-
Kichkina shahzoda
Antuan De Sent-Ekzyuperi,"Kichkina shahzoda" ertagi Antuan de Sent-Ekzyuperining eng kichik asarlaridan biri bo'lsa ham, unda adibning inson hayotining ma'nosi va mazmuni haqidagi dardlari va falsafiy mushohadalari, insonlar o'rtasidagi do'stlik, birodarlik, hamdardlik va o'zaro hurmat munosabatlari, Yovuzlik va Yomonlikka qarshi kurash g'oyalari aks ettirilgan. Ezgulikkina yovuz baobabning g'ovlab ketishiga - olamni yomonlik egallab olishiga qarshi har kuni kurashga chiqadi. Qalbida ezgulik yashaydigan insongina o'zi suygan gulini sevgi-muhabbatini himoya qila oladi... Ezgulikning "Ko'ngil ko'zi ochiq" bo'ladi! Shunday o'lmas asar yaratgani uchun yozuvchining vatani Fransiyada, Antuan de Sent-Ekzyuperi tug'ilgan yurt - Lion shahri markazida unga ajoyib bir haykal o'rnatilgan. Ko'kka bo'y cho'zgan baland og marmar ustun ustida adib o'tiribdi, uning yelkasiga qo'lini qo'ygancha Kichkina shahzoda turibdi. Ular bu yuksaklik uzra hamon suhbat qurayotgandek tuyuladi kishiga. Darhaqiqat, Fransiyada va undan tashqarida adib ijodiga qiziqish va hurmat katta. Haykal ham shu katta hurmatning ifodasidir.
-
Mehrobdan chayon
Qodiriy A.,Abdulla Qodiriy nomini yod etarkanmiz, ko'z oldimizda oʻzbek adabiyotida romanchilik maktabiga asos solgan buyuk siymo gavdalanadi. Adibimizning milliy adabiyotimiz oldidagi ulkan xizmati har tomonlama beqiyosdir. Qo'lingizdagi muallifning.,Mehrobdan chayon" asari yozilganiga qariyb bir asr bo'lgan ersa-da, roman hamon mutolaasevarlarning sevimli asarlaridan biri bo'lib kelmoqda. Shu bois bugun siz, aziz kitobxonni, Anvar va Ra'noning badiiy bo'yoqlarda tarannum etilgan sof muhabbatiga yana bir bor oshno bo'lishga taklif etamiz.
-
Nur borki, soya bor
Hoshimov O',„Nur borki, soya bor" romanida adib inson taqdiri, uning hayot va mamot o'rtasidagi oniy lahzalik davr mobaynida boshidan kechirgan tuyg'ularini yorqin bo'yoqlarda tasvirlab bergan. Tiriklik atalmish daryo oʻzanida hamma qatori birdek oqish kerakmi yoki aksincha, oqimga qarshi suzib, haqiqat uchun kurashish kerakmi? Mana shunday savollarga javob topish mumkin bo'lgan, ko'ngilga yaqin bu asar sizni o'ylashga, fikrlashga chorlaydi. Sherzod ham jurnalist, ham xalq dardi bilan yashaydigan, haqparastlikni o'ziga shior qilib olgan yigit. Kitobni o'qir ekansiz, bu yigitni yaxshi ko'rib, uning dard-u o'ylariga sherik bo'lib, mutolaa zavqidan bahramand bo'lasiz.
-
Bahor qaytmaydi
Hoshimov O',O'zbekiston xalq yozuvchisi O'tkir Hoshimovning asarlari xalqimiz tomonidan sevib mutolaa qilinadi. Buning boisi adib asarlarining hayotiyligi, tilining jozibadorligida. Qo'lingizdagi to'plamdan O'tkir Hoshimovning „Bahor qaytmaydi" qissasi o'rin olgan. Asar iste'dodli qo'shiqchining ayanchli taqdiri haqida. Ushbu kitob mutolaasevar muxlislarimizga manzur bo'lishiga ishonamiz.
