-
Kecha va kunduz
Abdulhamid Cho'lpon,Abdulhamid Sulaymon o'g'li Cho'lpon (1898-1938)-shoir,yozuvchi,dramaturg,tarjimon va jamoat arbobi."Sadoi Turkiston","Darxon", "Yangi Sharq", "Ishtirokiyun", "Buxoro axbori" gazetalari va "Mushtum", "Guliston" kabi jurnallarda faoliyat yuritgan."Ilmiy kengash", "Chig'atoy gurungi", "Nashri maorif" tashkilotlari va "Turon" teatrida adabiy, ilmiy-ma'rifiy ishlar bilan shug'ullangan.Uning "O'zbek yosh shoirlari', "Uyg'onish" (1922),"Buloqlar"(1923), "Tong sirlari" (1926) va "Soz" (1935) to'plamlari;"Oydin kechalarda", "Qor qo'ynida lola", "Novvoy qiz", "Qurboni jaholat", "Do'xtir Muhammadyor singari hikoyalari", "Yo'l esdaligi", "Vayronalar orasidan", "Adabiyot nadir?" kabi ocherk va maqolalari; "Temirchi","Gunoh", "Cho'rining isyoni", "Yorqinoy", "Xalil farang","O'ldiruvchi" (1921), "Sevgi va saltanat", "Cho'pon sevgisi"(1922), "Yana uylanaman","Qorovul uyqusi" kabi sahna asarlari va "Kecha va kunduz" romani mavjud.Cho'lpon "Malikai Turondot" (K.Gotstsi),"Tergovchi" (N.V.Gogol), "Labbay", "Xasis( Moler) kabi asarlarni tarjima qilgan.Cho'lponga Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti (1991) va "Mustaqillik" ordeni (1999) berilgan.
-
Mehrobdan chayon
Abdulla Qodiriy,O'zbek romanchiligi va hayotiy hikoyalar janrining asoschisi, buyuk ustozimiz-Abdulla Qodiriy(1894-1938-yillar) XX asr o'zbek adabiyotining buyuk darg'alaridan biri bo'lgan. A.Qodiriy dastlabki ta'limni musulmon maktabi,rus-tuzem maktabida,abulqosim shayx madrasasida olgan.1925-1926-yillarda moskvadagi adabiyot kursida ta'lim olgan. Uning dastlabki ijodlari "Samarqand","Oina",'Sadoi Turkiston" gazetalari va o'zi tashkil etgan "Mushtum" jurnalida e'lon qilingan. A.Qodiriyning "To'y","Ahvolimiz", "Millatimga", "Fikr aylagil" kabi she'rlari;"Baxtsiz kuyov" dramasi,"Juvonboz","Uloqda"(1916-yil),"Kalvak Maxzumning xotira daftaridan", "Toshpo'lat tajang nima deydi?"(1920) kabi hikoyalari;"O'tkan kunlar" (1924-1926),"Mehrobdan chayon" (1929) romanlari,"Obid ketmon"(1934) qissasi hozirgi vaqtda ham sevib o'qiladi.Shuningdek,N.V.Gogolning "Uylanish"(1935-yil),A.P.Chexovning "Olchazor"(1936-yil) asarlarini ona tilimizga mahorat bilan tarjima qilgan. 1937-yil 31-dekabrda "xalq dushmani"sifatida qamoqqa olinib,1938-yil 4-oktyabrda o'limga mahkum qilingan.Yozuvchining o'zi va asarlari 1956-yildan boshlab oqlangan. Abdulla Qodiriy Alisher Navoiy nomidagi Respublika Davlat mukofoti laureati (1991-yil), "Mustaqillik"ordeni bilan taqdirlangan (1994-yil)
-
Қўрқинчли теҳрон
Мушфиқ Қозимий,Мазкур китоб икки китобдан ибора бўлиб, унда ўтган аср бошларидаги воқеалар валамга олинди. Орадан йиллар ўтган бўлса-да, ундаги ғоялар, ўлмас туйўулар, орзулар ва армонлар занжири ўз аҳамиятини йўқотмаган. Бош қаҳрамон Фаруҳнинг эзгулик ва жаҳолат, нафс йулидаги свргузаштлари ва Маҳинга бўлган соф мухаббати икки романни бир биригаузвий боғлаб турувчи умумий сюжет чизиғини ташкил этади. "Қўрқинчли Теҳрон" дунё адабиёти ҳазинасидан ўрин олган асарлар сирасига киради. Мушфиқ Қозимий қаламига мансуб ушбу асар оламига ошуфта ббўлинг, азиз китобхон.
