-
-
-
-
-
Ta'lim,
-
Ta'lim,
-
Ta'lim,
-
-
Soliq ma'muriyatchiligida soliq nazoratini amalga oshirishning o'ziga xos xususiyatlari
Normuratov A.T.,Ta'lim, -
-
-
O'zbekiston Respublikasida advokat maqomini olish tartibini takomillashtirish imkoniyatlari
Matmurotov A.R.,Ta'lim, -
Ta'lim,
-
-
Qurilish faoliyatini ekologizatsiyalashning huquqiy masalalari
Uzakova G.Sh,Monografiyada qurilish faoliyatini amalga oshirishda ekologik talablarga rioya qilishning ilmiy-huquqiy asoslari o'rganilgan bo'lib, unda qurilish jarayonini ekologizatsiyalashning asosiy yo'nalishlari huquqiy jihatdan tatqiq etilgan. Muallif mavzuga oid xalqaro hujjatlar bilan bir qatorda milliy qonun hujjatlari, ularni amalga oshirilishi bilan bog'liq jarayonlar, shuningdek mazkur yo'nalishdagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlarini o'rgangan. Ushbu monografiya ilmiy xodimlar, amaliyotchilar, shaharlar va boshqa aholi punktlarining ekologik-huquqiy holati bilan bog'liq masalalar ustida ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar, magistrlar hamda mazkur mavzu bilan qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
-
Onaning o’z chaqalog’ini qasddan o’ldirishning jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlari
Niyozova S.S,Ushbu monografiyada onaning o'z chaqalog'ini qasddan o'ldirish tushunchasi va ijtimoiy xavfliligi, ushbu jinoyati uchun javobgarlik nazarda to'tilgan Jinoyat qonun normalarini rivojlanish tarixi, onaning o'z chaqalog'ini qasddan o'ldirishning obyektiv hamda subyektiv belgilari, ayrim xorijiy davlatlar Jinoyat qonunchiligida onaning o'z chaqalog'ini qasddan o'ldirganlik uchun jinoiy javobgarlik va ushbu jinoyatni kvalifikatsiya qilish hamda uining kriminologik tavsifiga doir masalalar bayon etilgan. Ushbu monografiya oliy o'quv yurtlari talabalari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari uchun mo'ljallangan.
-
O'simlik dunyosini huquqiy muhofaza qilish: tahlil, mulohaza, prognoz.
Mahkamov D.,Monografiyada o'simlik dunyosi obyektlari tushunchasi va ekologik tizimda tutgan o'rni, ularni huquqiy muhofaza qilish zarurati, huquqiy asoslari, ushbu sohada davlat boshqaruvi va nazorati, xalqaro-huquqiy asoslari va xorijiy tajriba, o'simlik dunyosini muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarlik tushunchasi, turlari va yuridik javobgarlik tizimi atroflicha o'rganilgan. Monografiya oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarida huquqshunoslik yo'nalishi bo'yicha tahsil olayotgan talabalar, magistrantlar, doktorantlar, huquqshunos mutaxassislar, amaliyot xodimlari hamda ushbu soha bilan qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
Distribyutorlik shartnomasini fuqarolik-huquqiy tartibga solish
Koryog'diyev B.U,Mazkur monografiyada distribyutorlik shartnomasining ta'rifi, uning nomlanmagan va mustaqil shartnoma sifatidagi xususiyatlari, distribyutorlik shartnomasi va sud amaliyotida distribyutorlik shartnomasiga nisbatan qo'llaniladigan, nomlangan fuqarolik-huquqiy shartnomalar o'rtasidagi farqlar bayon qilingan. Shuningdek, monografiyada roman-german, anglo-sakson huquq oilalari davlatlarda distribyutorlik shartnomalarini tartibga solishga oid amaliyot qiyosiy tahlil qilinib, O'zbekiston Respublikasininf Fuqarolik qonunchiligiga transformatsiya qilish istiqbollari o'rganilgan. Monografiya huquqshunoslik oliy o'quv yurtining talabalari, magistrlari, doktorantlari va ushbu sohaga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga bag'ishlangan.
-
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik
Allanova A.A,Ushbu monografiyada jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikni ijtimoiy zarurati, murojaatlarni ko'rib chiqish muddatlari, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzishning obyektiv belgilari, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzishning subyektiv belgilari hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzish jinoyatini kvalifikatsiya qilish va xorij tajribasi kabi masalalar bayon etilgan. Ushbu monografiya oliy o'quv yurtlari talabalari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari uchun mo'ljallangan.
