-
Сиёсий адабиёт,
-
Сиёсий адабиёт,
-
-
-
Сиёсий адабиёт,
-
-
-
Konsitutsiya,
-
-
Konsitutsiya,
-
-
-
-
-
Inson huquq va erkinliklarining konstitutsiyaviy asoslari
Sh.U.Yakubov, B.A.Narimonov,Konsitutsiya, -
Konsitutsiya,
-
-
Konsitutsiya,
-
-
Konsitutsiya,
-
Иқтисодий, ижтимоий, маданий ва экологик ҳуқуқлар (2 қисм)
Сафарова Х.,Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 47-модда- сида ҳар ким уй-жойли бўлиш ҳуқуқига ега эканлиги белги- ланган. Бу ҳуқуқнинг Конституцияда белгиланганлигининг ўзи унинг нақадар инсон ҳаётида муҳим роль ўйнашини англата- ди. Уй-жой билан боғлиқ ижтимоий муносабатларни тартибга соладиган асосий қонунчилик манбаси Ўзбекистон Республи- касининг уй-жой кодекси ҳисобланади.
-
Иқтисодий, ижтимоий, маданий ва экологик ҳуқуқлар (2 қисм)
Сафарова Х.,Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 47-модда- сида ҳар ким уй-жойли бўлиш ҳуқуқига ега эканлиги белги- ланган. Бу ҳуқуқнинг Конституцияда белгиланганлигининг ўзи унинг нақадар инсон ҳаётида муҳим роль ўйнашини англата- ди. Уй-жой билан боғлиқ ижтимоий муносабатларни тартибга соладиган асосий қонунчилик манбаси Ўзбекистон Республи- касининг уй-жой кодекси ҳисобланади.
-
Fuqarolik jamiyati institutlari
B.A.Narimonov, Sh.U.Yakubov,Mazkur o‘quv qo‘llanmada fuqarolik jamiyati institutlarining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari, davlat va jamoat birlashmalarining o‘zaro munosabatlari, fuqarolik jamiyati institutlarining turlari sifatida kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, ommaviy axborot-vositalari, diniy tashkilotlarning huquqiy maqomi, tashkil etish tartibi, faoliyat yo‘nalishlari hamda ular faoliyatining huquqiy asoslari, shuningdek, jamoat birlashmalarini tarqatib yuborish, ular faoliyatini taqiqlab yoki cheklab qo‘yish kabi masalalar yoritilgan.
-
Jamiyatning iqtisodiy negizlari
B.T.Musayev, S.F.Hakimov,Mazkur o‘quv qo‘llanmada har bir shaxsning mulkka nisdatan huquqini kafolatlanishi; mulkdor o‘z xohishiga ko‘ra o‘ziga qarashli mulkka egalik qilishi, undan foydalanishi va uni tasarruf qilishi; davlat tomonidan fuqarolarning huquqlari va erkinliklari ta’minlanishi; mol-mulkning daxilsizligi, teng huquqlilik va davlat tomonidan barcha shakldagi mulklar huquqiy himoya qilinishi, shuningdek, davlat organlarining, mansabdor shaxslarning, jamoat birlashmalari noqonuniy xatti-harakatlariga nisbatan sudga shikoyat qilish huquqining kafolatlanishi tegishli tartibda yoritilgan.
-
Иқтисодий, ижтимоий, маданий ва экологик ҳуқуқлар (1 қисм)
Сафарова Х.,Ҳар биримиз кундалик фаолиятимизда турли хил ижтимоий муносабатларга киришамиз ва баъзида хилма-хил ҳуқуқий муаммо ва масалаларга дуч келамиз. Бундай вазиятларда ҳар биримизнинг ўз ҳуқуқ ва мажбуриятларимизни билишимиз, улардан тўғри ҳамда оқилона фойдаланишимиз, бошқаларнинг қонуний ҳуқуқ ва манфаатларига зиён етказмаслигимиз жуда муҳим ҳисобланади. Ўз ҳуқуқ ва мажбуриятларимизни билмасдан туриб улардан унумли ва тўғри фойдалана олмаслигимиз, бошқаларнинг қонуний ҳуқуқ ва манфаатларига зиён етказишимиз, ўз шаънимиз ва қадр-қимматимизни хавф-хатарга қўйишимиз мумкин.