-
O'tkan kunlar
Abdulla Qodiriy,O'zbek romanchiligi va hayotiy hikoyalar janrining asoschisi, buyuk ustozimiz-Abdulla Qodiriy(1894-1938-yillar) XX asr o'zbek adabiyotining buyuk darg'alaridan biri bo'lgan. A.Qodiriy dastlabki ta'limni musulmon maktabi,rus-tuzem maktabida,abulqosim shayx madrasasida olgan.1925-1926-yillarda moskvadagi adabiyot kursida ta'lim olgan. Uning dastlabki ijodlari "Samarqand","Oina",'Sadoi Turkiston" gazetalari va o'zi tashkil etgan "Mushtum" jurnalida e'lon qilingan. A.Qodiriyning "To'y","Ahvolimiz", "Millatimga", "Fikr aylagil" kabi she'rlari;"Baxtsiz kuyov" dramasi,"Juvonboz","Uloqda"(1916-yil),"Kalvak Maxzumning xotira daftaridan", "Toshpo'lat tajang nima deydi?"(1920) kabi hikoyalari;"O'tkan kunlar" (1924-1926),"Mehrobdan chayon" (1929) romanlari,"Obid ketmon"(1934) qissasi hozirgi vaqtda ham sevib o'qiladi.Shuningdek,N.V.Gogolning "Uylanish"(1935-yil),A.P.Chexovning "Olchazor"(1936-yil) asarlarini ona tilimizga mahorat bilan tarjima qilgan. 1937-yil 31-dekabrda "xalq dushmani"sifatida qamoqqa olinib,1938-yil 4-oktyabrda o'limga mahkum qilingan.Yozuvchining o'zi va asarlari 1956-yildan boshlab oqlangan. Abdulla Qodiriy Alisher Navoiy nomidagi Respublika Davlat mukofoti laureati (1991-yil), "Mustaqillik"ordeni bilan taqdirlangan (1994-yil)
-
Boburnoma
Zahiriddin Muhammad Bobur,"Boburnoma"-o'zbek mumtoz adabiyotining bebaho asarlar qatoridan o'rin egallab turgan asar sifatida e'irof etiladi.Unda Markaziy Osiyo,Afg'oniston,Hindiston va Eron xalqlari tarixi,jug'rofiyasiga oid qimmatli ma'lumotlar o'rin egallagan.Asarning o'sha davr o'zbek adabiy tilining yorqin namunasi sifatidagi qadri,qimmati hamon o'z ahamiyatini yo'qotmagan.
-
Chinor
Asqad Muxtor,Asqad Muxtorning bu romani sharq adabiy an'analarini eslatuvchi yangi bir shaklda yozilgan.Chinorning azim shoxlariday har tomonga tarvaqaylab ketgan qissalar jonli voqelikni aks ettirsa,uning teran ildizlari- hikoyatlar yaqin o'tmish haqida,rivoyatlar esa pildirab uchgan yaproqlar singari yengil,ular badiiy tafakkur qanotida qadim afsonalarga borib tutashadilar... Bularning hammasi ham bir o'zbek oilasi haqida.Bu oila katta,qadimiy,madaniy,mehnatkash va shu ma'noda "tagli-zotli".Uning har bir a'zosi xalq hayotida ma'lum bir mas'uliyatli yukni o'z zimmasiga olgan.Jonajon tuproqqa chuqur tomir yoygan,baquvvat va qadimiy Chinor mangulik ramzi,xalqimiz timsolidir. Oila boshi Ochil buvaning safari bilan shartli ravishda o'zaro bog'langan qissalarning har biri mustaqil axloqiy-estetik fikrni ilgari suradi.Hikoyatlar va rivoyatlar esa bu fikrni quvvatlab,yanada mustahkamlaydi.
