-
-
-
Научно - практический комментарий к уголовно - процессуальному кодексу Российской федерации
Лебедева В.М. под редак.,Уголовное процесс, -
-
-
Уголовное процесс,
-
-
Jinoyat ishi yurituvini to'xtatish va qayta tiklash instituti
Tulaganova G.Z, Boboxonov A.A., Ro'ziyev B.M., -
-
-
-
-
-
-
-
-
Electronic government
Kan E.E,The study guide provides a comprehensive examination of digital transformation in public administration and government services, focusing on theoretical foundations and practical implementations across various domains of public service delivery. It explores key areas, including electronic public services, e-justice, e-health, e-education, electronic elections, and citizen participation. presenting an analysis of technological infrastructures, security frameworks, and organizational management approaches for successful digital transformation. Special attention is given to emerging technologies such as artificial intelligence, blockchain, and the Internet of Things (IoT), examining their impact on public administration and service delivery. The guide also includes a discussion of smart city development and strategic planning, combining theoretical concepts with practical applications supported by real-world case studies. The material is based on current international standards, best practices, and research findings, incorporating relevant legislation and regulatory frameworks. Drawing on global digital government initiatives, it provides insights into successful implementation strategies. This book is designed for students of public administration, government officials, IT specialists, researchers, and policymakers involved in digital transformation projects. This study guide is recommended for publication based on the order of the Rector of Tashkent State University of Law No. 153 dated august 29, 2024 (registration number-153-36).
-
Киберстрахование
Якубова М.А.,В настоящем учебном пособии рассматриваются основные аспекты и во просы, связанные с киберстрахованием, предоставляя системный обзор этой важной области. Особое внимание уделяется анализу киберрисков, структуры полисов и механизмов урегулирования в случае киберинцидентов. В условиях стремительного развития цифровых технологий и увеличения угроз в кибер- пространстве, киберстрахование становится неотъемлемой частью управления рисками. Учебное пособие предоставляет обширный обзор принципов кибер- страхования, его роли в современном бизнесе и методов анализа киберрисков. Авторы также обсуждают тенденции в развитии киберстрахования, новые тех нологии в области кибербезопасности и стратегии превентивных мер. Учебное пособие ставит своей целью обеспечить читателей не только теоретическими знаниями, но и практическими инструментами для эффективного управления киберрисками и выбора подходящих страховых решений. Учебное пособие предназначено для тех, кто стремится овладеть основами киберстрахования, включая студентов, в том числе по направлению юриспруденции, профессионалов в сфере страхования, а также все, кто интересуется эффективными методами защиты организаций от киберугроз. Данное учебное пособие рекомендовано к опубликованию приказом рек- тора Ташкентского государственного юридического университета от 28 февраля 2024 года № 37-ит (регистрационный номер - 37-47).
-
Boshqaruv evolyutsiyasi: menejmentning zamonaviy tendensiyaslari va amaliy jihatlari
O'ktamova N.,Mazkur o'quv-uslubiy qo'llanma menejment nazariyasining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari, zamonaviy boshqaruv yondashuvlari, davlat moliyasi tizimining iqtisodiy mohiyati hamda raqamli transformatsiya jarayonlarining boshqaruvdagi o'rni va ahamiyatini qamrab oladi. Unda rivojlangan mamlakatlar tajribasi, davlat budjeti boshqaruvi, shuningdek, O'zbekistonning raqamli islohotlar yo'lidagi amaliy harakatlari tahlil qilinadi. Qo'llanma nafaqat oliy va o'rta maxsus ta'lim muassasalari talabalari va magistrantlari, balki ilmiy izlanuvchilar, tashkilot rahbarlari, HR mutaxassislari hamda boshqaruv sohasida malakasini oshirishni istagan barcha mutaxassislar uchun nazariy va amaliy jihatdan foydali manba bo'lib xizmat qiladi. Mazkur o'quv-uslubiy qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2024-yil 27-dekabrdagi 228-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami - 228-14).
