-
Fuqarolik protsessida prokurorning huquqiy maqomi va uni rivojlantirish istiqbollari
Shukrullayev S.U.,Ushbu monografiyada amaldagi qonunchilikda fuqarolik protsessida prokurorning huquqiy maqomi tushunchasi va uning bugungi kundagi ahamiyati, fuqarolik protsessida prokurorning ishtirok etish asoslari va shakllari, milliy qonunchiligimizda prokurorning huquqiy maqomi bilan bog'liq muammolar tadqiq etilgan. Shuningdek, ilmiy asoslangan va muhim amaliy ahamiyat kasb etuvchi takliflar ishlab chiqilgan shuningdek, rivojlangan davlatlar qonunchiligi tahlil qilingan bo'lib, tegishli ilmiy xulosalar, takliflar va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Monografiyadan professor-o'qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, qonun ijodkorligi jarayonida bevosita qatnashuvchi shaxslar foydalanishlari mumkin. Toshkent davlat yuridik universiteti Tadqiqot etikasi kengashining 2025 yil 20 fevral 5-son bayonnomasi bilan nashrga tavsiya qilingan.
-
Халкаро хуқуқ
Саидов, А.Х.,Ушбу китоб халкаро (оммавий) хукук фани буйича узбек тилидаги илк дарсликлардандир. Унда хозирги замон халкаро хукукининг келиб чикиши ва ривожланиши, унинг асосии тушунчалари ва принциплари, институтлари ва сохаларининг тараккиёт конуниятлари уз аксини топган. Мавзулар Узбекистон Республикасининг халкаро-хукукий амалиётидан келиб чиккан холда очиб берилган.
-
Birinchi instansiya sudida ish yuritish
Abdurashidov A.A.,Mazkur o'quv qo'llanmada birinchi instansiya sudida ish yuritish tushunchasi, jinoyat ishlarining sudlovga tegishliligi, jinoyat ishini sudda ko'rish uchun tayinlash, sud muhokamasining umumiy shartlari, sud muhokamasi bosqichlari kabi mavzular bo'yicha fikrlar bildirilgan. O'quv qo'llanma talabalarga, ilm hamda soha xodimlariga, shuningdek, dalillar va isbotlash muammolariga qiziqadigan keng kitobxonlar jamoasiga moʻljallangan. Mazkur darslik Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2025-yil 18-martdagi 61-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan.
-
Tashqi siyosatning konstitutsiyaviy va xalqaro-huquqiy asoslari
Yuldasheva G.,Ushbu o'quv qo'llanma tashqi siyosat tushunchasi, maqsadi va funksiyalari, tashqi siyosatning konstitutsiyaviy va xalqaro-huquqiy asoslari, davlat tashqi siyosati prinsiplarining huquqiy tabiati va mazmuni masalalariga bag'ishlangan. Ўқув қўлланма O'zbekiston Respublikasining yangi tashqi siyosatining huquqiy jihatlari va uning hozirgi davrdagi o'ziga xos xususiyatlari, O'zbekiston Respublikasining tashqi aloqalar organlarining faoliyati bilan bog'liq masalalarga qiziquvchi talabalar, magistrlar va barcha kitobxonlar uchun mo'ljallangan. Ushbu o'quv q'ollanma yuridik oliy yurtlarining magistrantlariga o'quv qo'llanma sifatida tavsiya qilinadi. Mazkur o'quv q'ollanma Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2025-yil 18-martdagi 61-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami №6).