-
Xamsa
Alisher Navoiy,Mazkur kitobda Alisher Navoiy "Xamsa"sidagi barcha dostonlarning mazmuni bayon qilingan. Ularda Shoir tomonidan tasvirlangan turli voqea-hodisalar aks ettirilgan, faqat kirish qismlari,me'yoridan cho'zilib ketgan manzaralar,monologlar biroz qisqartirilgan.Navoiy dostonlarining ushbu nasriy talqini alloma shoirimizning turkiy she'riyat gultoji hisoblanmish "Xamsa" dostonlarini anglab olishingizga yordam beradi, deb o'ylaymiz.
-
Navoiy
Muso Toshmuhammad o'g'li Oybek,"Navoiy" romani o'zbek va rus tillarida bir necha marta nashr etlgan asar.Navoiydan keyingi davr uning asarlariga qiziqishni oshirsa oshirdiki,aslo kamaytirmadi.Oybek asarda Navoiy siymosini yaratadi.Bundan besh asr oldin yashab o'tgan ulug' shoirni aniq va yaqqol tasavvur etish buyuk yozuvchigagina xos.Oybek romanda buyuk shoir obrazini yaratishda Navoiyning turkiy til va adabiyotga bo'lgan munosabati tasviridan ham o'rinli foydalangan.Asarda Navoiy obraziga xos xususiyatlar sofdillik,qat'iyat va olijanoblik kabi fazilatlarda namoyon bo'ladi.Darhaqiqat,"Navoiy" romani o'zining badiiy-estetik qimmati,mazmun-mohiyati,badiiy tasviriy vositalarga limmo-limligi,voqealarning izchilligi,tarixiy haqiqatning ko'zgusi bo'la olganligi,qahramonlarning bir-biri bilan,ya'ni to'qima va tarixiy obrazlarning uyg'unlashganligi bilan ham yuksak tahsin va e'tiroflarga loyiq asardir. Shu bois ham bu asar mana necha yillarki, o'z qadr-qimmatini yo'qotgan emas,yo'qotmaydi ham.Chunki chinakam badiiy san'at asari hech qachon o'lmaydi.Bunday asarlarni xalq unutmaydi.Oybekning o'zbek mumtoz adabiyotida siymo, ulug' mutafakkir sanalgan Navoiy obrazini go'zal tasvirlab bera olgan bu romani mangu yashayveradi.
-
Темур тузуклари
Алихон Соғуний, Ҳабибулла Кароматов,"Темур тузуклари", "Тузуки Темурий", Малфузоти Темурий", "Вақиоти Темурий", номлари билан ҳам машҳур бўлган "Ткмур тузуклари" асари икки қисмдан иборат. Биринчи қисмда Амир Темурнинг Таржимаи ҳоли ижтимоийғсиёсий фаолияти, унинг Мавароуннаҳрда марказий ҳокимиятни қўлга киритиши, сиёсий тарқоқликка бархам бериши, марказлашган давлат тузиши,27мамлакатни,ўз тасарруфига киритиши,буюк соҳибқирон тилидан ихчам тарзда баён этилган.
-
-
Ichindagi ichindadur
Jaloliddin Rumiy,"Ichindagi ichindadur" Mavlono Jaloliddin Rumiyning turli majlislarda bildirgan "o'tlug' " fikrlaridan tarkib topgan.Siz ushbu risolani o'qib,inson va olam,ong va borliq,inkor va isbot,xayol va amal singari falsafiy tushunchalarning asl mohiyatini anglaysiz.Va hamma narsa O'zingizda,hamma narsa O'zingizdan ekanligiga yana bir bor iymon keltirasiz.