-
Научно - практический комментарий к уголовно - процессуальному кодексу Российской федерации
Лебедева В.М. под редак., -
Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish
Abzalova X.M.,Ushbu o'quv qo'llanmada voyaga yetmaganlar uchun jinoiy javobgarlikning umumiy asoslari hamda voyaga yetmaganlarga nisbatan majburlov choralarini qo'llashda ayrim xorijiy davlatlar tajribasi, voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining sabab va shart-sharoitlari, voyaga yetmagan jinoyatchi shaxsi, voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish, voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining profilaktikasi hamda ayrim xorijiy davlatlarda voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish masalalari bayon etilgan. Mazkur o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2022-yil 28-dekabrdagi 412-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami-412-6).
-
Sport kontraktlari huquqi
Musayev B., Oqyulov O., Imomov N.,Ushbu darslikda sport kontraktlari tushunchasi, xususiyati haqida tushuncha berilib, sport kontraktining huquqiy tavsifi, kontraktni tuzish va bu jarayonda sport agentining faoliyati, sport shartnomasini xalqaro huquqiy qo'llab-quvvatlashning rivojlanish istiqbollari hamda yo'nalishlari bilan birga, sportchi, murabbiylarning, ish beruvchining huquq va majburiyatlariga oid mavzular o'rin olgan. Shuningdek, sport shartnomasi shartlarini buzganlik uchun tomonlarning javobgarligi, professional sportchilar, trenerlar huquq va manfaatlarini himoya qilish usullari kabi masalalar fuqarolik huquqi nuqtayi nazaridan yoritilgan. Darslik yurisprudensiya sohasida tahsil olayotgan talabalar, tadqiqotchilar va sportning huquqiy asoslariga qiziquvchilar uchun mo'ljallangan. Mazkur darslik Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2022- yil 28-dekabrdagi 412-um-sonli buyrug'iga ko'ra nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami - 412-65).
-
Xalqaro ekologiya huquqi fanidan amaliy kazuslar to'plami
Nishonov A.U.,Mazkur o'quv qo'llanmada O'zbekiston Respublikasi tomonidan ekologiya va atrof-muhit sohasini tartibga soluvchi 18 ta xalqaro konvensiya, atrof-muhit muhofazasiga doir ikki va ko'p tomonlama shartnomalar, boshqa xalqaro hujjatlar bilan tartibga solishga qaratilgan 200 ta muammoli holatni o'zida aks ettirgan amaliy kazuslar jamlangan. Ularning aksariyati dunyo amaliyotida sodir bo'lgan ekologik nizolar asosida tayyorlangan. Ushbu o'quv qo'llanma ilmiy xodimlar, amaliyotchilar, xalqaro ekologiya huquqi sohasi bilan bog'liq masalalar ustida ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar, magistrlar hamda mavzuga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan. Mazkur o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2024-yil 27-dekabrdagi 228-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami-228-13).
-
Fuqarolik huquqida pul majburiyatlari
Imomov N., Shoraxmetova U., Babajanova D.,Mazkur o'quv qo'llanmada fuqarolik huquqida pul majburiyatlari tushunchasi, uning mohiyati va o'ziga xos xususiyatlari, ahamiyati, pul majburiyatlarining turlari hamda ularning klassifikatsiya qilinishi, pul majburiyatlarini fuqarolik-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish masalalari, pul bo'yicha majburiyatlarni bajarishning o'ziga xos xususiyatlari, pul majburiyatlarini buzganlik uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlik muammolari yoritilgan. O'quv qo'llanma yurisprudensiya yo'nalishi bo'yicha bakalavr va magistratura bosqichida o'qiyotgan talabalar, qolaversa, sohaga qiziqqan keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan. Mazkur o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2022-yil 28-dekabrdagi 412-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami -412-58).
-
-
Soliq majburiyatlarning huquqiy asosi
Ergashev I.A.,Mazkur o'quv qo'llanmada soliq majburiyatini bajarishning mazmun- mohiyati, bajarish tartibi va tugatilishi, ta'minlash usullari kabi masalalar bayon etilgan. O'quv qo'llanmada mavzuga oid taqdimotlar, muammoli savollar, testlar hamda tavsiya etiladigan adabiyotlar ro'yxati o'z ifodasini topgan. O'quv qo'llanma oliy yuridik ta'lim muassasalari talabalariga mo'ljallangan. Mazkur o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2023-yil 22-dekabrdagi 224-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami - 224-1).