-
O'tkan kunlar
Qodiriy A.,Asarning qadrini vaqt belgilab beradi. Shu ma'noda „O'tkan kunlar" romani didli o'quvchilar qo'lidan tushmay kelayotgan asarlar sirasidan hisoblanadi. Otabek va Kumushning pok muhabbati, ularning quvonchi, iztiroblari har bir kitobxonni hayajonga soladi. Ular go'yo kitobni mutolaa qilmaydilar, shu kitobni ichida yashaydilar. Qo'lingizdagi asar siz azizlar uchun munosib sovg'a bo'ladi, degan umiddamiz.
-
Saylanma
Yusuf Muhammad,O'zbek she'riyatida yetti yoshdan yetmish yoshgacha butun xalq sevib ardoqlaydigan millatimizning haqiqiy shoiri Muhammad Yusuf she'rlari qalblarga nur yanglig' kirib boradi. Shundanmi, uning nomini bilmaydigan she'riyat muxlislarini uchratish mahol. Qo'lingizdagi kitob ham Muhammad Yusuf lirikasidagi injalig-u nozikliklardan bahramand bo'lishingiz, qalbingizdagi muhabbatingiz yangilanishi uchun qaytadan nashrga tayyorlandi. Undan shoirning bir necha dostonlari va adib haqida zamondoshlarining xotiralari ham o'rin olgan.
-
Chinor
Muxtor A.,Romanning boshida butun yurtga tarqab ketgan uzoq-yaqin qarindoshlaridan xabar olgani otlangan Ochil boboga qo'shilishib muallif olis safarga chiqadi. Mana shu o'ta qiziqarli va ibratli safar asnosida bobo peshanalaridagi ajinlar singari bir-biriga ulanib ketgan insoniy taqdirlar haqidagi goh shirin, goh achchiq hikoyalarga oshno tutinasiz. Bu taqdirlar bir-birlari bilan Ochil bobo orqali bog'lanib, yagona shajarani - azim Chinorni vujudga keltiradi. Bu romandan o'rin olgan hikoya va qissalar, ko'p asarlarda bo'lgani singari, albatta, yaxshilik bilan, ezgulikning yovuzlik ustidan qozonadigan g'alabasi bilan tugayvermaydi. Asarda o'nlab insonlar taqdiri borki, shafqatsiz va chigal hayot bo'roni ularni xuddi cho'ldagi bir uyum xashak singari sarson-sargardon qiladi. Adib qahramonlar taqdiriga behuda aralashish, ularni "to'g'ri yo'lga solib yuborish"dan o'zini tiyadi. Ortiqcha hayajon Asqad Muxtor uslubiga mutlaqo yot ekani "Chinor" romanida yaqqol o'zini ko'rsatgandi. Bu jihatdan, yozuvchi yoshligidan o'qib-o'rgangan tamoyillarini milliy adabiyotimiz maydonida ham dadil qo'llashdan cho chimaganiga guvoh bo'lamiz.
-
Go'ro'g'lining tug'ilishi
Go'ro'g'lining tug'ilishi,Qo'lingizdagi ushbu kitob, ya'ni "Go'ro'g'lining tug'ilishi" dostoni turkiy xalqlar xalq og'zaki ijodiga mansub bo'lib ming yillar davomida xalqimiz baxshilari tomonidan kuylanib, xalqimiz tomonidan sevib tinglangan. Bu doston "Go'ro'g'li" dostonlari turkumidagi dostonlarning dastlabkisi hisobla- nadi. "Go'ro'g'lining tug'ilishi" dostonining ushbu nusxasi xalqimizning mashhur baxshisi Muhammad Jomurot o'g'li Poʻlkan shoir (1868-1937) tomonidan kuylangan va Hodi Zarif (1905-1972) tomonidan yozib olingan. Nashrga esa Malik Murodov tomonidan tayyorlangan. "Go'ro'g'lining tug'ilishi" dostonida turkiy xalqlarning azal-azaldan imon-e'tiqod, or-nomus, va islom dinining ulug'lanishi yorqin ranglarda aks ettirilgan. Siz dostonni o'qish davomida Go'ro'g'li otasi Ravshanning dushmanlar qo'liga asir bo'lib tushishi, uning dushmanlar elidan qochishi, xotini Bibi Hilolning qabr Go'ro'g'lini tug'ishi, Go'ro'g'lining ota yurtiga qaytib kelishi, togasi Ahmadning xotinini Rayhon arab olib qochishi, Go'ro'g'lining G'irko'k otini yo'qotishi, uni izlab safarga chiqishi, unga chiltanlarning yordam berishi, otini qayta topishi, Rayhon arabning qizi Zaydinoyni olib qochib tog'asiga keltirib berishi, Chambilga podsho bo'lishi kabi sarguzashtlarga guvoh bo'lasiz.
