-
Prokuror nazorati
Mualliflar jamoasi,Ushbu darslikda prokuror nazoratining rivojlanish tarixi, huquqiy asoslari, tushun- chasi, tizimi, prinsiplari, fuqarolik, iqtisodiy, ma'muriy va jinoiy sud ishlarini yuritishda prokuror ishtiroki, prokuror nazorat hujjat- lari, prokuratura organlarining xalqaro ham- korligi, xorijiy davlatlarda prokuratura or- ganlarining huquqiy maqomi kabi masalalar, shuningdek har bir mavzuga oid kazuslar, nazorat uchun savollar o'rin olgan. Darslik bakalavriat ta'lim yo'nalishi talabalari, ilmiy tadqiqotchilar, professor- o'qituvchilar, sud, prokuratura va huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar xodim- lari, shuningdek keng kitobxonlar ommasiga moʻljallangan.
-
Konstitutsiyaviy huquq
Husanov O.T,Mazkur Konstitutsiyaviy huquq fani bo'yicha darslik oliy yuridik o'quv yurtlarining bakalavr bosqichi ta'lim standartlari asosida yaratilgan. Darslikda Konstitutsiyaviy huquq fani predmeti doirasiga kiruvchi mavzular yoritilgan. Darslikning tuzilishi (tizimi) O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi tuzilishiga mos keladi. Unda 2023-yil 30-aprel kuni o'tkazilgan O'zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan barcha o'zgartirish va qo'shimchalar e'tiborga olingan. Darslik oliy o'quv yurti talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, undan boshqalar ham Konstitutsiyani o'rganishda foydalanishlari mumkin.
-
Iqtisodiy protsessual huquq
Mualliflar jamoasi,Ushbu darslikda iqtisodiy protsessual huquq va iqtisodiy ishlarning taalluqliligi va sudlovga tegishliligi, iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchilari, iqtisodiy protsessda isbotlash va dalillar, da'vo, sud xarajatlari, protsessual muddatlar, iqtisodiy ishni qo'zg'atish, tayyorlash va sudda muhokama qilish, birinchi instansiya sudining qarorlari, buyruq tartibida ish yuritish, soddalashtirilgan tartibda ish yuritish, alohida tartibda ish yuritish, korporativ nizolar boʻyicha ish yuritish, huquqiy ta'sir choralarini qoʻllash to'g'risidagi ishlarni yuritish, hakamlik sudining hal qiluv qarorlari bilan bog'liq ishlarni yuritish, iqtisodiy protsessda chet el shaxslarning ishtiroki, sud hujjatlarini qayta ko'rish, sud hujjatlarining ijrosi, shuningdek, har bir mavzuga oid kazuslar, nazorat savollari o'rin olgan. Darslik bakalavriat ta'lim yo'nalishi talabalari, tadqiqotchilar, shuningdek, keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar. Advokatura
Mualliflar jamoasi,Darslik Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar. Advokatura» fani boʻyicha o'quv dasturiga muvofiq O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va zamonaviy adabiyot tahlili asosida tayyorlangan. Darslikda «Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar. Advokatura>> fanining predmeti, asosiy tushunchalari va tizimi; O'zbekiston Respublikasida sud hokimiyatining tashkil etilishi; O'zbekiston Respublikasi sud tizimi; O'zbekiston Respublikasi prokuratura organlari; O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari; O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi; O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati; O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati; Adliya organlari; Bojxona va soliq organlari; Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi; O'zbekiston Respublikasida advo- katlik faoliyatining tashkiliy-huquqiy asos- lari, advokatning kasbiy etikasi, advokatning umumyurisdiksiya sudlaridagi ishtiroki; shuningdek, xorijiy mamlakatlarda sudlov va huquqni muhofaza qilish faoliyatining tashkil etilishi kabi masalalar ochib berilgan.
