-
Prokurorlik faoliyatining huquqiy asoslari
Qodiraliyev S.B.,Mazkur o'quv qo'llanmada prokurorlik faoliyatining huquqiy asoslari, prokuratura organlarining vazifalari, faoliyatining asosiy yo'nalishlari va prinsiplari, tizimi, sohada faoliyat yurituvchi xodimlarning huquqiy maqomi, prokuror nazorat hujjatlari, prokuror nazoratining turli yo'nalishlari, prokuratura organlarining tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov faoliyati, huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatidagi muhim masalaga aylanib ulgurgan sohani raqamlashtirish va boshqa prokurorlik faoliyatining huquqiy asoslari bo'yicha ma'lumot beriladi. Mazkur o'quv qo'llanma yuridik oliy ta'lim muassasalari bakalavriat talabalari hamda yuridik texnikum, shuningdek akademik litsey o'quvchilari uchun tayyorlangan.
-
Korrupsiyaga qarshi kurashishda oid davlat siyosati
Ushbu o'quv qo'llanmada korrupsiya jamiyat uchun xavfli ijtimoiy - siyosiy hodisa; davlat boshqaruv organlarida korrupsiyaga olib keluvchi omillar va unga qarshi kurashish va davlat siyosatining yo'nalishlari; davlat boshqaruv organlarida korrupsiyaga qarshi kurash borasida xorij tajribasi kabi masalalari bayon etilgan. Ushbu o'quv qo'llanma oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari talabalari, doktorantla mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimla uchun mo'ljallangan.
-
Yangi O'zbekiston sud tizimi
Suyunova D.J.,Mazkur o'quv qo'llanmada Yangi O'zbekiston Respublikasi sud tizimining tuzilishi, O'zbekistonda sud hokimiyatini amalga oshiruvchi sudlar organlari tushunchasi va rivojlanishi, tarixi, ularning tashkil qilinishi va vazifalari haqida so'z yuritilgan. Jinoyat ishlari bo'yicha sudlarda ish yuritish, birinchi instansiya, apellatsiya, kassatsiya, taftish instansiyasi sudlarining faoliyati, vakolatlari haqida alohida tushunchalar berilgan. Bundan tashqari 2024-yildan boshlab joriy qilingan tergov sudyasi haqida yangi Qonun tahlil qilingan. O'quv qo'llanma Odil sudlov asoslari fanini o'rganayotgan bakalavr bosqichi talabalar, litsey o'quvchilari va odil sudlovni amalga oshirishdagi sudlarning vakolatlari bilan qiziqadigan keng kitobxona jamoasiga mo'ljallangan. Toshkent davlat yuridik universiteti Ilmiy kengashining 2025-yil 2 iyul 7-sonli qarori bilan nashrga tavsiya etilgan.
-
Iqtisodiy protsessda taftish
Xudoynazarov D.,Mazkur o'quv qo'llanmada iqtisodiy sud ishlarini taftish tartibida ko'rish institutini o'zlashtirishga qaratilgan bo'lib, unda taftish tartibida ish yuritish tuchunchasi, maqsadi, vazifalari, taftish instansiyasida ish qo'zg'atish tartibi va asoslari, ushbu instansiyasiga murojaat qilish tartibi, ishni ko'rishning protsessual tartibi, taftish instansiya sudining ish ko'rish doirasi va vakolatlari, taftish instansiyasi sudida ish yuritishning boshqa sud instansiyalarida ish yuritishdan farqi, mavzuga doir glossarylar, sud amaliyotidan misollar hamda taftish instansiyasida yuritiladigan protsessual hujjatlardan namunalar aksini topgan. O'quv qo'llanmadan professor-o'qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, mustaqil izlanuvchilar, amaliyot xodimlari, talabalar hamda keng kitobxonlar ommasi foydalanishlari mumkin. Mazkur o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2025-yil 18-martdagi 61-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami-000-00). Toshkent davlat yuridik universiteti Akademik halollik kengashining 2025-yil 12-fevraldagi 1-son bayonnomasi bilan nashrga tavsiya qilingan.
-
Fuqarolik sudlarida birinchi instansiyasida ish yuritish
Sulaymonova N.M.,Mazkur o'quv qo'llanma Fuqarolik protsessual huquqi moduliga tegishli bo'lgan ayrim mavzularni qamrab olgan bo'lib, unda fuqarolik ishlari bo'yicha birinchi instansiya sud ishlarini yuritish tartibi, fuqarolik ishini qo'zg'atish, ishni sudda ko'rishga tayyorlash, sudda ishni ko'rish, birinchi instansiya sudining qarorlari, shuningdek har bir mavzuga oid asosiy tushunchalar, nazorat uchun savollar, kazuslar, protsessual hujjatlardan namunalar o'rin olgan. O'quv qo'llanma nafaqat bakalavriat ta'lim yo'nalishi talabalari uchun, balki magistratura talabalari, ilmiy tadqiqotchilar, professor-o'qituvchilar, sudyalar, prokuratura xodimlari, advokatlar, shuningdek, keng kitobxonlar ommasi uchun ham mo'ljallangan. Toshkent davlat yuridik universiteti Akademik halollik kengashining 2025-yil 12-fevraldagi 1-son bayonnomasi bilan nashrga tavsiya qilingan. Mazkur o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2025- yil 18-martdagi 61-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan.
