-
Ta'lim,
-
-
-
-
Ta'lim,
-
-
-
Ta'lim,
-
Ta'lim,
-
-
Mehnat huquqi,
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Soliq huquqi moduli bo'yicha kazuslar to'plami
Ergashev I.A., Rahmatov E.J.,Mazkur o'quv qo'llanmada O'zbekiston Respublikasi soliq huquqining tizimlashtirilgan asosiy institutlari va normalari amaliy vaziyatlar (kazuslar) orqali yorqin misollar asosida chuqur tahlil qilingan. Har bir kazus soliq huquqi sohasidagi nazariy bilimlarni amaliyotda qo'llash ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. Ushbu kazuslar to'plami oliy yuridik ta'lim muassasalari talabalari, soliq organlari xodimlari, amaliyotchilar, tadbirkorlik subyektlari hamda soliq huquqi masalalari bilan qiziquvchi keng jamoatchilikka mo'ljallangan.
-
Big dataning fuqarolik-huquqiy rejimi
Mamanazarov S.Sh.,Monografiyada ilk bor Big Data (katta ma'lumotlar)ning fuqarolik- huquqiy rejimi bilan bog'liq ilmiy va amaliy muammolari yangicha yondashuv asosida kompleks tarzda tadqiq etilgan. Muallif ilmiy-nazariy va amaliy asoslar orqali Big Data sohasiga oid huquqiy normalarni takomillashtirish zaruratini asoslab, amaldagi fuqarolik qonunchiligiga tegishli o'zgartirish va qo'shimchalar kiritishni taklif etadi. Monografiyada ilgari surilgan takliflar, umumlashtirilgan xulosa va qoidalar Big Data doirasida ma'lumotlarni himoya qilish hamda maxfiylikni ta'minlashga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirishda qo'llanishi mumkin. Shuningdek, tadqiqot natijalaridan O'zbekiston Respublikasining intellektual mulk sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish, "Xalqaro xususiy huquq", "Fuqarolik huquqi", "Kiber huquq", "Xalqaro tijorat huquqi", "Intellektual mulk huquqi" fanlarini o'qitish va ushbu fanlar boʻyicha darsliklar, o'quv qo'llanmalar, ma'ruza matnlari, o'quv kurslari dasturlari yaratish hamda ilmiy-tadqiqot ishlarida va fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirishda samarali foydalanish mumkin.
-
Soliq huquqi: 100 savolga 100 javob
Ergashev I.A., Rahmatov E.J.,Mazkur o'quv qo'llanmada O'zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligida belgilangan 100 ta eng muhim qoida va tushunchaning mazmun-mohiyati savol-javob tarzida batafsil yoritilgan. Ushbu o'quv qo'llanma oliy yuridik ta'lim muassasalari talabalari, soliq organlari xodimlari, tadbirkorlar va keng jamoatchilikka mo'ljallangan.
-
Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar
Imomov N., Babajanova D.,Mazkur o'quv qo'llanmada O'zbekiston Respublikasining fuqarolik qonunchiligi asosida zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar, zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlarning vujudga kelishi va rivojlanishi, zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar tushunchasi va ularning o'ziga xos xususiyatlari, zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlik asosi va shartlari, zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlarning alohida turlari, zararni qoplash usullari va zarar miqdorini aniqlash, delikt majburiyatlarida regress huquqi masalalari tahlil etilgan. O'quv qo'llanma oliy o'quv yurtlarining huquqshunoslik mutaxassisligi talabalari, tadqiqotchilar, o'qituvchilar, amaliyot xodimlari va zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlarning huquqiy asoslariga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
Telekommunikatsiya tarmoqlarida mualliflik huquqi va turdosh huquqlar muhofazasi
Yuldashov A.A.,Ushbu o'quv qo'llanmada telekommunikatsiya tarmoqlarida mualliflik huquqi va turdosh huquqlar muhofazasini huquqiy tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, telekommunikatsiya tarmoqlarida mualliflik huquqi tushunchasi, o'ziga xos xususiyatlari va predmeti, muhofazaning nazariy va texnik jihatlari, O'zbekiston qonunchiligi hamda xalqaro shartnomalarda mualliflik va turdosh huquqlarni telekommunikatsiya tarmoqlarida muhofaza qilishga doir normalarning nazariy va amaliy ahamiyati oʻrganilgan.