-
Inson huquqi
Mualliflar jamoasi,Ushbu darslikda Inson huquqi fanining predmeti va tizimi, inson huquqi manbalari, inson huquqi bo'yicha xalqaro institutlar, inson huquqi bo'yicha milliy institutlar, inson huquqi sohasida xalqaro andoza (standart)lar, mahkumlarning, qochoqlarning, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmaganlarning huquqiy holati, odam savdosiga qarshi kurashning huquqiy masalalari, insonning sha'ni va qadr-qimmati daxlsizligi, inson shaxsiy hayotining daxlsizligi, shaxsiy va oilaviy sirga ega bo'lish, o'z sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilish huquqi, inson huquqini buzganlik uchun yuridik javobgarlik, insonning yashash, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik, erkin ko'chib yurish, so'z va fikrlash erkinligi, fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish, fuqarolarning davlat xizmatiga kirish, insonning malakali yuridik yordam olish, vijdon erkinligi, mitinglar, yig'ilishlar va namoyishlar o'tkazish, murojaat qilish huquqlari, davlat va jamiyat oldidagi burchlari kabi mavzular yoritilgan. Darslik professor-o'qituvchilar, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari, oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan.
-
Fuqarolik huquqi
Topildiyev V.R,Ushbu darslikda fuqarolik huquqi tushunchasi, predmeti, tizimi va manbalari, fuqarolik huquqining subyektlari va obyektlari, fuqarolik huquqida bitimlar, vakillik va ishonchnoma, muddatlar va da'vo muddatlari, mulk huquqi, mulk huquqining vujudga kelish va bekor bo'lish asoslari, mulk huquqining asosiy tamoyillari, mulk shakllari, ashyoviy huquq va uning turlari, xususiy va ommaviy mulk huquqi, mulk huquqini himoya qilish, majburiyat huquqi, majburiyatlarning vujudga kelishi, majburiyat subyektlari va obyektlari, majburiyatlarning bajarilishini ta'minlash usullari, majburiyatlarning bekor bo'lishi, shartnoma huquqi, shartnomalarning turlari, shartnomalarni tuzish va bekor qilish bilan bog'liq masalalar amaldagi qonunchilik asosida yoritib berilgan.
-
Jinoyat huquqi
Ochilov X.R,Ushbu o'quv qo'llanma «Jinoyat huquqi» (Umumiy qism) o'quv kursining dasturi asosida tayyorlangan bo'lib, qo'llanmada jinoyat qonuni prinsiplari, jinoyat tushun- chasi va uning belgilari, jinoiy javobgarlik va uning asoslari, jinoyat tarkibi va uning elementlari, tamom bo'lmagan jinoyatlar, ishtirokchilik, bir qancha jinoyat sodir etish, qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar, jazo tushunchasi, maqsadi va uning turlari, jazo tayinlash, javobgarlikdan va jazodan ozod qilish, voyaga yetmaganlar javobgarligi hamda tibbiy yo'sindagi majbur- lov choralarini qo'llash kabi masalalarni o'z ichiga qamrab oladi. n. i Ushbu o'quv qo'llanma Jinoyat huquqi Umumiy qismi boʻyicha kerakli ma'lumot- larni olishga, oliy yuridik o'quv yurtlarining professor o'qituvchilariga dars jarayonlarini tashkil etishga, talabalarning o'quv mash- g'ulotlar va imtihonlarga, amaliyotga tay- yorgarlik ko'rishida yordam beradi. O'quv qo'llanma oliy o'quv yurtlarining bakalavr va magistratura talabalariga qo'l- lanma sifatida tavsiya etiladi. Ushbu o'quv qo'llanma amaldagi Jinoyat kodeksining 2022-yil may oyigacha bo'lgan holatiga koʻra yozilgan.
-
Rim huquqi
Topildiyev B.R,Ushbu o'quv qo'llanmada Rim huquqi tushunchasi va uning predmeti, tizimi va manbalari, huquqni himoya qilish shakllari, shaxslar tushunchasi, oilaviy- huquqiy munosabatlar, ashyoviy va mulkiy huquqlar, majburiyat huquqi tushunchasi va majburiyatlarning alohida turlari, vorislik huquqi kabi masalalar yoritib berilgan. O'quv qo'llanma oliy o'quv yurtlarining huquqshunoslik mutaxassisligi talabalariga moʻljallangan.
-
Теория государства и права
Сайдуллаев Ш.А,Данный учебник подготовлен по модулю «Теория государства и права», в нем в соответствии с учебной программой модуля нашли свое отражение темы и ответы по соответствующей тематике, таблицы, проблемные вопросы, а также список рекомендованной литературы. Учебник предназначен для студентов бакалавриата высших юридических учебных заведений, а также широкого круга читателей интересующихся вопросами государства и права.