-
Уголовно-процессуальное право
Г.Абдумажидов, З.Иногомжонова, Б.Хидоятов,Учебник по Особенной части уголовно-процессуального права базируется на учебной программе дисциплины "Уголовно-процессуальное право" и соответствует Госдарственному стандрату образования по специальности
-
Ўзбекистон Республикасининг Прокуратура тўғрисидаги Қонуни
Ўзбекистон Республикаксининг Прокуратура тўғрисидаги қонуни (2018 йил 1 ноябргача бўлган ўзгартиш ва қшшимчалар билан)
-
Ўзбекистон Республикасининг ички ишлар органлари тўғрисидаги Қонуни
Ўзбекистон Республикасининг ички ишлар органлари тўғрисидаги қонуни.(2018 йил 1 сентябргача бўлган ўзгартиш ва қўшимчалар билан
-
Ўзбекистон Республикасининг судлар тўғрисидаги Қонуни
Ўзбекистон Республикасининг Судлар тўғрисидаги Қонуни (2018 йил 1 ноябргача бўлган қўшимча ўзгартиш ва қўшимчалар билан
-
Ўзбек тили
Мазкур дарсликда бўлажак юристларнинг Давлат тилида нутқ фаолиятининг бешта (ўқиш, ёзиш, ҳикоя қилиш, тинглаб тушунтириш, таржима қилиш) тури бўйича малака ва кўникмаларини такомиллаштириш, давлат тили хусусиятларини чуқурроқ ўзлаштиришга ёрдам беради
-
Alpomish
Alpomish,Qo'lingizdagi ushbu kitob, ya'ni "Alpomish" dostoni o'zbek xalq og'zaki ijodiga mansub bo'lib ming yillar davomida xalqimiz baxshilari tomonidan kuylanib, xalqimiz tomonidan sevib tinglangan. "Alpomish" dostonining ushbu nusxasi xalqimizning mashhur baxshisi Fozil Yo'ldosh o'g'li (1872-1955) tomonidan kuylangan va Mahmud Zarifov tomonidan yozib olingan. O'zbek xalqining buyuk adiblaridan biri Hamid Olimjon (1909-1944) esa birinchi bor nashrga tayyorlagan. To'liq holatda yozma holatga keltirilishi esa Hodi Zarif (1905-1972) va To'ra Mirzayev (1936-yilda tug'ilgan) tomonidan amalga oshirilgan. "Alpomish" dostonida o'zbek xalqining azal-azaldan imon-e'tiqod, ornomus va yurt birligi yo'lida o'zini ayamasligi yorqin aks ettirilgan. Siz dostonni o'qib, o'ziga unashtirilgan qizning qalmoqlar orasida talash, yurtdoshlari- ning begonalarga xor bo'lmasligi uchun jonini tikkan Alpomish, Yaratganga imon keltirgani va mo'minga do'st tutingani uchun Hakimbekning yonida o'zining insofsiz yaqinlari hamda qarindoshlariga qarshi kurashgan Qorajon, insoniy fazilatlari bilan ko'pchilik erkaklardan baland tura oladigan Oybarchin va Qaldirg'och timsollari millatimizga xos yuksak insoniy sifatlarni aks ettirganligini ko'rasiz. Shuningdek, siz ushbu dostonni o'qish davomida xalqimizning bir qancha tarixiy etnografik urf-odatlari, dehqonchilik, chorvachilik, safar, baxillik va saxiylik, aka-uka munosabatlari, iymon va e'tiqod haqida ma'lumotlarga ega bo'lasiz.
