-
Yulduzli tunlar
Primqul Qodirov,O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentyabrdagi "Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish,kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ib qilish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to'g'risida"gi qarorida yosh avlodning ma'naviy -intelektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda,ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg'usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo'lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e'tibor qaratilgan.Ulug' adib,O'zbekiston xalq yozuvchisi Primqul Qodirovning"Yulduzli tunlar"romanini mutolaa qilgan yosh kitobxonlarning ma'naviy olami shunga yarasha bo'ladi.Ushbu nashrning o'ziga xos jihatlaridan biri shundaki,unda bugungi yosh kitobxonlarga ayrim so'z hamda iboralr yanada tushunarli bo'lmog'i uchun tegishli va zarur izohlar ham berilgan.
-
-
Mirzo Ulug'bek
Maqsud Shayxzoda,Maqsud Shayxzoda "Mirzo Ulug'bek" asarida Ulug'bekni "inson-olim- davlat arbobi" sifatida aks ettirishga intilgan.Ammo buning o'zi ham oson ijodiyish emas edi. Shubhasiz,Ulug'bek fojiasini keltirib chiqargan bu hayotiy masalalarni o'zaro aloqada va uzviy bog'liqlikda tasvirlash Shayxzodadan katta mahorat talab etdi. Mirzo Ulug'bekning ham inson, ham olim,ham davlat arbobi sifatidagi obrazini badiiy mujassamlashtirish uchun ko'plab personajlarni asar to'qimasiga olib kirdi va bu personajlar harakat etajak syujet chiziqlarini ishlab chiqdi. Bunday personajlar tarixiy voqelikning o'zida serob bo'lishiga qaramay, dramaturg ularni saralab ola bildi va shu bilan birga badiiy to'qimadan ongli ravishda foydalanib,ya'ni to'qima qahramonlar obrazini asarga dadil jalb eta oldi.
-
-
Kecha va kunduz
Abdulhamid Cho'lpon,Abdulhamid Sulaymon o'g'li Cho'lpon (1898-1938)-shoir,yozuvchi,dramaturg,tarjimon va jamoat arbobi."Sadoi Turkiston","Darxon", "Yangi Sharq", "Ishtirokiyun", "Buxoro axbori" gazetalari va "Mushtum", "Guliston" kabi jurnallarda faoliyat yuritgan."Ilmiy kengash", "Chig'atoy gurungi", "Nashri maorif" tashkilotlari va "Turon" teatrida adabiy, ilmiy-ma'rifiy ishlar bilan shug'ullangan.Uning "O'zbek yosh shoirlari', "Uyg'onish" (1922),"Buloqlar"(1923), "Tong sirlari" (1926) va "Soz" (1935) to'plamlari;"Oydin kechalarda", "Qor qo'ynida lola", "Novvoy qiz", "Qurboni jaholat", "Do'xtir Muhammadyor singari hikoyalari", "Yo'l esdaligi", "Vayronalar orasidan", "Adabiyot nadir?" kabi ocherk va maqolalari; "Temirchi","Gunoh", "Cho'rining isyoni", "Yorqinoy", "Xalil farang","O'ldiruvchi" (1921), "Sevgi va saltanat", "Cho'pon sevgisi"(1922), "Yana uylanaman","Qorovul uyqusi" kabi sahna asarlari va "Kecha va kunduz" romani mavjud.Cho'lpon "Malikai Turondot" (K.Gotstsi),"Tergovchi" (N.V.Gogol), "Labbay", "Xasis( Moler) kabi asarlarni tarjima qilgan.Cho'lponga Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti (1991) va "Mustaqillik" ordeni (1999) berilgan.
-
-
Mehrobdan chayon
Abdulla Qodiriy,O'zbek romanchiligi va hayotiy hikoyalar janrining asoschisi, buyuk ustozimiz-Abdulla Qodiriy(1894-1938-yillar) XX asr o'zbek adabiyotining buyuk darg'alaridan biri bo'lgan. A.Qodiriy dastlabki ta'limni musulmon maktabi,rus-tuzem maktabida,abulqosim shayx madrasasida olgan.1925-1926-yillarda moskvadagi adabiyot kursida ta'lim olgan. Uning dastlabki ijodlari "Samarqand","Oina",'Sadoi Turkiston" gazetalari va o'zi tashkil etgan "Mushtum" jurnalida e'lon qilingan. A.Qodiriyning "To'y","Ahvolimiz", "Millatimga", "Fikr aylagil" kabi she'rlari;"Baxtsiz kuyov" dramasi,"Juvonboz","Uloqda"(1916-yil),"Kalvak Maxzumning xotira daftaridan", "Toshpo'lat tajang nima deydi?"(1920) kabi hikoyalari;"O'tkan kunlar" (1924-1926),"Mehrobdan chayon" (1929) romanlari,"Obid ketmon"(1934) qissasi hozirgi vaqtda ham sevib o'qiladi.Shuningdek,N.V.Gogolning "Uylanish"(1935-yil),A.P.Chexovning "Olchazor"(1936-yil) asarlarini ona tilimizga mahorat bilan tarjima qilgan. 1937-yil 31-dekabrda "xalq dushmani"sifatida qamoqqa olinib,1938-yil 4-oktyabrda o'limga mahkum qilingan.Yozuvchining o'zi va asarlari 1956-yildan boshlab oqlangan. Abdulla Qodiriy Alisher Navoiy nomidagi Respublika Davlat mukofoti laureati (1991-yil), "Mustaqillik"ordeni bilan taqdirlangan (1994-yil)
-
-
-
-
-
-
-
Қўрқинчли теҳрон
Мушфиқ Қозимий,Мазкур китоб икки китобдан ибора бўлиб, унда ўтган аср бошларидаги воқеалар валамга олинди. Орадан йиллар ўтган бўлса-да, ундаги ғоялар, ўлмас туйўулар, орзулар ва армонлар занжири ўз аҳамиятини йўқотмаган. Бош қаҳрамон Фаруҳнинг эзгулик ва жаҳолат, нафс йулидаги свргузаштлари ва Маҳинга бўлган соф мухаббати икки романни бир биригаузвий боғлаб турувчи умумий сюжет чизиғини ташкил этади. "Қўрқинчли Теҳрон" дунё адабиёти ҳазинасидан ўрин олган асарлар сирасига киради. Мушфиқ Қозимий қаламига мансуб ушбу асар оламига ошуфта ббўлинг, азиз китобхон.