-
Talabalarning mustaqil ta'lim kompetensiyasini shakllantirishda mobil ilovalardan foydalanish metodikasi
Toshmatov O.Sh,Mazkur monografiyada talabalarning mustaqil ta'lim kompetensiyasini shakllantirishda mobil ilovalardan foydalanish metodikasi o'rni va ahamiyati o'rganilgan. Tadqiqot tajribasi 3 ta oliy ta'lim muassasalarining jinoyat-huquqiy faoliyat ta'lim yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar orasida o'tkazildi. O'tkazilgan tajriba natijalari talabalarning mustaqil ta'lim kompetensiyalarini yaxshilashda mobil ilovalarning o'rni sezilarli darajada muhim ekanini ko'rsatdi.
-
Aybga iqrorlik to'g'risidagi kelishuv institutining o'ziga xos xususiyatlari
Toshev O.S,Unda jinoyat protsessiga aybga iqrorlik to'g'risida kelishuv institutining joriy etish maqsadi va ijtimoiy zaruratini o'rganish, aybga iqrorlik to'g'risida kelishuvni tuzish institutining tushunchasi va mazmun-mohiyatini tadqiq etish hamda boshqa o'xshash jinoyat-protsessual institutlar bilan qiyosiy-huquqiy tahlil qilish; sudga qadar bosqichida va sud jarayonida aybga iqrorlik to'g'risidagi kelishuv institutini qo'llashning protsessual jihatlarni o'rganish, aybga iqrorlik to'g'risidagi kelishuv institutini sud-tergov amaliyotida qo'llash jarayonida yuzaga keladigan muammolarni tahlil qilish; romano-german va anglo-sakson huquq tizimları ayrım davlatlarida aybga iqrorlik to'g'risidagi kelishuv institutining tartibga solinishini o'rganish, MDH davlatlarida aybga iqrorlik to'g'risidagi kelishuv institutini qo'llash mexanizmini tahlil qilish. O'zbekistonda aybga iqrorlik to'g'risidagi protsessual kelishuvi institutini yanada takomillashtirish yuzasidan asoslantirilgan taklif, tavsiya va xulosalarni ishlab chiqish yoritib berilgan.
-
Yusuf va Zulayxo dostoni syujetining genezisi va badiiy evolyutsiyasi
Babajanova N.D.,Monografiya "Yusuf va Zulayxo" dostoni syujetining qadimiy asoslari va uning badiiy talqinlarini o'rganish asosida o'zbek adabiyotidagi epik syujetlarning tadrijiy rivoji bosqichlari aniqlanishi, folklor va yozma adabiyot o'rtasidagi o'zaro ta'sir va aks ta'sir hodisasining epos taraqqiyotida tutgan o'rni belgilanishi, diniy manbalardan epik syujetlarning manbalari va badiiy adabiyotga ko'chish jarayoniga xos xususiyatlarni oydinlashtirilib berishga bag'ishlangan. Adabiy jarayon rivoji davomida mazkur epik syujetning Qul Ali, Durbek, Jusipbek Shayxulislamov va Andalib ijodidagi badiiy talqinlari, qissaxon-xalfalar repertuaridagi "Yusuf va Zulayxo" qissasining shakllanishi, o'zbek adabiyotida Yusuf mavzusining badiiy qayta ishlanishida an'anaviy syujetning stilizatsiyasi hamda uning asosiy personajlarini poetik timsol sifatida talqin qilish holati mavjudligi aniqlangan. Monografiya o'zbek mumtoz adabiyoti, tarixi va folklori bilan qiziquvchi olimlar, tadqiqotchilar va filolog mutaxassislar uchun mo'ljallangan.
-
Jinoyatga daxldorlik institutining nazariy va amaliy masalalari
Otajonov A.A,Ushbu monografiyada jinoyatga daxldorlik institutining huquqiy tartibga solinishi, jinoyatga daxldorlik bilan bog'liq jinoyatlarni sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilovchi jinoyat qonuni normalarini amalda qo'llanilishi va jinoyatga daxldorlikning shakllari, ularni oldini olish, shuningdek jinoyatga daxldorlik bilan bog'liq jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish masalalari tahlil qilingan hamda ushbu institutni takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqilgan. Huquqshunos olimlar va amaliyot xodimlari, doktorant va mustaqil izlanuvchilari, tinglovchi, kursant va talabalar uchun mo'ljallangan.