-
Konstitutsiyaviy burchlar
O.R.karaxodjayeva,Konstitutsiyaviy huquq va majburiyatlar hamisha ommaviy huquqning asosiy toifalardan biri bo’lib kelgan va shunday bo‘lib qolmoqda . An’anaga ko‘ra, majburiyatlarining bajarilishi huquqlar amalga oshishining eng muhim omili hisoblanadi, shiuning uchun Konstitutsiyaviy huquq sohasi doirasidagi o‘rganiladidigan asosiy burchlar alohida o‘rin va ahamiyat kasb etadi. Ushbu o‘quv qo‘llanmadagi asosiy burchlar alohida o‘rin va ahamiyat kasb etadi.Ushbu o'quv qo'llanmada yangi O'zbekistonni rivojlantirish strategiyasining ustuvor yo'nalishlari nuqtayi nazardan,davlat va jamiyat qurilishini yanada takomillashtirish,fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishni kuchaytirish va kafolatlash maqsadida qonun ustuvorligini ta'minlashga qaratilgan konstitutsiyaviy majburiyatlarni bajarilishining dolzarb masalalari ko'rib chiqilgan.
-
Сиёсий ҳуқуқлар
Йўлдошев А.Э.,Мамлакатимизда амалга оширилаётган ислоҳотларнинг туб замирида инсон ҳуқуқ ва эркинликларини ҳамда манфаатла рини ҳимоя қилиш мужассамдир. Мазкур ҳуқуқларни амалга оширишда аҳолининг ҳуқуқий онги ва ҳуқуқий маданиятини ошириш долзарб масала ҳисобланади. Зеро, фуқароларнинг ўз ҳуқуқлари ва қонуний манфаатларини билиши ва уни ҳаётда қўллай олиши ҳамда қонунларга оғишмай риоя этиши давлат- нинг ривожланиши учун замин яратади.
-
Inson hamda fuqaroning huquq va erkinliklari kafolatlari
S.A.Muratayev,Mazkur o‘quv qo‘llanmada yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining X bobida mustahkamlangan Inson hamda fuqaroning huquq va erkinliklari kafolatlariga oid moddalar haqida batafsil tushuncha beriladi.O'quv qo'llanma davlatning inson huquqlari masalasiga zamonaviy yondashuvlarini yuridik oliy ta'lim talabalarga yetkazish uchun yangi avlod darsliklari yondashuvida tayyorlangan bo'lib,yuridik oliy ta'lim muassasalaridagi ma'ruza va amaliy mashg'ulotlarida keng foydalanish uchun mo'ljallangan.
-
Шахсий ҳуқуқ ва эркинликлар
Мадиев Ф.Х,Яшаш ҳуқуқи - ҳар бир инсоннинг ажралмас ва табиий ҳуқуқи ҳисобланади. Инсонда ушбу ҳуқуқ туғилганидан бошлаб пайдо бўлади ва то унинг вафотигача амал қилади. Давлат эса ўзининг Конституцияси ва у асосида қабул қилинган қонунчилик ҳужжатлари орқали инсонларнинг мазкур ҳуқуқини мустаҳкам ҳимоя қилишни, инсон ҳаётига қилиниши мумкин бўлган ҳар қандай суиқасд ва тажовузларнинг олдини олишни, бошқа инсонларни ўлдириш ёки уларни яшаш ҳуқуқидан бошқача тарзда маҳрум қилган жиноятчи шахсларни жазолаш мажбуриятини ўз зиммасига олади.
