-
Kichkina shahzoda
Antuan de Sent-Ekzyuperi,Antuan de Sent-Ekzyuperi-XX asr fransuz adabiyotining yirik namoyandalaridan biri, mohir uchuvchi,shoir va yozuvchi,yosh-u qarining sevimli asari 'Kichkina shahzoda"ning muallifi. "Uchuvchi"(1926),"Janubga xat" (1929),"Tungi parvoz" (1931), "Bashar sayyorasi"(1939), "Harbiy uchuvchi" (1942),"Istehkom" (1948),"Yoshlik maktublari" (1953) kabia sarlar Antuan de Sent-Ekzyuperining qalamiga mansubdir. Antuan de Sent-Ekzyuperining asarlari dunyoning 200 tiliga tarjima qilingan.Jumladan,uning "Kichkina shahzoda" asari Xayriddin Sultonov tomonidan va " Istehkom" qissasidan parcha Abdug'opir Qosimov tomonidan o'zbek tiliga tarjima qilingan. Ushbu kitob Antuan de Sent-Ekzyuperining o'zbek tilida chop etilayotgan yangi to'plamidir. Asar keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
-
-
-
-
-
O'nta negr bolasi
Agata Kristi,Agata Kristi nomini alohida tanishtirihga hojat yo'q.Adabiyot ahli tomonidan haqli ravishda dedektiv janrining yetakchilaridan biri sifatida tan olingan.Uning mazkur asarida ham kitobxon sirli va qiziqarli olamga sayohat qilishi muqarrar.Muallifning o'zi aynan shu asarini eng yaxshisi deya e'tirof etgani ham bejis emas. Ushbu asarda bir-biriga hech qanday aloqador bo'lmagan o'nta odam xilvat oroldagi uyga keladi.Sirli taklifnoma bilan ularni bu yerga kim chaqirdi? Yaxshi dedektiv ixlosmandlarining yuragi darrov shuv etib ketadigan manzara.Dunyodan ajrab qolgan bo'm-bo'sh orol,ko'p xonali,zimiston yo'lakli katta sirli uy va Zanjilar orolining sohibi taklifiga ko'ra uyga kelgan o'nta mutlaqo notanish, bir-biriga o'xshamagan o'nta odam.Bu yerda ularni qulay shart-sharoitlar, mazali taom va shinam yotoqxonalar kutib turibdi.Lekin havas qilgudek mehmondo'stlik tez orada sarobga aylanib, mehmonlar savdoyi qotil turgan tuzoqqa tushib qolgani ma'lum bo'ladi.Ular orolning toshloq zaminiga qadam qo'ygan zahoti tuzoq yopilgan.Oroldan qochishning iloji yo'q.Barchani shubha-gumon chulg'ab olgan.Cheharalarda ajal soyasi.Qo'rquv va dahshat .Faqatgina bolalar sanoq she'ri va mitti negr bolalari tugashi bilan bu dahshatli o'yinga ham xotima yasaladi.Biroq nega? Ularni birin-ketin eng g'ayrioddiy yo'llar bilan o'ldirish kimga kerak? Nima uchun sodir bo'layotgan voqealarning bari quvnoq bolalar she'ri bilan chambarchas bog'liq? Nahotki bu jumboqning yechimi topilmasa, nahotki hammasi o'limga mahkum bo'lsa? Lekin nima uchun? Ular rostdan ham aybdormi?
-
-
-
-
Xamsa
Alisher Navoiy,Mazkur kitobda Alisher Navoiy "Xamsa"sidagi barcha dostonlarning mazmuni bayon gilingan.
-
-
Chol va dengiz
Ernest Xeminguey,Ushbu kitobga dunyo miqyosida mashhur adib,"Nobel" mukofoti sovrindori E.Xemingueyning eng sara asarlari kiritilgan. 'Chol va dengiz" qissasida insonning ulug'ligi,undagi iroda va matonat,oqillik va azm-u qaroridan og'ishmaslik o'zgacha talqinda aks etgan. "Alvido,qurol' romani esa qahramonlarning fikr-xayollari,kechmishlari urushning insoniyat boshiga solgan mudhish kulfatlari haqida o'ylashga, tinchlikning qadriga yetishga chorlaydi. Serqirra ijodkorning millionlab nusxalarda chop etilgan asarlarini mutolaa qilishga shoshiling, aziz kitobxon.
-
xodimlar bo‘yicha ish yuritish
G.K.Sarimsoqova, B.D.Raximberganova,Darslikda xodimlar bo‘yicha ish yuritish tartibi,usullari va vositalari kadrlar bo‘limining faoliyati,kadrlar bo‘limi xodimlarining vazifa va funksiyalari korxona muassasa tashkilotlarda xodimlar bo‘uicha ish yuritishni tartibga solishga qaratilgan turli masalalar yoritilgan
-
-
Choliqushi
Rashod Nuri Guntekin,Ayolning iztiroblari, ayolning og'riqlari,ayolning og'ir o'y-kechinmalari... Ularning tugal yechimi bormi? Uni qanday muammo doimo qiynoqqa soladi? U nimadan tasalli topadi? Bu savollarning javobi bitta, u-muhabbatdir! Muhabbat mavzusiga bag'ishlangan asarlarni millati va dinidan,yoshidan qat'i nazar, barcha birdek sevib, ko'ziga yosh olib,qahramoni taqdiriga o'zini hamdard qilib o'qiydi.Rashod Nuri Guntekinning ushbu mashhur "Choliqushi" asarini ham xuddi shunday hissiyot bilan qo'lga olasiz. Unda bu tuyg'u o'zining butun qudratini birgina ojiza choliqushi timsolida yaqqol gavdalantirib beradi.
-
-
-
-
Konstitutsiyaviy huquq
B.T.Musayev, K.R.Aliyeva, B.A.Norimonov,Konstitutsiyaviy huquq bo‘yicha darslik yuridik kollejlarning talabalari uchun mo‘ljallangan ta'lim standartlari asosida yaratilgan.Darslikda Konstitutsiyaviy huquq fani prtedmeti doirasiga kiruvchi mavzular yoritilgan