-
Soliq ma'muriyatchiligida soliq nazoratini amalga oshirishning o'ziga xos xususiyatlari
Normuratov A.T.,Ushbu monografiya asosan yurisprudensiya ta'lim yo'nalishidagi bakalavr va magistratura bosqichi talabalari hamda Ma'muriy sud ish yurituvi modulini o'rganayotgan yurisprudensiya yo'nalishida ta'lim oluvchi akademik litseylar va yuridik texnikum tinglovchilari uchun mo'ljallangan. Monografiyada ommaviy-huquqiy nizolarni qonuniy hal qilish yuzasidan sud ish yurituvini amalga oshiruvchi Ma'muriy sudlarda ish yuritishning o'ziga xos instituti sanalgan "Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar yuzasidan qayta ko'rish yuzasidan ish yurutish" bosqichi haqida ilmiy- nazariy, qonunchilik va sud amaliyoti asosidagi tahlili amalga oshirilgan. Monografiya 2 bob. 5 ta paragarafdan iborat bo'lib, unda ma'muriy sud ish yuritish va ma'muriy ish yuritish tushunchasi, o'ziga xos belgilari, ma'muriy ish yuritishning ahamiyati va tasnifi (klassifikatsiyasi), O'zbekiston Respublikasida ma'muriy sud ish yurituvining qisqacha kelib chiqish (asosan qonunchilik tahlilidan iborat) tarixi hamda Ma'muriy sud ish yurituvining boshqa ish yuritishdan ajralib turadigan o'ziga xos bir qator jihatlari tahlil ostiga olingan. Shuningdek, qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar yuzasidan qayta ko'rish yuzasidan ish yurutishning asoslari, ish yuritish tartibi, e'tibor berilishi kerak bo'lgan jihatlari hamda ish yuritish yuzasidan qabul qilinadigan barcha ish yuritish(protsessual) va ishni mazmunan ko'rish natijalari bo'yicha qabul qilinadigan hujjatlardan namunalar yordamida mavzu yanada oydinroq ochib berilgan. Rossiya, Ukraina, Qozog'iston. Qirg'izistonlik olimlarining asosiy ilmiy qarashlarini, shuningdek, mazkur davlatlar qonunchiligida nazarda tutilgan mavzuga oid ish yuritishning normativ tartib-qoidalari tahlil qilingan.
-
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rish yuzasidan ish yuritish
Zoilboyev J.K,Ushbu monografiya asosan yurisprudensiya ta'lim yo'nalishidagi bakalavr va magistratura bosqichi talabalari hamda Ma'muriy sud ish yurituvi modulini o'rganayotgan yurisprudensiya yo'nalishida ta'lim oluvchi akademik litseylar va yuridik texnikum tinglovchilari uchun mo'ljallangan. Monografiyada ommaviy-huquqiy nizolarni qonuniy hal qilish yuzasidan sud ish yurituvini amalga oshiruvchi Ma'muriy sudlarda ish yuritishning o'ziga xos instituti sanalgan "Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar yuzasidan qayta ko'rish yuzasidan ish yurutish" bosqichi haqida ilmiy- nazariy, qonunchilik va sud amaliyoti asosidagi tahlili amalga oshirilgan. Monografiya 2 bob. 5 ta paragarafdan iborat bo'lib, unda ma'muriy sud ish yuritish va ma'muriy ish yuritish tushunchasi, o'ziga xos belgilari, ma'muriy ish yuritishning ahamiyati va tasnifi (klassifikatsiyasi), O'zbekiston Respublikasida ma'muriy sud ish yurituvining qisqacha kelib chiqish (asosan qonunchilik tahlilidan iborat) tarixi hamda Ma'muriy sud ish yurituvining boshqa ish yuritishdan ajralib turadigan o'ziga xos bir qator jihatlari tahlil ostiga olingan. Shuningdek, qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar yuzasidan qayta ko'rish yuzasidan ish yurutishning asoslari, ish yuritish tartibi, e'tibor berilishi kerak bo'lgan jihatlari hamda ish yuritish yuzasidan qabul qilinadigan barcha ish yuritish(protsessual) va ishni mazmunan ko'rish natijalari bo'yicha qabul qilinadigan hujjatlardan namunalar yordamida mavzu yanada oydinroq ochib berilgan. Rossiya, Ukraina, Qozog'iston. Qirg'izistonlik olimlarining asosiy ilmiy qarashlarini, shuningdek, mazkur davlatlar qonunchiligida nazarda tutilgan mavzuga oid ish yuritishning normativ tartib-qoidalari tahlil qilingan.