-
O'zbek tili / akademik yozuv
Ziyamuxamedova Sh.T.,Mazkur qo'llanma yuridik oliy o'quv yurtlari rus guruh talabalari hamda Grodno davlat universiteti va Toshkent davlat yuridik universitetining qo'shma dasturi asosida tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, davlat tili, yuridik til va uning o'ziga xos jihatlariga tegishli materiallarni o'z ichiga oladi. Bu esa talabalarning ma'ruza va amaliy mashg'ulot darslariga mustaqil tayyorgarlik ko'rishini hamda o'zining bilim sifatini nazorat qilishni ham ta'minlaydi. "O'zbek tili / akademik yozuv" fanidan talabalarning davlat tilini puxta o'rganishi, savodli yozishi, ijodiy fikrlashi, fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda yozma shakllarda aniq, qisqa, ravon hamda mantiqan izchil ifodalash ko'nikmalarini shakllantirish uchun xizmat qiladigan, ularni yuksak fazilatlar ruhida tarbiyalash va rivojlantirishni ta'minlaydigan bilimlarni qamrab oladi. Muallif qo'llanmani tayyorlashda masalaning mana shu jihatlarlariga alohida e'tibor berdi.
-
Президент парламентда: тарихий уч кун
Мазкур тўпламга Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг 2024 йил 18-20 ноябрь кунлари Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатасининг биринчи мажлиси, Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Сенатининг биринчи мажлиси ҳамда Олий Мажлис Қонунчилик палатасининг Ўзбекистон Республикаси Бош вазири номзодини кўриб чиқишга бағишланган мажлисларидаги нутқлари, шунингдек сўзга чиққан депутатлар ва сенаторларнинг фикрлари киритилди.
-
Qadimgi Turonda huquqning vujudga kelishi va rivojlanishi
Utemuradov M.A.,Mazkur o'quv qo'llanmada Qadim Turonda huquq manbalarining paydo bo'lishi va ularning rivojlanishi xususiyatlari, shuningdek alohida huquqining asosiy belgilari yoritilgan. Unda zardushtiylikning kuchli ta'siri ta'limot darajasida qadimgi Turonning huquqiy tizimi sifatida, tarixda ulardan axloqiy va qonunchilikning huquqiy tushunchalari hal qiluvchi bo'lgani bilan ham ahamiyatlidir. Demak, huquqning eng progressiv rivojlanish omillari, uning mafkuraviy asoslar, tamoyillar va institutlar, shuningdek, huquqni muhofaza qilish mexanizmlari sifatida ezgulikning an'anaviy huquqiy tushunchasi ekanligi o'rganishning o'ziga xos xususiyatlarini yoritishni maqsad qilib qo'ygan. O'quv qo'llanma huquqshunoslik mutaxassisligiga oid barcha oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari talabalari, o'qituvchilari va doktorant-tadqiqotchilari uchun mo'ljallangan. Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2024-yil 29-iyuldagi 153-um- sonli buyrug'iga asosan nashr etishga ruxsat berilgan. Ro'yxatga olish raqami 153-57.
-
Jinoyat huquqi umumiy qismi institutlari sifatida jinoyat va jazo
Xudaykulov F.X.,Ushbu o'quv qo'llanmada jinoyat va jinoyat tarkibi tushunchalari hamda ular (subyektiv va obyektiv) belgilarining o'zaro munosabati, jinoyat va "actus reus" konsepsiyasining qiyosiy-huquqiy tahlili, jinoiy qilmish va uning turlari: umumiy hamda maxsus belgilar munosabati, jinoiy oqibatning mohiyati, tuzilishi va turlari, jinoyat huquqida sababiy bog'lanish, uning mezonlari va o'ziga xos xususiyatlari. jinoyat va uning tarkibi belgilari bo'yicha qilmishni kvalifikatsiya qilishning asosiy qoidalari, jinoiy jazo tushunchasi, uning turlari va o'ziga xos xususiyatlari, jinoiy jazo tayinlashning umumiy va maxsus asoslari, bir necha jinoyat va bir nechta hukm yuzasidan jazo tayinlash qoidalari oid masalalari bayon qilingan. Mazkur o'quv qo'llanma oliy o'quv yurtlari talabalari, yuridik ta'lim muassasalarining professor-o'qituvchilari, doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari, ilmiy xodimlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari uchun mo'ljallangan.