-
Криминалистика
коллективны авторов,Настоящий учебник предназначен для подготовки студентов бакалавриата к будущей практической работе по профильной специальности «Уголовно-правовая деятельность», а также содержит в себе информацию, полезную для лиц, изучающих другие сферы юриспруденции. В соответствии с учебной программой в учебнике отражены основные положения и последние достижения криминалистики. Текст обогащен иллюстрациями, схемами и ситуационными задачами. Учебник предназначен для студентов и магистрантов юридических вузов, а также работников правоохранительных органов, адвокатов и исследователей.
-
Iqtisodiyot nazariyasi
O'lmasov A. , Vahobov A,Mazkur darslik bakalavrlarga mo'ljallangan asosiy kurs tarzida yozilgan bo'lib, bo'lg'usi mutaxassislarga kasb-korining qanday bo'lishidan qat'iy nazar o'z faoliyatining iqtisodiy natijalarini bilishlariga, iqtisodiy hodisalar mohiyatini tushu- nish, sir-asrorlarini idrok etishlariga yaqindan yordam beradi. Shuningdek, «Iqtisodiyot nazariyasi» beradigan funda- mental bilimlar bozor iqtisodiyoti sharoitida yashash va ishlash uchun unda yuz beradigan o'zgarishlarni anglab, ularga mos- lashib borishga xizmat qiladi.
-
Процессуальные акты по гражданским делам
каллективны авторы,Учебник подготовлен в соответствии с государственным образовательным стандартом и учебной программой по дисциплине «Процессуальные акты по гражданским делам». В учебнике представлены основные аспекты процессуальных актов по гражданским делам, образцы актов из судебной практики, вопросы для самоконтроля по каждой теме и список рекомендованной литературы. Данный учебник рассчитан для студентов юридических вузов. практических и научных работников, а также широкого круга читателей.
-
Практикум по культуре речи юриста
Бердиева М.А,В учебном пособии представлен теоретический и практический материал для формирования профессиональных речевых навыков студентов, обучающихся в юридических вузах, а также возможность дальнейшего использования сформированных навыков B профессиональной деятельности. В пособии представлены письменная и устная формы юридической речи, специфика функционирования различных стилей речи в юридической науке, практике и другие аспекты языка и права. Данное учебное пособие рекомендуется для студентов, магистрантов, исследователей и преподавателей юридических вузов, факультетов, иных учебных заведений, специализирующихся в области права, юристовпрактиков», а также для тех, кто интересуется проблемами права и языка.
-
Fuqarolik ishlari bo'yicha protessual hujjatlar
Mualliflar jamoasi,Mazkur o'quv qo'llanmada fuqarolik sud ishlarini yuritishga oid protsessual hujjatlar, ularning turlari va rasmiylashtirish tartibi, shuningdek, har bir mavzuga oid asosiy tushunchalar, nazorat uchun savollar va topshiriqlar, kazuslar, protsessual hujjatlardan namunalar o'rin olgan. O'quv qo'llanma bakalavriat ta'lim yo'nalishi talabalari, magistratura talabalari, ilmiy tadqiqotchilar, professor-o'qituvchilar, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, shuningdek keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
Рим ҳуқуқи
Mualliflar jamoasi,Ушбу дарсликда Рим ҳуқуқи тушунчаси, предмети, тизими ва ман балари, ҳуқуқни ҳимоя қилиш шакллари, шахслар тушунчаси, оилавий ҳуқуқий муносабатлар, ашёвий ва мулкий ҳуқуқлар, мажбурият ҳуқуқи тушунчаси ва мажбуриятларнинг алоҳида турлари, ворислик ҳуқуқи ма- салалари ёритиб берилган. Дарслик олий ўқув юртларининг ҳуқуқшунослик мутахассислиги та- лабаларига, тадқиқотчилар ва докторантларга мўлжалланган.