-
Mualliflik huquqi
Ibrohimov A.A.,Ushbu o'quv qo'llanmada mualliflik huquqiga oid normalar va konsepsiyalar tizimli asosda yoritildi. Mazkur o'quv qo'llanma ta'lim muassasalari talabalari, ushbu soha tadqiqotchilari, huquqshunoslar, umuman, sohaga qiziqish bildiruvchilar uchun mo'ljallangan. Mazkur o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2025-yil 31-iyuldagi 163-29-son buyrug'iga asosan nashrga tavsiya qilingan.
-
Jinoyat qonuni
Shamsidinov Z.,Mazkur o'quv qo'llanma jinoyat huquqi fanining eng muhim bo'limlariga bag'ishlangan bo'lib, unda jinoyat qonuni tushunchasi, ahamiyati va tuzilishi keng yoritilgan. Qo'llanmada jinoyat-huquqiy normalarning mohiyati va ularning tizimdagi o'mi batafsil ochib beriladi. Ikkinchi bobda jinoyat qonunining amal qilishi masalalari ko'rib chiqilib, uning vaqt va hudud bo'yicha qo'llanish tartibi tahlil qilinadi. Bu orqali jinoyat qonunining amaliyotdagi tatbiqi va qo'llanish chegaralari talabalarga aniq misollar asosida tushuntiriladi. Uchinchi bob jinoyat qonunini sharhlash va jinoyat huquqi prinsiplari masalalariga bag'ishlangan bo'lib, qonunlarni to'g'ri talqin qilishning ilmiy-nazariy asoslari hamda huquqiy prinsiplardan foydalanish zaruriyati izohlanadi. Qo'llanma talaba-yoshlarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, amaliy ko'nikmalarini shakllantirish hamda jinoyat huquqining asosiy tushunchalarini mukammal o'zlashtirishga xizmat qiladi. Shuningdek, U o'qituvchilar, tadqiqotchilar va huquqshunos mutaxassislar uchun ham foydali manba bo'lib xizmat qilishi mumkin. Toshkent davlat yuridik universiteti Akademik halollik kengashining 2025 yil 18 martdagi 61-um-sonli bayonnomasi bilan nashrga tavsiya etilgan.
-
-
Yuridik shaxslarning bekor bo'lishi
Imomov N.F.,Mazkur o'quv qo'llanmada fuqarolik huquqiga kirish o'quv kursi doirasidagi yuridik shaxslarning bekor bo'lishiga oid qoidalar yoritilgan. Unda yuridik shaxslar bekor bo'lishi mohiyatining fuqarolik-huquqiy talqini amalga oshirilgan. Qo'llanma oliy yuridik ta'lim muassasalari talabalari, magistrlar, tadqiqotchilar va o'qituvchilar uchun mo'ljallangan. Toshkent davlat yuridik universiteti Akademik xalollik kengashining 2025- yil 12-fevraldagi 1-sonli majlis bayonnomasi bilan nashrga tavsiya etilgan.
-
Advokat stajyori va advokat yordamchisining faoliyatini tashkil etish
Nurumov D.D.,Mazkur o'quv qo'llanmadan advokat stajyori va advokat yordamchisi tushunchasi, stajirovkani tashkil etish tartibi, yordamchi ishini tashkil etish, advokat stajyori va yordamchisining huquq hamda majburiyatlari, stajyor va yordamchiga nisbatan Advokatning kasb etikasi qoidalari va advokatlik sirini saqlashga doir talablarning qo'llanilishi, stajyor va yordamchining mehnatiga haq to'lash, stajyor va yordamchi bilan mehnat shartnomasi tuzish va uni bekor qilish tartibi hamda mavzuga oid savollar o'rin olgan. O'quv qo'llanma oliy yuridik ta'lim muassasalarida tahsil oluvchi talabalar, ilmiy tadqiqotchilar, professor-o'qituvchilar, advokatlar, advokat stajyori va yordamchilari, shuningdek, advokatura institutiga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
Адвокатура институтининг ташкилий-ҳуқуқий шакллари
Давлятов В. Х.,Мазкур ўқув қўлланмада Ўзбекистон Республикасида адвокатура институтининг ривожланиш босқичлари, адвокатура институтининг назарий- ҳукукий асослари, хусусан унинг ижтимоий-ҳуқуқий табиати, адвокатлик тузилмалари юридик мақомининг ўзига хос хусусиятлари, адвокатура институтида ўзини ўзи бошқаришнинг моҳияти, адвокатлар ҳайъати, адвокатлик фирмаси, адокатлик бюроси ва юридик маслаҳатхона ҳуқуқий мақомининг хусусиятлари, хорижий мамлакатларда адвокатлик тузилмаларининг ҳуқуқий мақомига оид масалалар таҳлил қилинган. Ўқув қўлланма олий таълим муассасалари бакалавриати магистратурасининг юридик таълим йўналишлари ва мутахассисликлари талабалари ҳамда адвокатура институти билан қизиқувчи кенг ўқувчилар оммасига мўлжалланган.