-
Jinoyat ishi yurituvini to'xtatish va qayta tiklash instituti
Tulaganova G.Z, Boboxonov A.A., Ro'ziyev B.M.,Mazkur o'quv qo'llanma jinoyat protsessining muhim institutlaridan biri hisoblangan jinoyat ishi yurituvini to'xtatish, tiklash, uning protsessual tartibi va asoslari masalalariga bag'ishlangan. O'quv qo'llanma yuridik oliy o'quv yurtlarining magistratura va bakalavriat bosqichida ta'lim oluvchi talabalar, tinglovchilar hamda surishtiruv, tergov faoliyati bilan qiziquvchi keng kitobxonlarga mo'ljallangan. Mazkur o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2024-yil 27-dekabrdagi 228-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami - 228-21).
-
Sport sohasidagi nizolarining ko'rib chiqilishi
Turdialiyev M.P.,Mazkur o'quv qo'llanma sport sohasidagi nizolarni hal etish masalalariga bag'ishlangan bo'lib, unda FIFA Nizolarni hal qilish palatasi (DRC) va Sport arbitraj sudi (CAS) faoliyati, sport mediatsiyasi institutining xususiyatlari hamda sport nizolarini hal etishning zamonaviy tendensiyalari kompleks tahlil qilingan. O'quv qo'llanmada sport nizolarining o'ziga xos xususiyatlari, ularni hal etishning xalqaro mexanizmlari va milliy amaliyotni takomillashtirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, CAS qarorlarining pretsedent ahamiyati, arbitrlarning huquqiy maqomi va ularning o'zaro munosabatlari masalalari chuqur o'rganilgan. O'quv qo'llanmada sport nizolarini hal etish mexanizmlarini takomillashtirish bo'yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Mazkur o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2024-yil 27-dekabrdagi 228-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami -228-22).
-
Ona tili
Choriyev O.,Ushbu o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseyning 1-bosqich o'quvchilariga mo'ljallangan bo'lib, milliy til, adabiy til, fonetika, grafika, orfoepiya va orfografiya kabi tilshunoslik bo'limlarini qamrab olgan holda o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqlarini yanada takomillashtirish, ularning siyosiy-ijtimoiy soha hamda yurisprudensiya doirasidagi turli matnlarni savodli yoza olish ko'nikmalarini shakllantirishga ko'maklashadi. O'quv qo'llanma bo'lajak huquqshunos mutaxassislar, akademik litseyning 1-bosqich o'quvchilari hamda tilshunoslikka qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan. Mazkur o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2025-yil 7-maydagi 87-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami - 87-01).
-
Zamonaviy yurist uchun legal tech vositalari
Inoyatov N.X.,Mazkur o'quv qo'llanmada Legal Tech tushunchasi va uning zamonaviy yuridik amaliyotdagi o'rni, O'zbekistonda Legal Techning rivojlanish istiqbollari, kriptovalyutalar va raqamli aktivlar hamda blokcheyn texnologiyasining huquqiy tartibga solinishi, kiberxavfsizlik va ma'lumotlarni himoya qilish, saqlash va sinxronlashtirish, shuningdek, Yuridik ma'lumotlar xavfsizligi va mijoz ma'lumotlarini himoya qilish, sun'iy intellektni huquqiy tartibga solish, "machine learning" va bulutli texnologiyalar haqida batafsil ma'lumotlar berilgan. O'quv qo'llanma oliy yuridik o'quv yurtlarining talabalari, tadqiqotchilari, doktorantlari, o'qituvchilari va ushbu sohaga qiziqqan keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan. Mazkur o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2024-yil 27-dekabrdagi 228-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami - 228-9).
