-
Ona tili
Choriyev O.,Ushbu o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseyning 1-bosqich o'quvchilariga mo'ljallangan bo'lib, milliy til, adabiy til, fonetika, grafika, orfoepiya va orfografiya kabi tilshunoslik bo'limlarini qamrab olgan holda o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqlarini yanada takomillashtirish, ularning siyosiy-ijtimoiy soha hamda yurisprudensiya doirasidagi turli matnlarni savodli yoza olish ko'nikmalarini shakllantirishga ko'maklashadi. O'quv qo'llanma bo'lajak huquqshunos mutaxassislar, akademik litseyning 1-bosqich o'quvchilari hamda tilshunoslikka qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan. Mazkur o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2025-yil 7-maydagi 87-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami - 87-01).
-
Zamonaviy yurist uchun legal tech vositalari
Inoyatov N.X.,Mazkur o'quv qo'llanmada Legal Tech tushunchasi va uning zamonaviy yuridik amaliyotdagi o'rni, O'zbekistonda Legal Techning rivojlanish istiqbollari, kriptovalyutalar va raqamli aktivlar hamda blokcheyn texnologiyasining huquqiy tartibga solinishi, kiberxavfsizlik va ma'lumotlarni himoya qilish, saqlash va sinxronlashtirish, shuningdek, Yuridik ma'lumotlar xavfsizligi va mijoz ma'lumotlarini himoya qilish, sun'iy intellektni huquqiy tartibga solish, "machine learning" va bulutli texnologiyalar haqida batafsil ma'lumotlar berilgan. O'quv qo'llanma oliy yuridik o'quv yurtlarining talabalari, tadqiqotchilari, doktorantlari, o'qituvchilari va ushbu sohaga qiziqqan keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan. Mazkur o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2024-yil 27-dekabrdagi 228-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami - 228-9).
-
HR-menejment va biznes modellari
Tuxtasinov N.,"HR-menejment va biznes modellari" o'quv qo'llanmasi zamonaviy biznes muhitida inson resurslarini boshqarishning ahamiyati va uning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o'rnini chuqur tahlil qilishga bag'ishlangan. Unda inson resurslarining rivojlanish strategiyalari, inson kapitalining turlari va uning iqtisodiyot bilan bog'liqligi, shuningdek, tashkilot maqsadlariga erishish yo'lida resurslarni samarali boshqarish va brend boshqaruvi, autsorsingning kompaniyalar uchun asosiy afzalliklari va kamchiliklari kabi mavzular atroflicha bayon etiladi. Mazkur o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2025-yil 31-iyuldagi 163-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami - 163-55).
-
Yuridik terminlar tezaurusidan foydalanish
Rustambekov I., Ramazonov N.,Ushbu o'quv qo'llanmada yuridik terminlarni tezaurus shaklida taqdim etishga doir bilimlar yuridik terminologiya, qonun tili muammolari va ularni bartaraf etish yo'llari, yuridik leksik birliklar (deskriptorlar) hamda ular o'rtasidagi semantik munosabatlar kabi mavzular yoritiladi. Sohaga oid xorijiy tajribalar ko'rib chiqilib, platforma kontenti, dasturiy va multimedia mahsulotlarini yaratish bo'yicha ham ma'lumotlar beriladi. Qo'llanma huquqshunos mutaxassislar, talaba va magistrantlar, amaliyotchi yuristlar hamda yuridik terminlarga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan. Mazkur o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2022-yil 28-dekabrdagi 412-um sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami -412-87).
-
Yuridik shaxslarni to'lovga qobiliyatsiz deb topishning protsessual xususiyatlari: savollar va javoblar
Ibratova F. B.,O'quv qo'llanma iqtisodiy sudlarda yuridik shaxslarni to'lovga qobiliyatsiz deb topishning protsessual xususiyatlari, to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ishni sud muhokamasiga tayyorlash, kuzatuv tushunchasi, to'lovga qobiliyatsizlik ishlar bo'yicha qabul qilingan hal qiluv qarorining mazmuni, bankrotlik ishlari bo'yicha ariza va shikoyatlarni ko'rib chiqish tartibiga oid barcha huquqiy qoidalar tahlil qilingan. Ushbu o'quv qo'llanma yuridik o'quv yurti talabalari, iqtisodiy sud sudyalari, prokuratura xodimlari, advokatlar, shuningdek, keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan. O'quv qo'llanmadan bankrotlik sohasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotgan tadqiqotchilar ham foydalanishi mumkin. Mazkur o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2024-yil 29-avgustdagi 153-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami -153-31).
-
Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar: Buyuk Britaniya misolida
Ibrohimov A.A.,Ushbu o'quv qo'llanmada mualliflik huquqi va turdosh huquqlarga oid Buyuk Britaniya tajribasi, huquq normalari va konsepsiyalar tizimli asosda yoritilgan. Shuningdek, mualliflik huquqi va turdosh huquqlarning asosiy tushunchalari, mualliflik huquqi obyektlari, huquqiy muhofazaga layoqatlilik shartlari, mualliflik va birinchi egalik huquqi, mualliflik huquqi obyektlariga nisbatan amal qiladigan huquqlar, nomulkiy huquqlar, mualliflik huquqining amal qilish muddati, mualliflik huquqining buzilishi va ularni himoya qilish masalalari bayon qilingan. O'quv qo'llanma ta'lim muassasalari talabalari, soha tadqiqotchilari, huquqshunoslar hamda sohaga qiziqish bildiruvchilar uchun mo'ljallangan. Mazkur o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2023-yil 4-iyuldagi 107-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami - 107-47).
-
Iqtisodiy jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish muammolari
Otajonov A.A.,Mazkur o'quv qo'llanma o'zgalar mulkini talon-toroj qilish va unga aloqador jinoyatlarni to'g'ri kvalifikatsiya qilish masalalariga bag'ishlangan. Unda bosqinchilik, tovlamachilik, talonchilik, o'g'rilik, firibgarlik kabi jinoyatlarning huquqiy tahlili, ularning tarkibiy belgilarini aniqlash va bir- biridan farqlash mezonlari yoritilgan. Shuningdek, iqtisodiyot asoslariga qarshi, xo'jalik faoliyati sohasidagi va tadbirkorlik faoliyatiga to'sqinlik bilan bog'liq jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishdagi amaliy muammolar tahlil qilingan. O'quv qo'llanma huquqshunos olimlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, yuridik ta'lim muassasalarining professor-o'qituvchilari, doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari, tinglovchi, kursant va talabalariga mo'ljallangan.
-
Xalqaro xavfsizlik asoslari
Madaminova D. I.,Mazkur o'quv qo'llanmada xavfsizlik tushunchasiga oid qarashlar, xalqaro xavfsizlikni ta'minlash borasidagi yondashuvlar va bu boradagi manfaatlar mutanosibligiga erishish yuzasidan tanqidiy, tahliliy fikrlar keltirilgan, shuningdek, muammoli-siyosiy vaziyatlarni amaliy tahlil qilishning asosiy uslubiy tamoyillari va usullari keltirilgan bo'lib, unda amaliy xalqaro xavfsizlik muammosi bilan bog'liq konseptual modellarni amalda qo'llash bo'yicha asosiy ko'rsatmalar o'rin olgan. Mazkur o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2025-yil 18-martdagi 61-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami - 61-24).
-
-
-
-
-