-
Iqtisodiy,ijtimoiy,madaniy va ekologik huquqlar
X.N.Safarova, D.A.Anvarova,Mazkur o‘quv qo‘llanmada inson va fuqaroning iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlarining yuridik tabiati, mulk huquqi, mehnat huquqi, ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqi, sog’likni saqlash huquqi, malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi, ijtimoiy ta’minot huquqi, uy-joyli bo‘lish huquqi, ta’lim olish huquqi, ilmiy, texnikaviy va badiiy ijod erkinligining davlat tomonidan ta’minlanishi, shuningdek, xorijiy mamlakatlar konstitutsiyasida iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlarga doir normalar tahlili, xalqaro hujjatlar va ularni O‘zbekiston milliy qonunlari bilan o‘zaro mutanosibligi tahlil qilingan.
-
Siyosiy huquqlarning konstitutsiyaviy asoslari
A.Yo'ldoshev,Mazkur o‘quv qo‘llanma Konstitutsiyaviy huquq modulining “Siyosiy huquqlar” mavzusi bo‘yicha tayyorlangan bo‘lib, unda siyosiy huquqlar tushunchasi, mazmuni va turlariga oid konstitutsiyaviy-nazariy masalalar va amaliyot tizimli bayon qilingan. Qo‘llanmada referendum, jamoatchilik nazoratining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari mazmuni atroflicha ochib berilgan, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda fuqarolar ishtirokini ta’minlash borasida xorijiy davlatlar tajribasi kelltirildi.
-
Фуқаролик: муҳим маълумотлар
Э.Қодиров,Конституция ҳар бир давлатнинг асосий қонунидир. Конс- титуциядаги нормалар давлат тузумини, бошқарув тартибини, ундаги фуқароларнинг ҳуқуқ ва бурчларини, давлат, жамият ва фуқароларнинг ўзаро муносабатларини, маъмурий-ҳудудий тузилишини белгилаб беради. Шу сабабли уни ҳар қандай дав- латнинг ўзига хос паспорти дейишимиз мумкин. Янги таҳрирдаги Конституциямизнинг биринчи бўлимидан «Халқ ҳокимиятчилиги» боби ўрин олган бўлиб, ушбу боб Конституциянинг асоси ҳисобланади. Чунки ҳар қандай мам- лакатни мустақил давлат дейиш учун у аниқ давлат шаклига, давлат суверенитетига, давлат бошқарувининг асосларига эга бўлиши керак.
-
Shaxsiy huquq va erkinliklarning konstitutsiyaviy asoslari
F.Madiyev,Mazkur o‘quv qo‘llanmada insonning yashash huquqi, inson sha’ni va qadr-qimmatining daxlsizligi huquqi, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi, adolatli va odil sudlovga bo‘lgan huquq, malakali yuridik yordam olish huquqi, shaxsiy hayot daxlsizligi huquqi, fikrlash,so‘z erkinligi huquqi va shaxs o‘ziga taaluqli bo‘lgan hujjatlar bilan tanishish huquqi tegishli tartibda yoritilgan.
-
O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi
E.O.Qodirov,Mazkur o‘quv qo‘llanmada Konstitutsiyaviy huquq modulining “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi” mavzusi bo‘yicha tayyorlangan bo‘lib, unda fuqarolik tushunchasi va prinsiplari, mamlakatimizda fuqarolikka ega bo‘lish va uni yo‘qotish hamda fuqarolik masalalarini hal etish tartibi, fuqarolikka qabul qilish, tiklash va tugatishning asoslari hamda mamlakatimizda xorijiy davlat va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning maqomi kabi masalalar atroflicha bayon etilgan.
-
Inson huquq va erkinliklarining konstitutsiyaviy asoslari
Sh.U.Yakubov, B.A.Narimonov,Mazkur o‘quv qo‘llanmada inson huquqlarining konstitusiyaviy asoslari,inson va fuqaro huquqlariga oid asosiy tushunchalar, konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarga oid me’yorlarning tarixiy rivojlanish bosqichlari,huquq, erkinlik va majburiyatlar tasnifi va ularning tengligi, inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlar,inson huquqlari bo‘yicha milliy qonunchilik,inson huquqlari monitoringi va inson huquqlari bo‘yicha hisobot protsedurasi, huquq va erkinlikka oid kafolatlar kabi masalalar yortitilgan.Shu bilan birga, O‘zbekistonda inson huquqlarining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish, ularni amaliyotga tatbiq etish sohasida olib borilgan islohatlar,ularning natijalari haqida muhim ma’lumotlar berilgan.
