits. 1-bosqich talabalari uchun
Ushbu darslik akademik litsey o'quvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda davlat va huquqning kelib chiqishi, mohiyati, asosiy tushunchalari hamda jamiyat hayotidagi o'rni tizimli va izchil yoritilgan. Darslikda mehnat, oila, ekologiya, jinoyat, moliya va protsessual huquq sohalari boʻyicha asosiy masalalar qayd etilgan. Mavzular o'quvchilarning yosh va bilim darajasiga mos, sodda va tushunarli tilda bayon qilingan bo'lib, misollar, savol-topshiriqlar orqali mustahkamlangan. Darslik o'quvchilarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirishga, mustaqil fikrlash va fuqarolik pozitsiyasini rivojlantirishga xizmat qiladi. Mazkur darslik Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2025-yil 26-noyabrdagi 256-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami -256-9).
-
Davlat va huquq asoslari (Huquq faniga kirish) akad. litsey 2-bosqich talabalari uchun
Ushbu darslik akademik litsey o'quvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda davlat va huquqning kelib chiqishi, mohiyati, asosiy tushunchalari hamda jamiyat hayotidagi o'rni tizimli va izchil yoritilgan. Darslikda mehnat, oila, ekologiya, jinoyat, moliya va protsessual huquq sohalari boʻyicha asosiy masalalar qayd etilgan. Mavzular o'quvchilarning yosh va bilim darajasiga mos, sodda va tushunarli tilda bayon qilingan bo'lib, misollar, savol-topshiriqlar orqali mustahkamlangan. Darslik o'quvchilarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirishga, mustaqil fikrlash va fuqarolik pozitsiyasini rivojlantirishga xizmat qiladi. Mazkur darslik Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2025-yil 26-noyabrdagi 256-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami -256-9).
-
Xalqaro tashkilotlar huquqi
Mazkur darslik Xalqaro tashkilotlar huquqi fanini o'rganishga bag'ishlangan bo'lib, unda xalqaro tashkilot, xalqaro tashkilotlar huquqi tushunchalari; xalqaro tashkilotlarning tashkil etilishi va ularning rivojlanish tarixi, xalqaro tashkilotlar tasnifi, huquq subyektliligi va xalqaro huquqiy layoqati, diplomatik huquqi, imtiyoz va immunitetlari; xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xalqaro nohukumat tashkilotlari faoliyatining huquqiy asoslari; universal va mintaqaviy xarakterdagi xalqaro tashkilotlar, mintaqaviy integratsiyaviy birlashmalar faoliyati bilan bog'liq masalalar qamrab olingan. Darslik xalqaro huquq, xalqaro munosabatlar va xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasida faoliyat yurituvchi amaliyotchi mutaxassislar va o'qituvchilar, yuridik oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar va ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar uchun mo'ljallangan. Mazkur darslik Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2025-yil 31-iyuldagi 163-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami-163-14).
-
Jinoyat ishlarida advokatning ishtiroki
Tulaganova G.,Mazkur darslik "Jinoyat protsessida advokatning ishtiroki" moduli doirasida jinoyat ishlarida advokat tomonidan huquqiy yordam ko'rsatishning umumiy asoslari, sudga qadar bosqichda advokatning himoyachi sifatidagi ishtiroki, jinoyat ishlari bo'yicha isbotlash jarayonida himoyachining tutgan o'rni, birinchi instansiya sudlarida himoyachining ishtiroki, sud muhokamasida advokatning himoya nutqi va uning notiqlik mahorati, apellyatsiya instansiyasi sudlarida himoyachining ishtiroki, advokatning jinoyat protsessining boshqa bosqichlaridagi faoliyati, shuningdek advokatning jabrlanuvchi, fuqaroviy da'vogar va fuqaroviy javobgarning vakili sifatidagi ishtiroki, guvoh advokati, alohida toifadagi jinoyat ishlarida advokat ishtirokining xususiyatlari hamda xorijiy mamlakatlar jinoyat protsessida advokat ishtirokining o'ziga xos jihatlariga bag'ishlangan. Darslik yuridik oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat va magistratura bosqichlarida tahsil olayotgan talabalar, shuningdek jinoyat ishlarida advokat faoliyatiga qiziquvchi keng kitobxonlar uchun mo'ljallangan. Mazkur darslik Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2025-yil 26-dekabrdagi 280-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami -280-10).
-
Mehnat huquqi
Darslik O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida o'z aksini topgan yangi institutlar va huquqiy mexanizmlarni inobatga olgan holda yurisprudensiya ta'lim yo'nalishi o'quv dasturiga kiritilgan o'zgartirishlarga mos ravishda tayyorlangan. Mazkur darslikda birinchi marta xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o'ziga xos xususiyatlari, xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish kabi yangi mavzular o'rin olgan. Darslikdan talabalar, o'qituvchilar, ilmiy xodimlar, shuningdek, mehnat qonunchiligi masalalari bilan qiziquvchi kitobxonlar foydalanishlari mumkin. Mazkur darslik Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2024-yil 30-apreldagi 70-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami-70-18).
-
Ingliz huquqi asoslari
Ingliz huquqi bir necha davlatlar huquqiy tizimining eng yaxshi taraflarini jamlab, biznes vakillari uchun o'ta qulay formatga kelgan. Egiluvchanlik, shaffoflik, bashorat qila olish, eng muhimi, tezlik bu tizimning afzal jihatlaridir. Qonunlar biznes manfaatlari uchun xizmat qilishi lozim, ingliz huquqi esa ayni shu imkoniyatni beradi. Mazkur darslik ingliz huquqi sohalarining o'ziga xos xususiyatlari, asosiy tushunchalari va umumiy tamoyillari bilan tanishtiradi. Darslik yordamida talabalar ingliz huquqiga asoslanib hal etilgan tipik ishlarni tahlil qila olish, tadqiqot olib borish va tegishli pretsedentlarga tayangan holda huquqiy dalillar tayyorlash qobiliyatlarini shakllantirishadi, shuningdek, ingliz huquqi asoslarining tabiati, manbalari va asosiy tushunchalari yuzasidan bilimlarga va amaliy-huquqiy ko'nikmalarga ega bo'ladilar. Mazkur darslik Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2025-yil 18-martdagi 61-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami-61-35).