-
Чиниқиш
МИрмуҳсин,Чиниқуш романи ишчи ёшлар ҳаётига бағишланган.Гўдак оёққа тургунча мункиб неча йиқилгандай асар қаҳрамони ёш ўзбек ишчиси катта йўлга тушиб олгунча неча бор қоқилади
-
-
-
Неман оҳанглари
Муаллифлар жамоаси,Тўплам белорус адибларининг ҳикояларидан тузилган Унинг асосий ўзагини истеъдодли ёш адибларнинг ҳикоялари ташкил этади
-
-
-
-
Аҳмад Яссавий.Хикматлар
Аҳмад Яссавий,Ўзбек адабиётининг улкан намоёндаларидан бири Аҳмад Яссавий 12- асрда яшаб ижод этди
-
Alkimyogar
Paulo Koelo,Odamzodning bu dunyodagi yakka-yu yagona, oliy vazifasi - O'z Taqdirini ro'yobga chiqarishga erishuvidir... Barcha odamlar yoshlik paytlarida o'z taqdirlarini biladilar... Ammo fursat o'tishi bilan sirli bir kuch ularni O'z Taqdirlarini ro'yobga chiqarish imkonsiz ekanligiga ishontira boradi. Bu sirli qudrat inson zotiga g'animday tuyiladi, aslida esa o'z taqdirini qanday ro'yobga chiqarish Yo'lini xuddi ana shu qudrat ko'rsatib beradi. U insonning ruhini va erkini o'sha buyuk vazifaga tayyorlaydi. Bu kurrayi zaminida oliy bir haqiqat mavjud: qachonki sen nimanidir astoydil istasang, albatta unga erishasan, chunki bunday istak Olamning ruhida dunyoga kelgan bo'ladi. Sen yer yuzida xuddi ana shuning uchun yaratilgansan. "Alkimyogar" romani zamiridagi ushbu hikmat o'tmishda o'tmagan yoxud rivoyat qahramoni bo'lgan kimningdir hayotigagina taalluqli emas, bu siz-u biz uchun ham, bizdan keyingilar uchun ham o'tilajak Yo'ldir. Balki bugun bu kitobning dunyodagi 120 mamlakatda sevib o'qilayotgani ham, Paulo Koeloning dunyoning eng mashhur yozuvchisiga aylangani ham bejiz emasdir. "Alkimyogar" haqida gapirganda Richard Baxning "Jonatan ismli chag'alay", "Tasavvurlar" yoki Ekzyuperining "Kichik shaxzoda" singari ertak-rivoyatlarini eslamaslikning sira ham iloji yo'q. Ammo "Alkimyogar" ularning hech biriga o'xshamaydi.
-
O'nta negr bolasi
Agata Kristi,Agata Kristi nomini alohida tanishtirishga hojat yo'q. Adabiyot ahli tomonidan haqli ravishda detektiv janrining yetakchilaridan biri sifatida tan olingan. Uning mazkur asarida ham kitobxon sirli va qiziqarli olamga sayohat qilishi muqarrar. Muallifning o'zi aynan shu asarini eng yaxshisi deya e'tirof etgani ham bejiz emas. Ushbu asarda bir-biriga hech qanday aloqador bo'lmagan o'nta odam xilvat oroldagi uyga keladi. Sirli taklifnoma bilan ularni bu yerga kim chaqirdi? Yaxshi detektiv ixlosmandlarining yuragi darrov shuv etib ketadigan manzara. Dunyodan ajrab qolgan bo'm- bo'sh orol, ko'p xonali, zimiston yo'lakli katta sirli uy va Zanjilar orolining sohibi taklifiga ko'ra uyga kelgan o'nta odam. Bu yerda ularni qulay shart-sharoitlar, mazali taom vashinam yotoqxo alar kutib turibdi. Lekin havas qigudek mehmondo'stlik tez orada sarobga aylanib, mehmonlar savdoyi qotil qurgan tuzoqqa tushib qolgani ma'lum bo'ladi. Ular orolning toshloq zaminiga qadam qo'ygan zahoti tuzoq yopilgan. Oroldan qochishning iloji yo'q. Borchani shubha-gumon chulg'ab olgan. Chehralarda ajal soyasi. Qo'rquv va dahshat. Faqatgina bolalar sanoq she'ri va mitti negr bolalari tugashi bilan bu dahshatli o'yinga ham xotima yasaladi. Biroq nega? Ularni birin-ketin eng g'ayrioddiy yo'llar bilan o'ldirish kimga kerak? Nima uchun sodir bo' layotgan voqealarning bari quvnoq bolalar she'ri bilan shambarchas bog'liq? Nahotki bu jumboqning yechimi topimasa, nahotki o'limga mahkum bo'lsa? Lekin nima uchun? Ular rostdan ham aybdormi?