-
Tashqi siyosatning konstitutsiyaviy asoslari
D.D.Valijonov, G.M.Tirkasheva,Ushbu o‘quv qo‘llanmada O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatiga oid konstitutsiyaviy asoslar hamda tamoyillar haqida so‘z yuritiladi.O‘quv qo‘llanmada O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining konstitutsiyaviy prinsiplaridagi asosiy jihatlar,ularning tarix davomidagi evolyutsiyasi, xorijiy davlatlar tajribasi , shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy prinsiplarining xalqaro huquq va normalarga muvofiqligi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ushbu prinsiplarni mustahkamlovchi asosiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar o‘rganiladi va ularning tashqi siyosatda amalga tatbiq etilishi tahlil qilinadi.
-
Konstitutsiya va qonunning ustunligi
M.M.Abdullayeva,Ushbu o‘quv qo‘llanmada yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan eng muhim o‘zgartirish va qo‘shimchalar, xususan, Konstitutsiya va qonun ustunligi masalalarining mohiyati yoritilgan. Shuningdek, huquq va qonun ustivorligining o‘zaro nisbati, konstitutsiyaning oliy yuridik kuchga ega hujjat sifatidagi ahamiyati, o‘ziga xos xususiyatlari hamda uni muhofaza qilish vositalari haqida ma’lumot berilgan.
-
Xalq hokimiyatchiligining konstitutsiyaviy asoslari
D.K.Axmedov, M.O.Tursunov,Ushbu o'quv qo'llanmada demokratiya va xalq hokimiyatchiligi tushunchasi, shakllanish tartibi, xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbayi ekani,Konstitutsiya O'zbekiston xalqi uchun huquqiy poydevorligi,referendum demokratiyaning bevosita asosiy shakli ekani, hokimiyatlar taqsimlanishi demokratik huquqiy davlatning zaruriy belgisi ekani,siyosiy va mafkuraviy xilma-xillik,xalq hokimiyatchiligi hamda umuminsoniy qadriyatlar,ijtimoiy adolat va qonuniylik tamoyillari tahlil qilingan.
-
Халқ ҳокимиятчилиги: Асосий тушунчалар
Муаллифлар жамоаси,Конституция ҳар бир давлатнинг асосий қонунидир. Конституциядаги нормалар давлат тузумини, бошқарув тартибини, ундаги фуқароларнинг ҳуқуқ ва бурчларини, давлат, жамият ва фуқароларнинг ўзаро муносабатларини, маъмурий-ҳудудий тузилишини белгилаб беради. Шу сабабли уни ҳар қандай дав- латнинг ўзига хос паспорти дейишимиз мумкин. Янги таҳрирдаги Конституциямизнинг биринчи бўлимидан «Халқ ҳокимиятчилиги» боби ўрин олган бўлиб, ушбу боб Конституциянинг асоси ҳисобланади. Чунки ҳар қандай мамлакатни мустақил давлат дейиш учун у аниқ давлат шаклига, давлат суверенитетига, давлат бошқарувининг асосларига эга бўлиши керак.
-
Davlat suverenitetining konstitutsiyaviy asoslari
A.Yo'ldoshev, Sh.Asadov,Ushbu o'quv qo'llanmada suverenitet mohiyati,suverenitetning huquqiy institut sifatida rivojlanish tarixi va suverenitet nazariyasining zamonaviy tendensiyalari,uning asosiy belgilari,"davlat suvereniteti", " xalq suvereniteti" va "millat suvereniteti" tushunchalari va ularning o'zaro nisbati,suverenitetning xalqaro va milliy huquqiy asoslari ochib berilgan.