-
HR-menejment va biznes modellari
Tuxtasinov N.,"HR-menejment va biznes modellari" o'quv qo'llanmasi zamonaviy biznes muhitida inson resurslarini boshqarishning ahamiyati va uning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o'rnini chuqur tahlil qilishga bag'ishlangan. Unda inson resurslarining rivojlanish strategiyalari, inson kapitalining turlari va uning iqtisodiyot bilan bog'liqligi, shuningdek, tashkilot maqsadlariga erishish yo'lida resurslarni samarali boshqarish va brend boshqaruvi, autsorsingning kompaniyalar uchun asosiy afzalliklari va kamchiliklari kabi mavzular atroflicha bayon etiladi. Mazkur o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2025-yil 31-iyuldagi 163-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami - 163-55).
-
Yuridik terminlar tezaurusidan foydalanish
Rustambekov I., Ramazonov N.,Ushbu o'quv qo'llanmada yuridik terminlarni tezaurus shaklida taqdim etishga doir bilimlar yuridik terminologiya, qonun tili muammolari va ularni bartaraf etish yo'llari, yuridik leksik birliklar (deskriptorlar) hamda ular o'rtasidagi semantik munosabatlar kabi mavzular yoritiladi. Sohaga oid xorijiy tajribalar ko'rib chiqilib, platforma kontenti, dasturiy va multimedia mahsulotlarini yaratish bo'yicha ham ma'lumotlar beriladi. Qo'llanma huquqshunos mutaxassislar, talaba va magistrantlar, amaliyotchi yuristlar hamda yuridik terminlarga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan. Mazkur o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2022-yil 28-dekabrdagi 412-um sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami -412-87).
-
Korporativ etika (huquqiy aspekt)
Yuldashev J.I.,Ushbu monografiya korporativ etika masalalarini nazariy-metodologik nuqtayi nazardan tadqiq etuvchi kompleks ilmiy asar hisoblanadi. Unda korporativ etikaning mazmun-mohiyati, funksional xususiyatlari, tarixiy rivojlanish bosqichlari hamda O'zbekiston hududida shakllanish tendensiyalari chuqur tahlil qilingan. Monografiyada, shuningdek, korporativ etikaning nazariy-konseptual asoslari, turli mamlakatlarda amal qiluvchi korporativ xulq-atvor kodekslarining qiyosiy tahlili, qaror qabul qilish mexanizmlari, globallashuv sharoitida raqamli transformatsiyaning korporativ etikaga ta'siri masalalari batafsil yoritilgan. Muallif tomonidan O'zbekistonda milliy-madaniy xususiyatlarning korporativ etikaga ta'siri o'rganilgan hamda sun'iy intellekt texnologiyalarini korporativ boshqaruvga tatbiq etishning huquqiy va axloqiy jihatlarini tartibga soluvchi yangi konseptual yondashuvlar taklif etilgan. Monografiya huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy soha mutaxassislari, professor- o'qituvchilar, tadqiqotchilar, korporativ boshqaruv amaliyotchilari hamda keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan. Mazkur monografiya Toshkent davlat yuridik universiteti Tadqiqot etikasi kengashining 2025-yil 20-iyundagi 8-sonli majlis bayonnomasi asosida nashrga tavsiya etilgan.
-
Yerosti suvlarini huquqiy muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishni takomillashtirish masalalari
Otamirzayev O.,Mazkur monografiyada hozirgi kunda dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgan suv muammosi, xususan, yerosti suvlari bilan bog'liq masalalar qonunchilik hamda ilmiy-nazariy nuqtayi nazardan chuqur o'rganilib, ularning mazmun-mohiyati atroflicha tahlil etilgan. Bugungi kunda yerosti suvlarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etib, ustuvor vazifalardan biriga aylangan. Ushbu jarayonda jahon tajribasiga tayanilgan holda yechim va takliflar ishlab chiqilgan. Monografiya huquqshunoslik sohasi bo'yicha ta'lim olayotgan bakalavriat va magistratura talabalariga, shuningdek, ushbu yo'nalishda faoliyat yuritayotgan o'qituvchilar va mutaxassislar uchun mo'ljallangan. Mazkur monografiya Toshkent davlat yuridik universiteti Tadqiqot etikasi kengashining 2025-yil 25-sentabrdagi 1-sonli majlis bayonnomasi asosida nashrga tavsiya etilgan.