-
Kichkina Shahzoda
Antuan de Sent-Ekzyuperi,Antuan de Sent-Ekzyuperi — XX asr adabiyotining yirik namoyondalaridan biri, mohir uchuvchi, shoir va yozuvchi, yosh-u qarining sevimli asari "Kichkina Shahzoda" ning muallifi. "Uchuvchi" (1926), "Janubga xat" (1929), "Tungi parvoz" (1931), "Bashar sayyorasi" (1939), "Harbiy uchuvchi" (1942), "Istehkom" (1948), "Yoshlik maktublari" (1953) kabi asarlar Antuan de Sent-Ekzyuperining qalamiga mansubdir. Antuan de Sent-Ekzyuperining asarlari dunyoning 200 tiliga tarjima qilingan. Jumladan, "Kichkina shahzoda" asari Xayriddin Sultonov tomonidan va "Istehkom" qissasidan parcha Abdug'opir Qosimov tomonidan o'zbek tiliga tarjima qilingan. Ushbu kitob Antuan de Sent-Ekzyuperining o'zbek tilida chop etilayotgan yangi to'plamidir. Asar keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
Donishmand Sizif
Xurshid Do'stmuhammad,Yunon afsonalarida Olimp ma'budlariga qarshi isyoni sababli toki qiyomatgacha og'ir xarsangni baland cho'qqiga dumalatib chiqarishdek befoyda va og'ir mehnatga mahkum qilingan Korinf hokimi Sizif haqida jahon adabiyotida ko'plab asarlar yaratilgan. Ushbu roman qahramoni bo'lgan Sizif siymosida sabr-toqat, irodasi va kurashi bilan o'tib bo'lmas mashaqqatlardan ustun kelib, cho'qqini zabt etgan muzaffar inson yoki mashaqqatlar mahsuli bo'lgan donishmand gavdalanadi. Zamonaviy nasrimizda paydo bo'lgan yana bir ajoyib romanni o'quvchilarga tavsiya etmoqdamiz.
-
O'zbegim
Erkin Vohidov,Ushbu to'plam o'zbek adabiyotining zabardast vakili, O'zbekiston xalq shoiri, O'bekiston, O'zbekiston qahramoni Erkin Vohidovning she'r, doston, hajviya, muxammas va tarjimalaridan tarkib topdi. Erkin Vohidov qalamiga mansub bir asarning she'rlarini saralashga hojat yo'q: qaysi satrni o'qimang, kitobga kiritgingiz, mutolaaga kirishgan o'quvchiga xoh katta yoshli, xoh bugungi davr farzandi bo'lsin, shoir ijodini taqdim etgingiz, she'rlar zamiridagi faqat so'z san'atkorigagina xoos bo'lgan haqiqatlardan boxabar etgingiz keladi. "O'zbegim" nomi bilan nashr etilayotgan ushbu she'riy to'plam ham adabiyot ixlosmandlariga manzur bo'lishiga ishonamiz.
-
Boburnoma
Zaxiriddin Muhammad Bobur,"Boburnoma" — o'zbek mumtoz adabiyotidagi bebeho asarlar qatoridan munosib o'rin egallab turgan asar sifatida e'tirof etiladi. Unda Markaziy Osiyo, Afg'oniston, Hindiston va Eron xalqlari tarixi, jug'rofiyasiga oid qimmatli ma'lumotlar o'rin egallagan. Asarning o'sha davr o'zbek adabiy tilining yorqin namunasi sifatidagi qadri, qimmati hamon o'z ahamiyatini yo'qotmagan.
-
Sarbadorlar
Muhammad Ali,O'zbek xalqi yozuvchisi,Davlat mukofoti laureatiMuhammad Alining"Sarbadorlar" (1989) Tarixiy roman-dilogiyasida xalqimizning XIV asr ikkinchi yarmida Samarqandda yuz bergan sarbadorlar xalq ozodlik harakati bilan bog'liq voqealar qalamga olingan. Dilogiyada Abu Bakr Kalaviy, Xo'rdak Buxoriy, Mavlonozoda, Amir Temur, Amir Husayn singari tarixiy shaxslar ishtirok etadi. Unda o'zbek prozasida ilk marta Sohibqiron Amir Temur obrazi yaratilgani diqqatga sazovordir. Asar shirali til bilan yozilgan, katta qiziqish bilan o'qiladi.
-
O'n besh yoshli kapitan
Jyul Vern,Asrlar osha qo'lgan qoymay o'qib kelinayotgan mazkur asarda o'n besh yoshli kapitan - Dik Sendning bir-biridan qiziqarli sarguzashtlari qalamga olinadi. Janubiy Afrikada xunrezliklari, qullar savdosi bilan bog'liq ayanchli voqealar, turli xavf- xatarlarda qolgan kapitan Dik va sayohatchi do'stlari - xizmatchi Gerkules, missis Ueldon va uning kichik o'g'li Jek, xayolparast olim Benedikt tog'aning boshidan kechirganlari o'quvchini befarq qoldirmaydi.
-
-
Саргардонлик
Абдужамил Нурпеисов,Сиз трилогиянинг бу қисмида ўз ҳақ-ҳуқуқи йўлида курашга отланаган қозоқ халқинингуқубатли ҳаёти била танишасиз, асарнинг биринчи китобидаёқ халқнинг сизнинг кўнглингизга яқин бўлиб қолган Эломон