-
O'zbek tili
Ushbu darslik yuridik texnikumlarning rus guruhi o'quvchilari uchun mo'ljallangan. Darslik O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari faoliyatini takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 677-son qarori hamda yangi o'quv sillabusi asosida yaratilgan. Darslik maqsadi rusiyzabon o'quvchilarning o'zbek tilida to'g'ri talaffuz qilish, o'qish, gaplashish, yozish ko'nikmalarini shakllantirish. eng asosiysi, bo'lg'usi mutaxassislarning o'zbek tilida mustaqil fikrlash, ijtimoiy-huquqiy faoliyatda shaxslararo to'g'ri muloqot qilish, turli vaziyatlarda professional nutqdan foydalanish malakalarini shakllantirish va takomillashtirishdan iborat. Mavzu yuzasidan bilimlar amaliy mashg'ulotlar asosida mustahkamlanadi, sohaga oid mashqlar yordamida o'zlashtiriladi.
-
Жиноят одил судлов асослари
Хидоятов Б.Б., Уралов С.С.,Муаллифлар томонидан ушбу дарсликни тайёрлашда жиноий одил судловни таъминлашда Жиноят-процессуал конунчилик нормалари содда тилда тахлил килинган. Дарсликдаги мавзулар Жиноят-процессуал ҳуқуқига кириш мақсадида аниқ ва равон тилда баён қилинган. Бундан ташқари Жиноят ҳуқуқига оид бўлган нормалар ҳам таҳлил қилинган. Дарсликда жиноий одил судлов, унинг функциялари, вазифалари ёритилган бўлиб, ушбу вазифаларни амалга оширишга ваколатли бўлган ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органларнинг процессуал ваколатлари акс эттирилган. Бундан ташкари одил судловни таъминлашда далилларнинг ўрни тўғрисида аниқ тафсилотлар баён қилинган. Ушбу дарслик юриспруденция йўналишида таҳсил олаётган бакалавриат талабалари учун мўлжалланган бўлиб, жиноий одил судлов асосларини пухта ўрганишлари, базавий ҳамда фундаментал билим олишларини мақсад қилган.
-
Norma ijodkorligini takomillashtirishning ustuvor yo'nalishlari
Xujanazarov A.A.,Mazkur monografiyada muallif A. Xujanazarovning "Raqamli texnologiyalar rivojlanishi sharoitida norma ijodkorligining tashkiliy- huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish" mavzusidagi (DSc) dissertatsiya ishi doirasida norma ijodkorligini takomillashtirishning ustuvor yo'nalishlari yoritilgan. Jumladan, norma ijodkorligi tushunchasi, qonunchilik hujjatlari loyihalarining huquqiy ekspertizasi, norma ijodkorligi faoliyatining raqamli transformatsiyasi, unda sun'iy intellektni qo'llashning tashkiliy-huquqiy jihatlari, ushbu faoliyatda korrupsiyaga qarshi, gender- huquqiy, iqtisodiy-moliyaviy, lingvistik ekspertizalarining ahamiyati kabi masalalar o'rin olgan. Shuningdek, norma ijodkorligini monitoring qilishning tashkiliy-huquqiy jihatlari, ushbu faoliyatda fuqarolar ishtiroki, to'g'ridan to'g'ri amal qiluvchi qonunlar yo'nalishlari ko'rib chiqilgan. Monografiya huquqshunoslik yo'nalishida ta'lim oluvchi talabalarga, ilmiy tadqiqotchilarga, yuridik amaliyot mutaxassislariga va norma ijodkorligi sohasiga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
O'zboshimchalik bilan qurilgan imoratning fuqarolik-huquqiy rejimi
Kurbanova X.Y.,Ushbu monografiyada amaldagi qonunchilikdagi o'zboshimchalik bilan qurilgan imorat tushunchasining ta'rifi, turlari, bu xususda amaliyotda mavjud muammolar tadqiq etilgan. Ilmiy asoslangan va muhim amaliy ahamiyat kasb etuvchi takliflar ishlab chiqilgan. Shuningdek, o'zboshimchalik bilan qurilgan imoratga mulk huquqini e'tirof etish asoslari va tartibi, bunday munosabat ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari, fuqarolik-huquqiy javobgarligi masalalari, bu boradagi olimlarning turli xil yondashuvlari tahlil qilingan. Xorijiy davlatlar qonunchiligini tahlil qilish bilan birga tegishli ilmiy xulosalar, takliflar va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Monografiyadan sudyalar, advokatlar, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari, yuristlar va ilmiy tadqiqotchilar foydalanishlari mumkin.