-
Odam bo'lish qiyin
O'lmas Umarbekov,O'tgan asrning ikkinchi yarmidagi o'zbek nasri rivojida yozuvchi O'lmas Umarbekovning o'ziga xos o'rni bor.Uning yoshlar hayoti, ma'naviy-axloqiy muammolar,insonlarning murakkab, munosabatlari haqida yaratilgan roman, qissa va hikoyalari bugungi kunda ham sevib o'qiladigan asarlardir.Adib bolalarning bepoyon orzular olami,yoshlarning goh lazztli,goh iztirobli muhabbati,sidq-u vafo,xiyonat, otalar va bolalar,umuman,turfa toifadagi insonlar o'rtasidagi munosabatlarni g'oyat chuquqr va samimiy tasvirlaydi.Shuning uchun ham adibning asarlari hamon kitobxonlar qalbini rom etib kelmoqda.
-
Shum bola
G'afur G'ulom,Biz bugun sevib o'qiyotgan kitoblarni yigirma-o'ttiz yil o'tib, balki varaqlagimiz ham kelmas,xohish topa olmasmiz. lekin "Shum bola" qissasini esa har gal,har qanday yoshda bolalik sho'xliklarini qo'msab,sog'inib,mutolaa qilishga ehtiyoj sezamiz.Adibimiz G'.G'ulomning bu qissasi tasviriy vositalarga boyligi bilan boshqa asarlaridan ajralib turadi. "Dandon sopli pichoq"dan boshlanib, chuvalashib ketgan gapni boyning qizi-Adolning "o'g'il tug'ib bergani"ga borib ulab "innakeyin"chi,o'lgudek injiq,ziqna,ezma Sariboyni mot ilgan Shum bolaning bir-biridan qiziq sarguzashtlaridan xabardor bo'lishni xohlasangiz kitob mutolaasiga shoshiling. Asar keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan.
-
Kichkina shahzoda
Antuan de Sent-Ekzyuperi,Antuan de Sent-Ekzyuperi-XX asr fransuz adabiyotining yirik namoyandalaridan biri, mohir uchuvchi,shoir va yozuvchi,yosh-u qarining sevimli asari 'Kichkina shahzoda"ning muallifi. "Uchuvchi"(1926),"Janubga xat" (1929),"Tungi parvoz" (1931), "Bashar sayyorasi"(1939), "Harbiy uchuvchi" (1942),"Istehkom" (1948),"Yoshlik maktublari" (1953) kabia sarlar Antuan de Sent-Ekzyuperining qalamiga mansubdir. Antuan de Sent-Ekzyuperining asarlari dunyoning 200 tiliga tarjima qilingan.Jumladan,uning "Kichkina shahzoda" asari Xayriddin Sultonov tomonidan va " Istehkom" qissasidan parcha Abdug'opir Qosimov tomonidan o'zbek tiliga tarjima qilingan. Ushbu kitob Antuan de Sent-Ekzyuperining o'zbek tilida chop etilayotgan yangi to'plamidir. Asar keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
O'nta negr bolasi
Agata Kristi,Agata Kristi nomini alohida tanishtirihga hojat yo'q.Adabiyot ahli tomonidan haqli ravishda dedektiv janrining yetakchilaridan biri sifatida tan olingan.Uning mazkur asarida ham kitobxon sirli va qiziqarli olamga sayohat qilishi muqarrar.Muallifning o'zi aynan shu asarini eng yaxshisi deya e'tirof etgani ham bejis emas. Ushbu asarda bir-biriga hech qanday aloqador bo'lmagan o'nta odam xilvat oroldagi uyga keladi.Sirli taklifnoma bilan ularni bu yerga kim chaqirdi? Yaxshi dedektiv ixlosmandlarining yuragi darrov shuv etib ketadigan manzara.Dunyodan ajrab qolgan bo'm-bo'sh orol,ko'p xonali,zimiston yo'lakli katta sirli uy va Zanjilar orolining sohibi taklifiga ko'ra uyga kelgan o'nta mutlaqo notanish, bir-biriga o'xshamagan o'nta odam.Bu yerda ularni qulay shart-sharoitlar, mazali taom va shinam yotoqxonalar kutib turibdi.Lekin havas qilgudek mehmondo'stlik tez orada sarobga aylanib, mehmonlar savdoyi qotil turgan tuzoqqa tushib qolgani ma'lum bo'ladi.Ular orolning toshloq zaminiga qadam qo'ygan zahoti tuzoq yopilgan.Oroldan qochishning iloji yo'q.Barchani shubha-gumon chulg'ab olgan.Cheharalarda ajal soyasi.Qo'rquv va dahshat .Faqatgina bolalar sanoq she'ri va mitti negr bolalari tugashi bilan bu dahshatli o'yinga ham xotima yasaladi.Biroq nega? Ularni birin-ketin eng g'ayrioddiy yo'llar bilan o'ldirish kimga kerak? Nima uchun sodir bo'layotgan voqealarning bari quvnoq bolalar she'ri bilan chambarchas bog'liq? Nahotki bu jumboqning yechimi topilmasa, nahotki hammasi o'limga mahkum bo'lsa? Lekin nima uchun? Ular rostdan ham aybdormi?