-
Рим ҳуқуқи
Топилдиев В.Р,Ушбу дарсликда Рим ҳуқуқи тушунчаси, предмети, тизими ва ман балари, ҳуқуқни ҳимоя қилиш шакллари, шахслар тушунчаси, оилавий ҳуқуқий муносабатлар, ашёвий ва мулкий ҳуқуқлар, мажбурият ҳуқуқи тушунчаси ва мажбуриятларнинг алоҳида турлари, ворислик ҳуқуқи ма- салалари ёритиб берилган. Дарслик олий ўқув юртларининг ҳуқуқшунослик мутахассислиги та- лабаларига, тадқиқотчилар ва докторантларга мўлжалланган.
-
Tizimli tahlil asoslari
Xydaynazarov A,Mazkur darslikda tizimlar nazariyasi va tizimli tahlil fanining nazariy, nazariy-uslubiy, hamda amaliy asoslari umumlashtirilgan. Ushbu darslik ijtimoiy fanlar sohasida izlanishlar va pedagogik faoliyatni olib boruvchi mutaxassislar uchun foydali bo'lishi mumkin. Shu bilan birga, mazkur darslik huquqshunos, iqtisodchi, psixolog, sotsiolog, siyosatshunoslar hamda boshqaruvchilar uchun tizimli tahlil va qarorlar qabul qilishda as qotishi mumkin. O'quv dasturlarini tuzishda darslikdagi mavzular mutaxassislik yo'nalishiga mos ravishda tanlanishi mumkin.
-
Xalqaro tashkilotlar huquqi
Mualliflar jamoasi,O'zbekiston Respublikasi Presidentining 2013-yil 28-iyundagi "Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to'g'risidagi PQ-1990-sonli va 2017-yil 28-apreldagi "Toshkent davlat yuridik universutetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risidagi PQ-2932-sonli qarorlari ijrosini ta'minlash, talabalarda Xalqaro tashkilotlar huquqi fani bo'yicha nazariy bilimlarni va xalqaro tashkilotlar faoliyatiga oid hamda ular tomonidan qabul qilingan normalarni qo'llashga doir ko'nikmalarni shakllantirish maqsadida ushbu o'quv qo'llanma ishlab chiqildi. Mazkur o'quv qo'llanma xalqaro tashkilotlar tushunchasi, tarixi, manbalari va prinsiplari, xalqaro tashkilotlarning asosiy turlari, o'ziga xos xususiyatlari, tashkilotlarning o'zaro hamkorligi, bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasining xalqaro huquq subyekti sifatida xalqaro munosabatlar va xalqaro huquqqa ko'rsatayotgan ta'siri, xalqaro tashkilotlar faoliyatidagi ishtirokini o'rganish bo'yicha ma'lumotlar, mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari, muammoli vaziyatlarga oid masalalar berilgan. O'quv qo'llanma olimlar, sud-huquq sohasidagi mutaxassislar, tadqiqotchilar. yuridik ta'lim muassasasi talabalari va xalqaro tashkilotlar huquqi bilan qiziquvchi keng kitobxonlar uchun mo'ljallangan.
-
Xalqaro soliq huquqi
Turaboyev I,Ushbu o'quv qo'llanma xalqaro soliq huquqining asosiy tavsifi, ikkiyoqlama soliq solishning oldini olish bo'yicha xalqaro shartnomalar, xalqaro soliq huquqida soliq solishning asosiy prinsiplari, transfert narxlar: tushunchasi, ularni aniqlashning umumiy usullari va huquqiy tartibga solish, xalqaro soliq huquqiy munosabatlarida soliq to'lashdan bo'yin tovlash va qochishga qarshi kurashish usullari, xalqaro soliq solish masalalarida hamkorlik asoslari va glossariylar yoritib berilgan. Mazkur qo'llanma oliy o'quv yurtlarining yurisprudensiya ta'lim yo'nalishi talabalari hamda keng jamoatchilik uchun mo'ljallangan. O'quv qo'llanma "Huquqiy fanlar va predmetlar bo'yicha yangi avlod darsliklari va o'quv qo'llanmalarini tayyorlash kompleks dasturi" doirasida tayyorlangan.
-
Advokatura
Mualliflar jamoasi,Mazkur darslik Advokatura fani bo'yicha o'quv dasturi negizida tayyorlangan va yurisprudensiya ixtisosligi davlat ta'lim standartlariga muvofiq bo'lib yuridik oliy ta'lim muassasalari talabalariga mo'ljallangan.