-
Turizm huquqi
Usmanova S.,Mazkur qo'llanmada turizm, menejment, muzeyshunoslik, ijodiy sanoat, arxeologiya, logistika, xalqaro munosabatlar sohasida qo'llanadigan turizmning xalqaro-huquqiy va milliy-huquqiy jihatlari hamda institutlari, shartnomalar va subyektlariga oid ayrim mavzular yoritib itib berilgan. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasining turizm sohasidagi huquqiy islohotlar muallifning tadqiqotlari asosida bayon etilgan. O'quv qo'llanma turizm sohasi, yuridik, xalqaro munosabatlar hamda xalqaro iqtisodiyot yo'nalishlaridagi talabalar, doktorantlar, tadqiqotchilar, o'qituvchilar hamda mazkur sohaga qiziquvchilar uchun mo'ljallangan. Unda fanning ma'ruzalar kursi, nazorat savollari, kazuslar, mavzular yuzasidan tavsiya etiladigan adabiyotlar ro'yxati va fanni o'zlashtirish uchun zarur bo'lgan boshqa materiallar mavjud. Bu materiallar va namunalardan akademik litsey, texnikum, kollej va kasb- hunar maktablarining o'quvchilari ham foydalanishi mumkin.
-
Жиноят-ижроия ҳуқуқи модули тушунчаси,
Ниёзова С.С.,Ушбу ўқув қўлланма юриспруденция йўналишида таълим олаётган талабаларга жиноят-ижроия ҳуқуқи модули учун мўлжалланган бўлиб, у ўз ичига жиноят-ижроия ҳуқуқи модули тушунчаси, предмети ва принциплари, жиноят-ижроия ҳуқуқи тизимида жазони ижро этишда дифференциация ва индивидуаллаштиришга риоя этиш принципларининг тушунчаси ва моҳияти, ушбу принципларнинг бошқа принциплар билан алоқадорлиги, хорижий мамлакатлар жиноят-ижроия қонунчилиги тизимида жазони ижро этишда татбиқ қилинадиган принциплар, жазони ижро этишда дифференциация ва индивидуаллаштиришга риоя этилишидаги камчиликлар, уларни бартараф этиш чоралари ва такомиллаштириш масалаларини қамраб олган. Ушбу ўқув қўлланма юридик олий ўқув юртларининг бакалавриат ва магистратура йўналишида таълим олаётган талабалар ва барча қизиққан ўқувчилар учун мўлжалланган.
-
Ma'muriy javobgarlik
Niyozova S.S.,Ushbu o'quv qullanmada ma'muriy javobgarlik fani tushunchasi, predmeti va vazifalari; Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi qonun hujjatlari, ularning vazifalari va asosiy prinsiplari; Ma'muriy huquqbuzarlik va uning yuridik tarkibi, Ma'muriy javobgarlik tushunchasi va xususiyatlari; Ma'muriy jazo choralari tushunchasi, maqsadi va turlari; Ma'muriy jazo qo'llanilishining umumiy qoidalari; Ma'muriy huquqbuzarlik uchun ma'muriy javobgarlik belgilovchi davlat organlari va mansabdor shaxslar; Ma'muriy huquqbuzarlikni istisno qiladigan holatlar tushunchasi va turlari kabi masalalar bayon etilgan. O'quv qo'llanma yuridik oliy o'quv yurtlarining bakalavr va magistratura yo'nalishida ta'lim olayotgan talabalar va barcha qiziqqan o'quvchilar uchun mo'ljallangan.
-
Hukm-odil sudlovning asosiy me'yori: nazariya va amaliyot sintezi
Alishayev S.,Odil sudlov jarayonining asosiy natijasi va huquqiy adolatni ta'minlovchi markaziy hujjat sifatida e'tirof etiladigan hukmning adolatliligi, qonuniyligi va asosliligi tamoyillari mujassamlashgan. Hukm nafaqat sudning huquqiy pozitsiyasini ifodalovchi hujjat, balki jamiyatning qonuniylik va adolatga ishonchini mustahkamlovchi vosita sifatida ham o'rganiladi. Ushbu monografiyada hukmning nazariy asoslari, uning huquqiy mohiyati, amaliy ahamiyati hamda sud-huquq tizimining samaradorligidagi o'rni tahlil qilinadi. Bunda hukm tuzilishi, uning qabul qilinishidagi protsessual qoidalarga rioya etilishi, qonunchilikdagi huquqiy me'yorlar hamda ularning amaliyotdagi qo'llanilishi o'zaro bog'liqlikda ko'rib chiqiladi. Muallif hukmlarining chiqarilish tendensiyalariga (2022 yilda jami hukmi chiqarilgan ishlar soni 58.697 tani tashkil etgani holda, undan 501 tasi oqlov hukmi, 2023 yilda 58.418 tadan 457 tasi oqlov hukmi, 2024 yil 9 oyida 44.755 tadan oqlov hukmi 320 tani tashkil etmoqda) va ularning sonini ko'payishiga e'tibor qaratmoqda.