-
Nemis-O'zbek tillari yuridik matbuaot tilining qiyosiy tadqiqi
Baxriddinova M.,Mazkur monografiya nemis va o'zbek tillaridagi yuridik matbuot tilini qiyosiy o'rganishga bag'ishlangan. Asar ikki tilning o'ziga xos xususiyatlarini, yuridik matn va terminologiyaning o'xshash va farqli jihatlarini tahlil qiladi. Monografiyada matbuot tili, uslubiy xususiyatlar va yuridik sohadagi asosiy til vositalarining qo'llanilishidagi o'zaro bog'liqlik o'rganilib, yuridik hujjatlar va maqolalardagi til qurilishi, ibora va tushunchalar qiyosiy nuqtai nazardan yoritiladi. Bu tadqiqot nemis va o'zbek yuridik matnlarini o'rganishga qiziquvchi o'quvchilar, tarjimonlar, tilshunoslar va yuridik soha mutaxassislari uchun foydali bo'lishi mumkin. Shuningdek, monografiya millatlararo huquqiy muloqotni chuqurroq tushunishga va tarjimonlar uchun amaliy uslubiy yordam sifatida xizmat qiladi.
-
Sud-avtotexnikaviy ekspertiza
Xamidov B.X.,Ushbu o'quv qo'llanma sud-avtotexnikaviy ekspertizasini tayinlash va o'tkazishning ayrim masalalari tahliliga bag'ishlangan. Unda sud avtotexnik ekspertizasi tushunchasi, predmeti, obyektlari, turlari, maqsad va vazifalari, imkoniyatlari, ushbu turdagi ekspertizalar uchun na'munalar olish qoidalari, sud avtotexnik ekspertizasi boʻyicha ekspertlar oldiga qo'yiladigan savollar, ekspertiza tadqiqotini o'tkazish va uning natijalarini baholash masalalari, shuningdek ushbu turdagi ekspertizalarni takomillashtirishning tashkiliy-metodik asoslari yoritilgan. O'quv qo'llanma ilmiy ish bilan shug'ullanuvchi tadqiqotchilar, oliy o'quv yurtlari talabalari, shuningdek Oliy o'quv kurslari tinglovchilari hamda amaliyot hodimlari uchun mo'ljallangan.
-
Qotillik jinoyatini tergov qilish uslubiyoti
Baratov A.Sh.,Ushbu o'quv qo'llanmada Qotillik jinoyatini tergov qilish uslubiyoti bayon qilingan, ushbu mavzu hozirgi kunda muhim bo'lgan masalalardan ekanligini inobatga olib, jumladan, Qotillik bilan bog'liq jinoyatlarining kriminalistik tavsifi, aniqlanishi lozim bo'lgan holatlar, ushbu jinoyatlar yuzasidan jinoiy ish qo'zg'a- tishning o'ziga xos xususiyatlari, jinoyatlarining dastlabki tergov bosqichi versiyalari va tipik tergov vaziyatlari, alohida tergov harakatlari o'tkazishning o'ziga xos xususiyatlari, ushbu jinoyatlarini boshlang'ich tergov vaqtida o'tkazila- digan tezkor-qidiruv tadbirlari, jinoyatlarini boshlang'ich tergov vaqtida tayinlanadigan ekspertizalar kabi masalalar bayon qilingan. Ushbu o'quv qo'llanma huquqshunoslik oliy o'quv yurtlarining talabalari, o'qituvchilari foydalanishlari uchun mo'ljallangan.
