-
Бола ҳуқуқларини ҳимоя қилиш қилишга оид норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар тўплами
Mualliflar jamoasi,Siyosatshunoslik, -
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
TİHEK Uluslararasi Standartlar Baglaminda Türkiyede Alikonulma Merkezleri ile Koruma Merkezlerinin Durumu Çalıştayi
muallifla jamoasi,Huquqshunoslik, -
-
-
-
Бола ҳуқуқларини ҳимоя қилиш қилишга оид норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар тўплами
Mualliflar jamoasi,Мазкур тўплакм бола ҳуқуқларини таъминлаш ва ҳимоя қилиш соҳасида фаолият олиб борувчи мутахассислар, жумладан, халқ таълими, меҳнат ва аҳолини ижтимоий муҳофаза қилиш, васийлик ва ҳомийлик органлари, вояга етмаганалар ишлари бўйича комиссиялар, судлар ва ҳуқуқни муҳофаза қилувчилар идоралар ходимлари, нодавлат нотижорат ва бошқа ташкилотларнинг вакиллари, шунингдек ўқувчилар, талабалар ҳамда бола ҳуқуқлари масалаларига қизиқувчи барча шахслар учун мўлжалланган
-
Murdalar gapirmaydi
Tohir Malik,"Agronom yigitning suvga cho'kib o'lgani haqidagi ma'lumotni o'qigan boshliq ajablandi: 'Suvga yaqinlashishga qo'rqadigan,suzishni bilmaydigan odam qanday qilib suvga cho'kib ketishi mumkin? Chindan ham baxtsiz hodisami yo...? "Charxpalak" qissasini o'qigan kitobxon shu kabi savollarga javob topadi. Hech qanday zulm jazosiz qolmaydi."Murdalar gapirmaydilar" qissasida ana shu hayot falsafasi haqida fikr yuritiladi.
-
-
Ot kishnagan oqshom
Tog'ay Murod,Tabiat va inson... Tabiat va inson o'rtasida ko'zga ko'rinmas uzviy birlik bor. Ana shu bog'liklik, birlik O'zbekiston xalq yozuvchisi,Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Tog'ay Murod "Ot kishnagan oqshom" qissasida mohirona tasvirlab bergan. Qo'lingizdagi kitob xalqimiz ko'nglidan mustahkam o'rin egallagan,chet tillariga tarjima qilinib,dovruq qozongan mashhur "Ot kishnagan oqshom" qissasidan tashkil topdi. Siz ushbu kitobni qo'lga olib,o'qiy boshlarkansiz,beixtiyor asarda tasvirlangan Ziyodulla kal va ajoyib oti Tarlon bilan birga ko'pkarilarda qatnashasiz,or-nomus, vijdon va mardlik, halollik kabi asl insoniy tuyg'ularga oshno bo'lasiz.
-
-
Sarbadorlar
Muhammad Ali,O'zbekiston xalq yozuvchisi,Davlat mukofoti laureati Muhammad Alining "Sarbadorlar" (1989) tarixiy roman-dilogiyasida xalqimizning XIV asr ikkinchi yarmida Samarqandda yuz bergan sarbadorlar xalq ozodlik harakati bilan bog'liq voqealar qalamga olingan.Dilogiyada Abu Bakr Kalaviy,Xo'rdak Buxoriy,Mavlonzoda, Amir Temur,Amir Husayn singari tarixiy shaxslar ishtirok etadi. Unda o'zbek prozasida ilk marta Sohibqiron Amir Temur obrazi yaratilgani diqqatga sazovordir.Asar shirali til bilan yozilgan, katta qiziqish bilan o'qiladi.
-
Машҳур даҳола сийрати
Азизхўжа Иноятов,Машҳур аллома Шамсиддин Заҳабий қатор асарлари билан Ислом оламида донг таратганлар. Булар орасида у зотнинг минглаб муҳаддис, муваққиҳ, муарриху муфассирлар тўғрисида қимматбаҳо маьлумот берилган бир неча жилддан иборат "Сияру аьламин нубало" китоблари алоҳида аҳамиятга эга.
-
-
Yur,tog'larga ketamiz
Shukur Xolmirzayev,"Yur tog'larga ketamiz" qissasi ana shunday epigraf hamda Saroytosh qishlog'ining go'zal ta'rifi bilan boshlanadi. Qissa qahramoni qorong'i bostirmadan topib olgan kuchukbolaga(aslida, u oddiy kuchukbola emas,bo'ri bilan itning orasida tug'ilgan)Qoraboy deb ism qo'yadi.Shu kundan e'tiboran uning hayoti qiziqarli voqealar bilan boyib boradi. Bag'rikeng tog'liklarning hammasi hamnegadir Qoraboyga nisbatan yaxshi munosabatda bo'lmaydilar,uni odamlar orasidan yo'qotishga urinadilar. Ammo asar qahramoni sodiq do'stini harchand himoya qilmasin,ko'pchilikka bas kelolmaydi.Alaloqibat,odamlardan zulm ko'rgan Qoraboy ularga zulm bilan javob qaytaradi.Natijada esa "Hayvonot bog'i"ga badarg'a qilinadi.Ammo o'rtada allaqachon ildiz otgan sadoqat rishtasi,mehr-muhabbat tuyg'usi do'stlarni qayta diydor ko'rishtiradi. Tog'lar esa yana ularni qarshi olmoqqa shay turadi...