-
Ko'chmas mol-mulkning fuqarolik-huquqiy rejimi
Imomov N., Hajiyev U.,Ushbu o'quv qo'llanmada fuqarolik huquqining obyekti sifatida korxona tushunchasi va uning huquqiy rejimi bilan bog'liq masalalar yoritilgan. Shuningdek, qo'llanmada ko'chmas mulk tushunchasi va uni aniqlash mezonlari, ko'chmas mulk obyekti sifatida yer uchastkalari va yer osti boyliklari, bino va inshootlarning ko'chmas mulk obyekti sifatida rejimi, ko'chmas mulkning o'ziga xos obyekti sifatida uy-joyning huquqiy rejimi, ko'chmas mulkning alohida obyekti sifatida korxonaning huquqiy rejimi, korxonaning fuqarolik-huquqiy munosabat obyekti sifatidagi tushunchasi va tavsifi, mulk huquqi obyekti sifatida korxona tarkibini aniqlash muammolari, korxonaga nisbatan huquqlarni amalga oshirish, "virtual korxona"ning fuqarolik-huquqiy maqomi kabi masalalar o'z ifodasini topgan. O'quv qo'llanma yurisprudensiya yo'nalishi talabalari, o'qituvchilar, tadqiqotchilar hamda ko'chmas mol-mulkning fuqarolik-huquqiy rejimi bilan qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
Jinoyat protsessida sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish
Suyunova D.J.,Ushbu darslikda O'zbekiston Respublikasi amaldagi jinoyat-protsessual qonunchiligi sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi, adolatliligi, apellatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlarining funksiyalari, vakolatlari, birinchi instansiya sudlari hukmlarini bekor qilish yoki o'zgartirish asoslari o'rganilgan. Shuningdek, yuqori instansiya sudlari tomonidan qabul qilinayotgan sud qarorlari tuzilishi ko'rib chiqilgan hamda O'zbekiston jinoyat protsessida sud qarorlarini qayta ko'rib chiqish institutining tarixiy rivojlanishi tahlil qilingan.
-
O'zbekiston mehnat munosabatlarini kollizion-huquqiy tartibga solish
Musayev B.T,Ushbu o'quv qo'llanmada xalqaro xususiy huquqda mehnat munosabatlari, uning belgilari, kollizion normalar, ularni qo'llash masalalari, xalqaro tajriba, amaliyotdagi muammolar, O'zbekiston Respublikasining qonunchiligi, shuningdek, ushbu sohaga oid xalqaro hujjatlar tahlil qilingan. O'quv qo'llanma xalqaro xususiy mehnat munosabatlarini kollizion-huquqiy tartibga solishning nazariy asoslarini rivojlantirishga, mehnat va fuqarolik qonunlarini qo'llash amaliyotini o'rganishga xizmat qiladi.
-
-
-
-
-
-
-