-
Jinoyat sodir qilish usuli va uning ahamiyati
Xudaykulov F.X,Ushbu monografiyada jinoyat tarkibi obyektiv tomoni fakultativ belgilarining umumiy tavsifi, jinoyatning obyektiv tomoni fakultativ belgilari tushunchasi va ahamiyati, jinoyatning obyektiv tomoni fakultativ belgilari turlari va tuzilishi, jinoyat obyektiv tomoni fakultativ belgilarining o'zaro munosabati, jinoyat sodir qilish usulining jinoyat-huquqiy ahamiyati, jinoyat sodir qilish usuli qilmishni kvalifikatsiya qilishning zaruriy hamda javobgarlikni og'irlashtiruvchi belgisi sifatida Jinoyat kodeksi Maxsus qismida nazarda tutilishi, shuningdek, ular bilan bog'liq jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish va jazo tayinlash masalalari bayon qilingan. Mazkur monografiyada oliy o'quv yurtlari talabalari, yuridik ta'lim muassasalarining professor-o'qituvchilari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari uchun mo'ljallangan.
-
Jinoyat sodir qilish usuli va uning ahamiyati
Xudarkulov F.X.,Ushbu monografiyada jinoyat tarkibi obyektiv tomoni fakultativ belgilarining umumiy tavsifi, jinoyatning obyektiv tomoni fakultativ belgilari tushunchasi va ahamiyati, jinoyatning obyektiv tomoni fakultativ belgilari turlari va tuzilishi, jinoyat obyektiv tomoni fakultativ belgilarining o'zaro munosabati, jinoyat sodir qilish usulining jinoyat-huquqiy ahamiyati, jinoyat sodir qilish usuli qilmishni kvalifikatsiya qilishning zaruriy hamda javobgarlikni og'irlashtiruvchi belgisi sifatida Jinoyat kodeksi Maxsus qismida nazarda tutilishi, shuningdek, ular bilan bog'liq jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish va jazo tayinlash masalalari bayon qilingan. Mazkur monografiyada oliy o'quv yurtlari talabalari, yuridik ta'lim muassasalarining professor-o'qituvchilari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari uchun mo'ljallangan.
-
Talabalarini raqamli kompetensiyasini shakllantirishda elektron resurslarni joriy etish metodikasi
Yunusova,Monografiyada zamonaviy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida talabalarni raqamli etikasini shakllantirishning raqamli-psixologik imkoniyatlarini kengaytirish, yuksaltirish tizimi samaradorligini ta'minlash, raqamli bo'lajak mutaxassislarning raqamli etikasini huquqlari bo'yicha bilimlarini oshirishning samarali mexanizmlarini yaratish bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. va davlat ishlariga keng jalb etish, turli institutlar orqali talabalarning raqamli huquqiy savodxonligini kuchaytirishning optimal xalqaro raqamli etika normalarini shu bilan birga, talabalarni raqamli davriga ta'sir darajasini oshirish, ularni jamoat milliy qonunchilikka tatbiq yechimlarini topish masalalari yoritilgan. Raqamli kompetentsiya va raqamli etika bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlariga alohida e'tibor berilmoqda.
-
O'zbekiston Respublikasida advokat maqomini olish tartibini takomillashtirish imkoniyatlari
Matmurotov A.R.,Mazkur monografiyada advokat maqomiga ega bo'lish tushunchasi va uning o'ziga xos xususiyatlari, advokat maqomiga ega bo'lish uchun qo'yilgan talablarning qiyosiy-huquqiy tahlili, talabgorning advokat maqomini olishda fuqarolik va ta'lim darajasiga qo'yilgan talablar, advokat maqomiga ega bo'lishning zaruriy talabi sifatida yuridik ixtisoslik bo'yicha ish staji ega bo'lishi, stajirovka o'tashning mohiyati va tartibi, malaka imtihonini topshirish hamda advokat maqomini olish tartibining o'ziga xos jihatlari xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida tahlil etilgan hamda advokat maqomiga ega bo'lish tartibini takomillashtirish yuzasidan asoslantirilgan taklif va tavsiyalar bayon qilingan. Monografiya talabalar, magistrantlar, professor-o'qituvchilar. yurisprudensiya sohasida tadqiqotlar olib borayotgan izlanuvchilar, huquqshunos olimlar, advokatlar va huquqni qo'llash amaliyoti vakillari hamda keng jamoatchilik uchun mo'ljallangan.
-
Ayollar jinoyatchiligining jinoyat huquqiy va kriminologik jihatlari
Abdurasulova Q.R.,Ushbu monografiyada ayollar jinoyatchiligini o'rganish tarixi, ayollar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning kriminologik tavsifi, jinoyatchi ayollarning tipologiyasi, ayollar jinoyatchiligining sabablari, uning oldini olish, jinoyat sodir etgan ayollarga jazo tayinlash masalalari mavzuga oid ilmiy- nazariy adabiyotlardan va sud-tergov amaliyoti materiallaridan statistika ma'lumotlaridan foydalangan holda ochib berilgan.