-
Ma'muriy huquq: Umumiy qism (1)
Nematov J.N.,Ushbu darslikda ma'muriy huquqning umumiy tavsifi, ma'muriy faoliyat shakllari, ma'muriy akt, ma'muriy protseduralar, ommaviy (davlat) xizmatlarini ko'rsatishni o'rganishga qaratilgan mavzular yoritilgan. Darslik talabalarning mazkur mavzularga oid ilmiy-nazariy qarashlarini, qonunchilik hujjatlari hamda amaliyot to'g'risidagi tasavvurlarini yanada boyitish, xorijiy davlatlar, xususan, Yaponiya, Germaniya olimlarining ma'muriy huquq fani bo'yicha asosiy ilmiy qarashlari bilan tanishtirishni maqsad qilgan. Nashr ma'muriy huquq fani bo'yicha oliy yuridik ta'lim jarayonida asosiy manba sifatida foydalanish uchun mo'ljallangan.
-
Energetika huquqi
Xolmo'minov J.,Ushbu darslikda global iqlim o'zgarishi sharoitida energetika huquqini o'rganish, energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi, energetika sohasida shartnomaviy munosabatlar, ekologik talablarni amalga oshirishning huquqiy holati, energetik xavfsizlik masalalari, energiya bilan ta'minlashda quyosh va shamol energiyasini o'zlashtirish holatida qo'llanadigan ekologik-huquqiy talablar, yer harorati (geotermal), suv oqimlarining tabiiy harakati, biomassa energiyasini o'zlashtirish jarayonida qo'llanadigan ekologik-huquqiy talablarga e'tibor qaratilgan. Shuningdek, energetika sohasidagi qonun talablarini buzganlik uchun yuridik javobgarlik, muqobil (qayta tiklanuvchi) energiya manbalaridan foydalanish, bioenergetika, biogaz texnologiyalari va geotermal energiyasi, shu bilan birga, xorijiy mamlakatlarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishga o'tish tajribasi va ularning kelajak istiqbollari hamda atom energiyasidan foydalanishni huquqiy tartibga solish masalalari atroflicha tahlil qilingan. Mazkur darslik talabalar va magistrantlar, professor-o'qituvchilar, ilmiy xodim-izlanuvchilar va ushbu sohaga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
-
Biznes huquqi
Mualliflar jamoasi,Darslikda tadbirkorlik huquqi va tushunchalari, tadbirkorlik subyektlari, ularning tashkiliy-huquqiy shakllari, tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish, faoliyatini amalga oshirish, qayta tashkil etish, tugatishning huquqiy asoslari va tartibi, tadbirkorlik huquqi subyektlarining mulkka nisbatan huquqlari, tadbirkorlik shartnomalari, ularning o'ziga xos xususiyatlari, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini moliyalashtirish va kreditlash, ularni soliqqa tortish, tadbirkorlik subyektlarining davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanishi, ularning huquqiy himoya tizimi va javobgarlik asoslari kabi mavzular yoritilgan. "Biznes huquqi" darsligi bozor munosabatlarini rivojlantirishda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning huquqiy asoslari yaratilib, takomillashib borayotganligi, tadbirkorlarga keng imkoniyatlar, imtiyoz va preferensiyalar berilayotganligining mazmun-mohiyatini yanada chuqurroq bilishga hamda ularni tahlil qilishga qaratilgan.
-
Jinoyat-protsessual huquqi (umumiy qism)
Mualliflar jamoasi,Mazkur darslikda jinoyat-protsessual huquqi tushunchasi, prinsiplari, ishtirokchilar, jinoyat-protsessida ishtirok etishga monelik qiladigan holatlar, rad qilishlar, dalillar va isbotlash, majburlov choralari, mulkiy ziyonni qoplash, reabilitatsiya, jinoyat-protsessual muddatlar va chiqimlar masalalari yoritilgan. Ushbu darslik sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, o'qituvchilar, mustaqil izlanuvchilar, yuridik oliy o'quv yurtlarining talabalari, magistrantlari, tinglovchi va kursantlari hamda boshqa kitobxonlar uchun mo'ljallangan.
-
-
-
-
-
-
-
-