-
Oltin zanglamas
Shuhrat,XX arsrning oltmishinchi yillaridan boshlab o'zbek adabiyoti yangi davrga qadam qo'ydi. Bu davrga kelib shaxsga sig'inish illatlarining qoralanishi adabiyot ahli ijodiga nisbiy erkinlik ato etdi. Ijodkorlarimiz o'z asarlarida badiiylikka, qahramon ruhiyati qirra- larini haqqoniy tasvirlashga harakat qila boshladilar. Bundan ham muhimi urishdan keyingi qatog'on siyosatining qurbonlari bo'lgan ziyolilar, adib va shoirlar ozodlikka chiqdilar. Ularning ijodkorlik maqomi tiklanib, ijod bilan shug'ullanish imkoniyati paydo bo'ldi. Ana shunday iste'dodli adiblarimizdan biri Shuhrat edi. Shuhrat ham ko'plab tutqunlar qatori erkinlikka chiqqach, <<<Oltin zanglamas», «Shinelli yillar» asarlarini yaratdi. Katta mehnat evaziga tayyorlangan «Oltin zanglamas>> romani kitobxonlarga adib ijodining mukammal namunasi bilan tanishish imkoniyatini berdi.
-
Оқ кема
Айтматов Ч.,«Соҳил ёқалаб чопаётган олапар», «Оқ кема» ҳамда «Сарвқомат дилбарим» каби машҳур қиссалардан иборат ушбу китоб Чингиз Айт- матов ижодининг энг сермаҳсул давридан далолатдир. Ҳар учала асар жонли тасвир ва ҳикоячилик жиҳатидан ўқувчи диққатини буткул ўзига тортади. Биринчи марта чинакам овчилар билан денгизга чиққан Кириск овдан нега ёлғиз қайтди? Оқсоқол Ўрхоннинг хаёли, Милхуннинг ға- заби ва отасининг қатъий қарори ўн бир ёшли Кириск ҳаётини қан- чалик ўзгартирди? Ёки набирасига Шохдор она буғу ҳақида ривоят айтиб, ўзлари- нинг бош бўғини дея ишонтирган, оғир вазиятларда қабиладошла- рини фақат Она буғугина асрай олади, деган Мўмин чол нега ўз қа- рашларига қарши чиқди? Она буғуни овлаб, зиёфат қилишга чолни нима мажбур қилди? «Сарвқомат дилбарим» эса бир муҳаббат ҳақида икки тақдир ҳи коясидан иборат. Аммо бир қарашда, бир учрашувда ўз севгисини топган Илёс нега пок севгисини хиёнатга алмаштирди? Йиллар ўтиб ўғлини топганда нега отаси эканлигини айтолмайди? Асар давомида яна бир муҳаббат тарихидан огоҳ бўласиз.
-
Qiyomat
Aytmatov Ch.,Chingiz Aytmatovning «Qiyomat» romanida ezgulik va yovuzlik, haqiqat va yolg'onning, adolat va jaholatning o'zaro kurashi inson va tabiat; tabiat va insoniyatning o'zaro uyg'unligi esa bo'rilar Akbara bilan Toshchaynar orqali tasvirlanadi. Insoniyat o'z manfaati yo'lida tabiat va uning boyliklarini beayov sarflashi, yakson qilishi, tabiiy hududlarning o'zlashtirilishi, o'rmonlarning yo'q qilinishi, TABIAT va INSONIYAT o'zaro mutanoslikning buzilishiga olib keladi. Natijada ushbu hududlarda yashayotgan bo'rilarning dastlabki uch bolasini ovchilar otishadi, ular yashayotgan qamishzor yoqib yuboriladi. Oqibatda bo'rilarning yana beshta bolasi olovda nobud bo'ladi. Ilojsiz qolgan bo'rilar Akbara bilan Toshchaynar tog'ga ko'chishga majbur bo'ladi. Lekin bu yerda ham ularni tinch qo'yishmaydi. Asarning salbiy qahramoni Bozorboy yangi dunyoga kelgan to'rt bo'ri bolasini sotib yuboradi. Asarning yana bir qahramoni Avdiy Kallistratov esa insonlarni bunday jaholatdan qaytarishga urinadi. Lekin johil kimsalar uning maslahatiga quloq solmaydi. Oxir-oqibat nima bo'ladi? Buni asarni o'qish davomida bilib olasiz.