-
Ikki eshik orasi
O'tkir Hoshimov,E'tiboringizga havola etilayotgan mazkur kitob O'tkir Hoshimov asarlari ichida qamrovi, o'quvchi qalbiga yaqinligi bilan alohida ahamiyatga ega. Unda adib qariyb qirq yillik davrni o'z ichiga olgan,bir qancha chigal va murakkab taqdirlar misolida o'z xalqining urush davrida boshdan kechirgan hayoti,qismati haqida mahorat bilan qalam tebratgan. Zamon va davr qanday sharoitda kechishidan qat'i nazar insoniy qadr-qimmat tushunchalarini saqlab qolgan,taqdirini el-yurti,xalqi,Vatani taqdiri bilan bog'lagan,farzandidan ayrilganida ham qalbiga quvonch baxsh etishi mumkin bo'lgan boshqa sababni o'zi uchun yarata olgan,hayotini sevgi-muhabbat tuyg'ulari bilan bezamoqchi bo'lgan holda urush hukmiga tobe bo'lib qolgan insonlar qismatini ifodalovchi ushbu asar mutolaasidan so'ng bugungi o'tayotgan tinch-omon hayotingiz,farzandlaringiz baxti uchun shukrona aytasiz.Asar aynan shu jihati bilan qalbalrga yaqin.
-
-
Маьнавий Маснавий (биринчи китоб)
Жалолиддин Румий,Мавлоно Жалолиддин Румий ҳазратларининг "Маьнавий маснавий" асари етти асрдан буён Шарқ тафаккури ва бадиийкалом мухлисларини ўзига мафтун этиб келмоқда. Ушбу тенгсиз адабий обида ҳар бир имон эгасини Ҳақ ва ҳақиқат сари юксалтирувчи руҳий-қалбий нарвондир.
-
-
Tushda kechgan umrlar
O'tkir Hoshimov,O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentyabrdagi "Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish,kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ib qilish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to'g'risida"gi qarorida yosh avlodning ma'naviy -intelektual salohiyati, ong-u tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda,ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg'usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo'lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e'tibor qaratilgan.Ulug' adib,O'zbekiston xalq yozuvchisi O'tkir Hoshimovning "Tushda kechgan umrlar"romanini mutolaa qilgan yosh kitobxonlarning ma'naviy olami shunga yarasha bo'ladi.Ushbu nashrning o'ziga xos jihatlaridan biri shundaki,bu nashri hozirgi o'zbek tilining imlo qoidalariga to'liq moslangan shaklda berildi.
-
So'z chamani
Halima Xudoyberdiyeva,O'zbek xalqining ardoqli farzandi, O'zbekiston xalq shoirasi Hailma Xudoyberdiyeva nima bitgan bo'lsa yurak qoni bilan,To'maris momolarga xos jasorat,shijoat bilan,Zebunniso, Nodirabegimlar kabi nafosat bilan yozgan.Ishonamiz,shoiraning ushbu kitobga kiritilgan she'rlari qalbingizga dilbar tuyg'ularni armug'on etadi.
-
-
O'zbegim
Erkin Vohidov,Ushbu to'plam o'zbek adabiyotining zabardast vakili,O'zbekiston xalq shoiri,O'zbekiston qahramoni Erkin Vohidovning she'r,doston,hajviya,muxammas va tarjimalaidan tarkib topdi. Erkin Vohidov qalamiga mansub bir asarning she'rlarini saralashga hojat yo'q: qaysi satrini o'qimang,kitobga kiritgingiz,mutolaaga kirishgan o'quvchiga xoh katta yoshli,xoh bugungi davr farzandi bo'lsin, shoir ijodini taqdim etgingiz, she'rlar zamiridagi faqat so'z san'atkorigagina xos bo'lgan haqiqatlardan boxabar etgingiz keladi."O'zbegim" nomi bilan nashr etilayotgan ushbu she'riy to'plam ham adabiyot ixlosmandlariga manzur bo'lishiga ishonamiz.
-
-
Avlodlar dovoni
Primqul Qodirov,O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentyabrdagi "Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish,kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ib qilish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to'g'risida"gi qarorida yosh avlodning ma'naviy -intelektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda,ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg'usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo'lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e'tibor qaratilgan.Ulug' adib,O'zbekiston xalq yozuvchisi Primqul Qodirovning "Avlodlar dovoni "romanini mutolaa qilgan yosh kitobxonlarning ma'naviy olami shunga yarasha bo'ladi.Ushbu nashrning o'ziga xos jihatlaridan biri shundaki,unda bugungi yosh kitobxonlarga ayrim so'z hamda iboralr yanada tushunarli bo'lmog'i uchun tegishli va zarur izohlar ham berilgan.