-
Xamsa
Alisher Navoiy,Mazkur kitobda Alisher Navoiy "Xamsa"sidagi barcha dostonlarning mazmuni bayon gilingan.
-
Chol va dengiz
Ernest Xeminguey,Ushbu kitobga dunyo miqyosida mashhur adib,"Nobel" mukofoti sovrindori E.Xemingueyning eng sara asarlari kiritilgan. 'Chol va dengiz" qissasida insonning ulug'ligi,undagi iroda va matonat,oqillik va azm-u qaroridan og'ishmaslik o'zgacha talqinda aks etgan. "Alvido,qurol' romani esa qahramonlarning fikr-xayollari,kechmishlari urushning insoniyat boshiga solgan mudhish kulfatlari haqida o'ylashga, tinchlikning qadriga yetishga chorlaydi. Serqirra ijodkorning millionlab nusxalarda chop etilgan asarlarini mutolaa qilishga shoshiling, aziz kitobxon.
-
Choliqushi
Rashod Nuri Guntekin,Ayolning iztiroblari, ayolning og'riqlari,ayolning og'ir o'y-kechinmalari... Ularning tugal yechimi bormi? Uni qanday muammo doimo qiynoqqa soladi? U nimadan tasalli topadi? Bu savollarning javobi bitta, u-muhabbatdir! Muhabbat mavzusiga bag'ishlangan asarlarni millati va dinidan,yoshidan qat'i nazar, barcha birdek sevib, ko'ziga yosh olib,qahramoni taqdiriga o'zini hamdard qilib o'qiydi.Rashod Nuri Guntekinning ushbu mashhur "Choliqushi" asarini ham xuddi shunday hissiyot bilan qo'lga olasiz. Unda bu tuyg'u o'zining butun qudratini birgina ojiza choliqushi timsolida yaqqol gavdalantirib beradi.
-
Ulug'bek xazinasi
Odil Yoqubov,"Padarkush, toj-u taxt,olti oy..." Nizomiy Ganjaviyning bu jumlalarini o'qigan Abdulatif nechog'lik xato qilganini anglaydi,anglaganda ham o'zini kutayotgan fojialarni,atrofidagi sotqinlarni,xiyonatlarni ko'rib-bilib anglaydi.Otasi-yu o'z jigariga qilgan xunrezligi, millat ma'naviyatiga qilgan adolatsizligi ko'z oldida yaqqol namoyon bo'ladi.Ko'ngil sezgan mudhish taqdir boshida yalang'och qilich bo'lib ko'tarilganda,tiliga bir kalom kelad:"Gunohkor farzandingizni kechirgaysiz, buzrukvor!" Ammo bu bilan na otasi, na millat va na xalqni oldida o'zini oqlay oladi... Odil Yoqubovning ushbu asari o'quvchini bir dam tarix sahnasiga olib chiqadi.Yaxshilar davrasida ilm va odamiylikka,xiyonatkor amirlar qurshovida makkorlik va xudbinlikka guvoh bo'ladi.Vijdon amri va to'g'riso'zlik naqadar buyuk kuch ekanligiga amin bo'ladi. O'quvchi kitob mutolaasi davomida buyuk allomani yod etadi va uning ma'naviy merosi bugungi kungacha yetib kelishida sababchi bo'lgan tarixiy shaxslar va voqealar bilan badiiy tasvirlarida tanishadi.
-