-
Rustamxon
Rustamxon,Qo'lingizdagi ushbu kitob, ya'ni "Rustamxon" dostoni o'zbek va turkman xalq og'zaki ijodiga mansub bo'lib ming yillar davomida xalqimiz baxshilari tomonidan kuylanib, xalqimiz tomonidan sevib tinglangan. "Rustamxon" dostonining ushbu nusxasi xalqimizning mashhur baxshisi Fozil Yo'ldosh o'g'li (1872-1955) tomonidan kuylangan va Hodi Zarifov (1905-1972) tomonidan yozib olingan, nashrga esa bolalarning mashhur shoiri Zafar Diyor (1912-1946) tayyorlagan. "Rustamxon" dostonida 'zbek xalqining azal-azaldan imon-e'tiqod, or- nomus, islom dinining va sof muhabbatning ulug'lanishi, haqiqatning doimo g'alaba qozonishi yorqin ranglarda aks ettirilgan. Siz dostonni o'qish davomida Sultonxonning farzandsizligi, uning o'rtancha xotini Huroyimning farzandli bo'lishi haqidagi xabardan keyin safarga chiqib ketishi, Rustamxonning tug'ilishi, ikki kundoshning qilgan yovuzliklari, Maston kampirning kirdikorlari, Rustamxonning onasi Huroyim bilan birga qilgan safari, Rustamxonning ajdarni o'ldirishi, Oftoboyga uylanishi, oxir-oqibat Sultonxonning Huroyim va Rustamxon bilan qayta topishishiga guvoh bo'lasiz. Shuningdek, siz ushbu dostonni o'qish davomida xalqimizning bir qancha tarixiy etnografik urf-odatlari, safar, ota-bola munosabatlari, iymon va e'tiqod haqida ma'lumotlarga ega bo'lasiz.
-
Yulduzlar mangu yonadi
Murod Tog'ay,Qo'lingizdagi kitob O'zbekiston xalq yozuvchisi, Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Tog'ay Murodning ilk, ammo allaqachon xalqimizning ko'ngil mulkiga aylangan, hozirga qadar bir necha avlod kitobxonlari dillariga milliy g'urur-iftixor, oriyat tuyg'ularini singdirib, yoshlarimizni asl vatanparvarlik ruhida tarbiyalab kelayotgan, go'zal badiiyatga oshno etajak "Yulduzlar mangu yonadi" qissasidan tashkil topdi. Hurmatli kitobxon! Ushbu qissa mutolaasiga kirishar ekansiz, adibning badiiy so'zi o'ziga xos mahorat bilan chizgan manzaradan mutaassir bo'lasiz, polvonlarning mard, tantiliklari, qahramonlar taqdiri sizni befarq qoldirmaydi.
-
Yur tog'larga ketamiz
Xolmirzayev Sh.,O'zbekiston xalq yozuvchisi, Hamza nomidagi O'zbekiston Davlat mukofoti sohibi Shukur Xolmirzayev oʻzbek adabiyotining rivojiga munosib hissa qo'shgan adiblarimizdan biridir. Yozuvchining ushbu qissasida har bir insonning hayotida yuz berishi mumkin bo'lgan voqealar qalamga olingan. Kitobni o'qir ekansiz asar qahramonlari bilan birga yashaysiz, ularning ovozini eshitasiz. Shuningdek, ushbu to'plamdan yozuvchining eng yaxshi hi- koyalari ham o'rin olgan.