-
Ommaviy shartnoma
Koryog'diyev B.U.,Mazkur monografiyada ommaviy shartnomaning ta'rifi, huquqiy tabiati, belgilari, o'ziga xos xususiyatlari, ahamiyati va turli sohalarda qo'llanishi bayon qilingan. Shuningdek, monografiyada roman-german, anglo-sakson huquq oilalari davlatlarida ommaviy shartnomalarni tartibga solishga oid amaliyot qiyosiy tahlil qilinib, O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik qonunchiligiga transformatsiya qilish istiqbollari o'rganilgan. Monografiya huquqshunoslik oliy o'quv yurtining talabalari, magistrlari, doktorantlari va ushbu sohaga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga bag'ishlangan.
-
Jahon siyosati
Madaminova D.I.,Xalqaro munosabatarning muhim sub'yekti sanalgan davlatlarning rivojlanish va taraqqiyot yo'li turlicha bo'lib, jahon siyosati va xalqaro munosabatlarning rivojlanish jarayonini mantiqan anglab yetish uchun uning tarkibiy shakllanishida yetarlicha jiddiy o'rin tutuvchi ba'zi bir unsurlarini chuqur tushunib olish kerak bo'ladi. Xalqaro munosabatlar tizimi bugungi kunda "xalqaro siyosat" atamasi bilan ifodalanadigan barcha tushunchalarni o'z ichiga qamrab oladi. U ijtimoiy, etnik-diniy, iqtisodiy, harbiy-strategik, madaniy, geosiyosiy, ilmiy-texnologik va boshqa jihatlar bilan tavsiflanadi. Shu boisdan, siyosiy maydonda sodir bo'layotgan voqea-hodisa va siyosiy jarayonlarning mazmun-mohiyatini anglash va muammoning yechimini topishda jahon siyosatining turli jabhalarini o'rganish va tahlil etish talab etiladi. Ma'ruzalar matni namunaviy dastur va ta'lim yo'nalishining o'quv rejasi asosida tuzilgan.
-
-
-
-
-
-
O'zbekiston madaniy merosi Qozog'iston va Qirg'iziston muzeylarida Т.63
Qozog'iston ve Qirg'iziston muzeylarida o'zbek millatiga tegishli turli xil eksponatlar to'plamlari mavjud. Bular XIX asr ήτα XX asrda ishlangan bezaki amaliy san'at buyumlari, shuningdek, zamonaviy tasviriy san'at asarlaridir. Mackur to'plamlarning eng yaxshi namunalari ushbu kitob-albomda taqdim etilgan. Ular Qozog'iston Respublikasi Milliy muzeyida Qozog'iston Respublikas Markaziy davlat muzryida. Chimkent shahridagı Turkiston viloyati tarix-e'lkashunoslik muzeyida, Jambul viloyat Thashunoslik muzeyida, G. Aytiyev nomidagi Qirg'iziston milliy tasviriy san'at muzeyida saqlanadi. Shuni ham te'kidlash joizki, O'zbekiston madaniy merosi turkumining alohida jildi O'zbekiston rassomlarining Qozog'iston Respublikasi Abilson Qasteyev nomidagi davlat san'at muzeyida saqlanayotgan asarlariga bag'ishlangan. Ushbu mashr nafaqat olim va tadqiqotchilar, balki O'zbekistonning boy madaniy merosiga qiziquvchi barcha mahalliy na xorijiy o'quvchilar, yosh avlod vakillari uchun mo'ljallangan, Jahenda o'xshashi yo'q ushbu Loyiha mustaqillik yillarida yaratilgan imkoni yatlar va O'zbekiston Respublikası Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o'zbek xalqining madaniy, tarixiy va intellektual asrab-avaylash, boyitish hamda yanada ko'paytirish masalalariga bo'lgan shaxsan e'tibori tufayli amalga oshirilmoqda Sahifalarda qo'shimcha vizual ma'lumotlarni olish uchun planshet yoki smartfonda skanerlashga mo'ljallangan QR kodlar marjad. "O'zbekiston madaniy merosi ko'pjildli turkumi O'zbekistonning noyob tarixiy-madaniy merosining beshau nga bag'ishlangan kitob-albomlarni chop etishni ham nazarda tutadi.