-
-
-
-
-
-
Ta'lim,
-
-
-
-
-
юриспруденция,
-
-
-
-
Huquqshunoslik,
-
Узбекистон Республикаси фукаролик ва фукаролик -процессуал кодекслари терминларининг узбекча-русча-инглизча лугати
Рустамбаев М.Х. ва бошкалар,Лугат, -
-
Vorislik va oila huquqi
Yuldashev J.I,Mazkur darslik yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasining Konstitut- siyasi, fuqarolik, meros va oila qonunchilik hujjatlari asosida mamlakatimiz Y31 Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan "2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi"da belgilab berilgan ustuvor yo'nalishlarga va qonunchilikdagi 2024-yil 1-yanvarga qadar kiritilgan o'zgarishlarga mos ravishda yozildi. Darslik yuridik ta'lim muassasalari uchun davlat ta'lim standartlariga mos holda zamonaviy pedagogik texnologiyalar, yangi o'quv modul tizimlarini qo'llagan holda tayyorlandi. Nashr huquqshunoslik fani o'qitiladigan oliy va o'rta-maxsus ta'lim muassasalariga darslik sifatida tavsiya etiladi.
-
Vorislik va oila huquqi
Yuldashev J.I,Mazkur o'quv qo'llanma yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, fuqarolik, meros va oila qonunchilik hujjatlari asosida qisqa savol-javob tarzida tayyorlangan. Mavzular doirasida kazuslar ham berilgan bo'lib, bu talabani amaliy mushohada yuritishga undaydi. O'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari va boshqa oliy o'quv yurti yuridik ta'lim muassasalarining yurisprudensiya yo'nalishida ta'lim oladigan talabalarga mo'jallangan.
-
Xalqaro xususiy huquqda kollizion normalar
Xazratqulov O.T,Mazkur o'quv qo'llanmada xalqaro xususiy huquqda kollizion normalarning tutgan o'rni hamda ahamiyati to'g'risida ilmiy qarashlar va nazariy masalalarga e'tibor qaratiladi. Xalqaro xususiy huquq tizimida kollizion normalarga doir umumiy nazariy qarashlar tahlil etilgan boʻlib, u o'quvchining kollizion normalarni qo'llash masalalariga doir bilimlarini yanada mustahkamlashga yordam beradi. Ushbu qo'llanma huquqshunoslar, davlat idoralari xodimlari, bu sohaga qiziquvchi bakalavr va magistrant talabalar uchun mo'ljallangan.
-
Xalqaro xususiy huquqda yurisdiksiya
Allayorov J.T,Ushbu o'quv qo'llanmada xalqaro xususiy huquq fanining "Xalqaro xususiy huquqda yurisdiksiya" mavzusi doirasida xalqaro sudlovlilik tushunchasi, xalqaro fuqarolik protsessining huquq tizimidagi o'rni, xalqaro sudlovlilik turlari to'g'risida ma'lumot beriladi. Shuningdek, mazkur o'quv qo'llanma talabalarning ushbu mavzular bo'yicha mustaqil ta'lim olish ko'nikmasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. O'quv qo'llanma yurisprudensiya ta'lim yo'nalishida tahsil olayotgan oliy o'quv yurtlari talabalari, amaliyotchi va ilmiy xodimlar uchun mo'ljallangan.
-
Bitimlar
Qoryog'diyev B.U,Ushbu o'quv qo'llanma bitimlar tushunchasi, uning turlari, shakllari, bitimning haqiqiylik shartlari, haqiqiy bo'lmagan bitimlarning huquqiy asoslari, jumladan, qonun shakliga va uning mazmuniga mos kelmagan bitimlar, muomalaga layoqatsiz shaxslar tarafidan tuzilgan bitimlar, yuridik shaxsning muomala layoqatidan chiqib tuzgan bitimlari, shaxs erk-irodasiga qarshi tuzilgan bitimlarni haqiqiy emas deb topish tartibotini, shuningdek, haqiqiy bo'lmagan bitimlarning ikki turi hisoblangan nizoli hamda o'z-o'zidan haqiqiy bo'lmagan bitim nisbatlarini, bitimning haqiqiy emaslik oqibatlarini qo'llashning huquqiy asoslarini, rivojlanishining ustuvor jihatlari va xorijiy davlatlar tajribasi kabi masalalar tahlil etilgan. O'quv qo'llanma huquqshunoslik oliy o'quv yurtlarining talabalari, magistrlari, doktorantlari, o'qituvchilari va bitimlarga oid masalalariga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
-
-
-
-
-
Kiberjinoyatchilik
Niyozova S.S,Ushbu o'quv qo'llanmada kiberjinoyatchilik moduli tushunchasi, uning turdosh fanlar tizimidagi o'rni; kiberjinoyatchilik tushunchasi, turlari, shakllari va uning belgilari hamda ko'rsatkichlari, tarkibi, tuzilishi; kiberjinoyatchilik sabablari tushunchasi va uni vujudga keltiruvchi shart- sharoitlar hamda omillar; kiberjinoyatchilikning oldini olish siyosati hamda choralari, subyektlari faoliyati, ularning vazifalari; kiberjinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlik va xorijiy davlatlar tajribasi; kiberjinoyatchilik uchun javobgarlik masalalari bayon etilgan. O'quv qo'llanma oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari talabalari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari uchun mo'ljallangan.
-
-
-