-
Yuridik amaliyotda AKTni qo‘llash
M.S.Yunusova , E.T.Mannapova,Ushbu darslik infarmatikaning tarkibiy qismi bo‘lgan kompyuterning texnik va dasturiy ta'minotining amaliy mashg‘ulotlariga bag‘ishlangan
-
O'tkan kunlar
Abdulla Qodiriy,O'zbek romanchiligi va hayotiy hikoyalar janrining asoschisi, buyuk ustozimiz-Abdulla Qodiriy(1894-1938-yillar) XX asr o'zbek adabiyotining buyuk darg'alaridan biri bo'lgan. A.Qodiriy dastlabki ta'limni musulmon maktabi,rus-tuzem maktabida,abulqosim shayx madrasasida olgan.1925-1926-yillarda moskvadagi adabiyot kursida ta'lim olgan. Uning dastlabki ijodlari "Samarqand","Oina",'Sadoi Turkiston" gazetalari va o'zi tashkil etgan "Mushtum" jurnalida e'lon qilingan. A.Qodiriyning "To'y","Ahvolimiz", "Millatimga", "Fikr aylagil" kabi she'rlari;"Baxtsiz kuyov" dramasi,"Juvonboz","Uloqda"(1916-yil),"Kalvak Maxzumning xotira daftaridan", "Toshpo'lat tajang nima deydi?"(1920) kabi hikoyalari;"O'tkan kunlar" (1924-1926),"Mehrobdan chayon" (1929) romanlari,"Obid ketmon"(1934) qissasi hozirgi vaqtda ham sevib o'qiladi.Shuningdek,N.V.Gogolning "Uylanish"(1935-yil),A.P.Chexovning "Olchazor"(1936-yil) asarlarini ona tilimizga mahorat bilan tarjima qilgan. 1937-yil 31-dekabrda "xalq dushmani"sifatida qamoqqa olinib,1938-yil 4-oktyabrda o'limga mahkum qilingan.Yozuvchining o'zi va asarlari 1956-yildan boshlab oqlangan. Abdulla Qodiriy Alisher Navoiy nomidagi Respublika Davlat mukofoti laureati (1991-yil), "Mustaqillik"ordeni bilan taqdirlangan (1994-yil)
-
Boburnoma
Zahiriddin Muhammad Bobur,"Boburnoma"-o'zbek mumtoz adabiyotining bebaho asarlar qatoridan o'rin egallab turgan asar sifatida e'irof etiladi.Unda Markaziy Osiyo,Afg'oniston,Hindiston va Eron xalqlari tarixi,jug'rofiyasiga oid qimmatli ma'lumotlar o'rin egallagan.Asarning o'sha davr o'zbek adabiy tilining yorqin namunasi sifatidagi qadri,qimmati hamon o'z ahamiyatini yo'qotmagan.
-
-
-
Chinor
Asqad Muxtor,Asqad Muxtorning bu romani sharq adabiy an'analarini eslatuvchi yangi bir shaklda yozilgan.Chinorning azim shoxlariday har tomonga tarvaqaylab ketgan qissalar jonli voqelikni aks ettirsa,uning teran ildizlari- hikoyatlar yaqin o'tmish haqida,rivoyatlar esa pildirab uchgan yaproqlar singari yengil,ular badiiy tafakkur qanotida qadim afsonalarga borib tutashadilar... Bularning hammasi ham bir o'zbek oilasi haqida.Bu oila katta,qadimiy,madaniy,mehnatkash va shu ma'noda "tagli-zotli".Uning har bir a'zosi xalq hayotida ma'lum bir mas'uliyatli yukni o'z zimmasiga olgan.Jonajon tuproqqa chuqur tomir yoygan,baquvvat va qadimiy Chinor mangulik ramzi,xalqimiz timsolidir. Oila boshi Ochil buvaning safari bilan shartli ravishda o'zaro bog'langan qissalarning har biri mustaqil axloqiy-estetik fikrni ilgari suradi.Hikoyatlar va rivoyatlar esa bu fikrni quvvatlab,yanada mustahkamlaydi.